Ikkinchisi,mintaqaviy ekologik siyosiy munosabatlar keskinlashuvi jahon hamjamiyatini tashvishga solib, uni hamkorlikda hal qilishning konstruktiv takliflari bilan chiqishmoqda. “O‘rta Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal etishda xalqaro huquq mexanizmlarini qo‘llash” mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro konferensiya ishtirokchilarining yakdil xulosalariga ko‘ra, transchegaraviy ekologik muammolari yechimida hududdagi davlatlarning hamkorligiga muqobil yo‘l yo‘q. Albatta, muayyan qiyinchiliklarga qaramasdan xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarda asta-sekinlik bilan amalga oshayotgan ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Xalqaro siyosiy munosabatlarda global ekologik maqsadga erishish hamma vaqt ham oson kechmagan. Mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida hozirgacha boy berilgan vaqtni va imkoniyatni qoplash uchun tezlik bilan harakat qilib, uzoq muddatli strategik taraqqiyotning yangi paradigmasi konturlari belgilanmoqda. Lekin ayrim davlatlardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tanglik, siyosiy vaziyat beqarorligi (etnoegoistik kayfiyat bilan qo‘shilib) yangi ekologik muammolar kelib chiqishini rag‘batlantirmoqda. Shuning uchun ham, davlatlarning kelajakdagi ekologik siyosati va ularning strategik yo‘nalishlari,bir tomondan, ana shu vaziyatlarni bartaraf etishga bog‘liq bo‘ladi va bu borada siyosiy murosani (ratsional konsensusni) taqozo qiladi.Boshqa tomondan esa, ayrim davlatlarning global ekologik siyosat integratsiyasiga milliy manfaatlari asosida strategik yondashuvi XXI asr realligidan kelib chiqqan holda qurilishi kerak.
Dunyoda mamlakatlarning ekologik siyosiy chegaralari nisbiy va shartli bo‘lgan yangi global ekologik makoni vujudga keldi. Davlat chegaralari ekologik siyosat integratsiyasi natijasida milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unlashuvini namoyon qilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarda pragmatizm, globallashuv jarayonining atributi sifatida, har bir davlatning o‘z o‘rni va rolini anglashini talab qiladigan dunyoning yangi ekologik qiyofasi shakllanmoqda.
Yangi tarixiy davrning ekologik muammolari realligini e’tirof qilmagan va dogmatik tafakkur tarzi hukmron bo‘lgan vaziyatda yoki milliy manfaatlarini mutlaqlashtirayotgan davlatlar ekologik siyosiy munosabatlar globallashuvi jarayoniga ko‘nikish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun ekologik siyosat integratsiyasi “liderlari”ning ekologik tolerantligi, rivojlanayotgan davlatlarga iqtisodiy, texnik, texnologik, intellektual yordam berish bilan, birgalikda ularning globallashayotgan ekologik siyosiy munosabatlarga “ko‘nikish effektini” vujudga keltirish va stereotiplarini mustahkamlash uchun mo‘tadil siyosiy makonni yaratishi bilan xarakterlanadi.
Davlat geoekologik siyosatining strategik doktrinasi va uning globallashuvi quyidagi pritspial xususiyatlarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |