O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ” FANIDAN
NAZORAT ISH
MAVZU: Davlatning ekologiya sohasidagi siyosati
Topshirdi: 924-20-guruh talabasi Raximov javohir
Qabul qildi: Nizomiddinov Alijon
Jizzax 2022
Davlatning ekologiya sohasidagi siyosati
Yangi ming yillikda keskinlashayotgan global muammolar yechimini topish zaruriyati, umuminsoniyat barqaror ekologik rivojlanishi strategiyasini belgilaydigan yangi modelini yaratishni kun tartibiga qo‘ymoqda. O‘zbekistonning irinchi Prezidenti Islom Karimov bu haqda: “global ijtimoiy muammolar, jumladan ming yillik rivojlanish maqsadlari doirasida, “regionalizm orqali globalizm sari” formulasi bo‘yicha, samarali mintaqaviy mexanizmlar yaratish yo‘li bilan hal etilishi lozim”1, deb ko‘rsatgan edi.
Global xarakterga ega bo‘lgan bu model, mazmuniga va funksiyasiga ko‘ra: xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy munosabatlarni ekologiyalashtirish imkoniyatlarini aniqlashi; milliy va hududiy ekologik muammolarni hal qilishning institutsional tizimida jiddiy islohotlar strategiyasini belgilashi; ekologik muammolar globallashuvi sharoitida mahalliy, milliy, hududiy ekologik siyosiy faoliyatlarning integratsiyalashish tendensiyalarini ko‘rsatib berishi lozim.
Bu esa, o‘z navbatida, ekologik siyosatni yangi – xalqaro ekologik munosabatlar instituti sifatida o‘rganish zaruratini kun tartibiga qo‘yib, quyidagi omillarni e’tiborga olishni taqozo qilmoqda. Xususan:
1. Tarixiy taraqqiyot tajribalari shuni ko‘rsatadiki, mintaqaviy va global ekologik siyosiy munosabatlarning hozirgi holati ijtimoiy-iqtisodiy hayot yo‘nalishlarini umuminsoniy manfaatlarga moslashtirish talablariga javob bermaydi, aksincha, undan og‘ishning yangi tendensiyalari vujudga kelmoqda. Shu asosda bir tomondan, milliy ekologik siyosatning yangi strategik mo‘ljallarini belgilash zarurati eski stereotiplardan voz kechishni taqozo qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ekologik siyosatning globallashuvi jarayonida ham ayrim davlatlar milliy taraqqiyotining individual strategiyasini shakllantirish siyosatida milliy manfaatlar ustuvorligini ta’minlashga intilish, o‘ziga xos “milliy ekologik egoizmni” namoyon qilishi, mintaqaviy va global ekologik siyosiy munosabatlarning hozirgi holati ijtimoiy-iqtisodiy hayot yo‘nalishlarini umuminsoniy manfaatlarga moslashtirishning yangi tendensiyalari vujudga kelmoqda. Bu esa: bir tomondan, milliy ekologik siyosatning yangi strategik mo‘ljallarini belgilash zarurati eski stereotiplardan voz kechishni taqozo qilayotgan bo‘lsa; ikkinchi tomondan, ekologik siyosatning globallashuvi jarayonida ham ayrim davlatlar milliy taraqqiyotining individual strategiyasini shakllantirish siyosatida milliy manfaatlar ustuvorligini ta’minlashga intilish, o‘ziga xos «milliy ekologik egoizm»dan voz kechishini namoyon qilmoqda. Shunga qaramasdan hozirgi zamonda milliy ekologik siyosatning ustuvorlashib borishi quyidagi sabablar bilan xarakterlanadi:birinchidan, ayrim mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashuvi va uning eskalatsiyasi natijasida globallashuvi; ikkinchidan,milliy ekologik siyosatning xalqaro masshtabda integratsiyalashuv zaruriyatini e’tirof etish; uchinchidan,ekologik siyosatning integratsiyalashish va globallashish tendensiyasiga davlatlarning tayyorgarlik darajasi, amaliy harakat imkoniyatlari reallashuvi; to‘rtinchidan,xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarda “konsensus nuqtasini” topishdan umuminsoniy manfaatdorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarda hozirgi zamon dunyo sistemasining ko‘p qutubliligi omilini hisobga olish zarur. “Buning uchun biz turli nizolarni qo‘zg‘aydigan va unga ko‘maklashadigan sabab va omillarga birgalikda barham bermog‘imiz, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarni inobatga olish asosida milliy rivojlanishni ta’minlamog‘imiz zarur”2. Chunki, xalqaro ekologik siyosatdagi, hatto sezilmaydigan kelishilmovchilik ham taraqqiy etgan davlatlarning «milliy egoizm»ini namoyon qiladi yoki rivojlanayotgan davlatlarning milliy manfaatlarini tan olmaslikka olib kelishi mumkin.
Global va mntaqaviy ekologik muammolarni hal qilishning xalqaro hamjamiyati (hatto, ayrim rivojlangan davlatlar) qarshiligiga qaramasdan, industrial taraqqiy etgan va rivojlanib kelayotgan davlatlarning milliy ekologik siyosati, strategik mo‘ljallari muqobilligi sharoitida shakllanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, global ekologik siyosiy munosabatlar xarakterini va yo‘nalishlarini belgilab bermoqda.Ya’ni, bir tomondan,ekologik siyosiy munosabat institutlarining muammoga yangicha yondashuv tamoyillarini o‘zlashtirishni talab qiladi. Zero, hozirgi davr realligi xalqaro ekologik siyosatning yangi paradigmalarini belgilab, demokratik tamoyillarini vujudga keltirmoqda. Boshqa tomondan esa,bu masalani xal qilish uchun xalqaro hamjamiyatni tashkil qiluvchi barcha davlatlar (subyektlar) o‘z milliy siyosatini va tashqi ekologik aloqalarini qator prinspial yangiliklar hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy jarayonlar negizida qurishi kerak.
Shu asoslarda ekologik muammolar globallashayotgan sharoitda davlatlarning milliy ekologik siyosati paradigmalari o‘zgarib, yangi mazmun va ko‘lam kasb etmoqda. Uning kompleks-sistemali xarakteri “ekologik siyosat” predmeti doirasiga: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, psixologik, etnomadaniy, etikologik, informatsion va boshqa omillarning uyg‘unligi, transmilliy xususiyatlarining ekologik siyosiy faoliyatga ta’siri o‘sib borayotganligi bilan izohlanadi.
Shuning uchun ham dunyoning turli kontinentlarida yashovchi, lekin ekologik muammolari umumiy bo‘lgan davlat rahbarlarining milliy, regional, global muammolarga umuminsoniyat manfaatlari asosida yondashish tendensiyasi kuchayishiga olib kelmoqda. Bu hodisani, pragmatizm falsafasi nuqtai nazaridan, butun insoniyatning optimal ekologik muhitda hayot kechirishi uchun siyosiy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning operativ strategiyasi sifatida baholash mumkin. Zero, aynan shunday siyosiy pragmatizm globallashish potensialiga ega bo‘lgan mintaqaviy muammolar yechimining yo‘llarini, usullarini, vositalarini ko‘rsatib berishi mumkin. YA’ni, mintaqaviy ekologik muammolarni zudlik bilan ratsional va konstruktiv hal qilish zaruriyati quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |