Amaliy matematika” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi



Download 154 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2022
Hajmi154 Kb.
#577513
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlatning ekologiya sohasidagi siyosati11

birinchidan, xalqaro ekologik siyosiy munosabatlar globallashuvi davlatlarning tabiiy atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatlari integratsiyasi natijasi bo‘lib, milliy chegaralardan tashqarida transnatsional va baynalminal xarakter kasb etadi;
ikkinchidan, har qanday mamlakat milliy ekologik siyosatining muayyan integratsiya bosqichlarini bosib o‘tishi uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi rivojlanish darajalariga bog‘liq bo‘lib, ekologik munosabatlar globallashuvi uchun shart-sharoit, huquqiy makon yaratadi;
uchinchida,global ekologik makonda har qanday davlatlarning o‘rni, maqomi va rolini mustaxkamlashda milliy ekologik siyosatning xalqaro rivojlanish darajasiga intilishi va uning talablariga bo‘ysunishi strategik mo‘ljal bo‘lib xizmat qilishi kerak;
to‘rtinchidan,global miqyosda ekologik strategik maqsadni amalga oshirish uchun xalqaro siyosiy munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi tashkiliy-funksional institutlari tizimi va ularni ilmiy-nazariy ta’minlashning metodologik asosi zarur;
beshinchidan,davlat ekologik siyosatning strategik maksadlarini amalaga oshirishi zarur bo‘lgan global ekologik maydonda milliy yoki mintaqaviy manfaatlarga mos kelishi belgilab qo‘yilgan xalqaro chegaralar va qonuniy-huquqiy normalar mutlaq xarakterga ega emas;
oltinchidan,global ekologik makondagi ekologik vaziyatning mahalliy, milliy, mintaqaviy darajalarda keskinlashuvi davlatlardan real xarakterdagi uzoq muddatli strategiyani belgilanishini va ularga mos (adekvat) ekologik siyosat usullarini talab qiladi;
Ekologik siyosiy munosabatlar globallashuvi va uning institutsional tizimi shakllanishi bilan yetakchi “lider” davlatlarning global ekologik makondagi strategik vazifalarni amalga oshirishda siyosiy va ijtimoiy-madaniy ta’siri orta boradi. Turli mamlakatlarning ekologik siyosati va ularning integratsiyasi global sistema subyekti hisoblanadi. Aksincha, ayrim davlatlarning xalqaro ekologik siyosat integratsisidan tashqarida qolishi, ularni “ekologik marginalizatsiyaga” mahkum qiladi. Shuning uchun barcha mamlakatlarda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalardagi integratsiya jarayonini global miqyosda muvofiqlashtirish ehtiyoji vujudga kelmoqda. Ammo hozir shu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar bunday vazifalarni bajarishga qodir emas. Chunki ular, asosan, geosiyosiy vazifalar tazyiqi ostida paydo bo‘lib, global ekologik talablar taqozo qilayotgan yangi dunyoviy tartibni “hazm” qila olmayotir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro ekologik tashkilotlarning yangi strukturasini yaratish va ularning elementlarini funksional muvofiqlashtirish kun tartibida turibdi.
Jahon siyosiy xaritasida mustaqil davlatlarning vujudga kelishi bilan milliy ekologik siyosatni dunyo siyosatiga integratsiyalashtirish strategik vazifa bo‘lib qolmoqda. Bunda milliy va mintaqaviy ekologik siyosat rivojlanishi global ekologik siyosat istiqbollarini mo‘ljalga olishi kerak. YA’ni milliy va umuminsoniy manfaatlarni optimal darajada muvofiqlashtiruvchi siyosiy mexanizmlarni yaratish zarur.
Milliy ekologik siyosatning qonun va tartiblari nafaqat global ekologik strategiyaning xususiy namoyon bo‘lishi yoki global ekologik siyosat milliy siyosatlarning mexanistik sintezi hisoblanadi. Aksincha, ularning har qanday ko‘rinishi atrof-muhit muhofazasi sohasidagi global ekologik manfaatlarga xizmat qiladi. Shuning uchun ko‘pgina davlatlar hozircha dunyoviy tartib-talablariga javob bermayotgan ekologik manfaatlarini transmilliy tashkilotlar orqali amalga oshirishi mumkinligini anglab yetmoqdalar va milliy ekologik siyosat institutsional strukturalarini yangi tamoyillar asosida qayta tuzmoqdalar.
Davlatlarning global ekologik makondagi: iqtisodiy, geografik, iqlim, milliy-etnologik va ekologik vaziyatlaridan, xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarga ishtirok etish potensial imkoniyatlaridan kelib chiqib, milliy ekologik manfaatlarini himoya qiladigan institutsional tizimini optimallashtirish zarur. O‘zbekistonning ekologik xaritasi tarixiy shakllangan bo‘lib, mustabid tizimda subyektiv-volyuntaristik siyosat natijasida vujudga kelgan keskin ekologik vaziyat muayyan mintaqalarda davlat ekologik siyosatining alohida yo‘nalishlarini taqozo qilmoqda. Xususan, bunday halokatli ekologik makon O‘zbekistonning Orolbo‘yi hududi hisoblanadi.
O‘zbekistonning Orol dengizi qurishi natijasida keskinlashgan ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish siyosati milliy xafsizlik manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lib, nafaqat mamlakatimizda, balki global miqyosda XXI asr ekologik siyosatining yangi strategiyasini shakllantirish zaruratini vujudga keltirdi. Ammo, obyektiv va subyektiv sabablar mintaqada uzoq muddatli real tadbirlar dasturlarini ishlab chiqishiga va amaliyotga joriy etishga xalaqit bermoqda. Vaholanki, bu muammolarni hal qilish respublikamiz va Orolbo‘yi mintaqasidagi davlatlarning ekologik siyosat integratsiyasiga hamda globallashuvi jarayoniga qo‘shilishga olib kelar edi. Hozircha milliy va mintaqaviy ekologik siyosat strategiyasining fundamental asoslari ekologik vaziyat talablari bilan bog‘lanmayapti. Shuning uchun Orolbo‘yi hududida ekologik vaziyatini sog‘lomlashtirishga doir mintaqada, MDH davlatlarida va xalqaro miqyosda qabul qilinayotgan qarorlar: milliy, mintaqaviy, global siyosatning diskret va fragmentar xarakterga egaligidan kutilgan natijalarni bermayotir.

Download 154 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish