Amaliy mashg’ulotlar


-mavzu: Konfliktli vaziyatda agressiya va zo’ravonlik



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/145
Sana02.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#136146
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   145
Bog'liq
2 5222031064809082337

2-mavzu: Konfliktli vaziyatda agressiya va zo’ravonlik  
 
Reja: 
1. Agressiya va zo‘ravonlik haqida tushuncha. 
2. Konfliktdagi agressiya va zo‘ravonlik. 
3. O‘z agressiyasini yengish usullari. 
 
                                                             
4-rasm 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  agressiya 
zo’ravonlik, nizo
, konfliktli vaziyat, ijtimoiy 
nizo,  madaniyat,  konflikt,  ijtimoiy  aloqalar, 
jamiyat, 
to’qnashuv, 
g’oya, 
konflikt 
manbalari,  sivilizatsiya, 
nizo  turlari,stress, 
depressiya
 
 
 
Agressiya  va  zo‘ravonlik  o‘zaro  bog‘liq  tushunchalar  bo‘lib,  inson 
kayfiyatida  agressiv  holatlarning  o‘sib  borishi  va  to‘planishi  oqibati  sifatida 
zo‘ravonlikka olib kelishi mumkin. Lotin tilida agressiya “hujum qilish” ma’nosini 
anglatadi. Agressiya inson xarakterida tug‘ma va tabiiy bir element sifatida, xuddi 
shuningdek,  agressiyadan  asli  uzoq  odamning  favqulodda  vaziyatda  o‘z 
emotsiyalarini tuta bilmasligi (4-rasm), ularni nazorat qila olmasligi  oqibatida 
vujudga kelishi mumkin.  
 
                                                        
 
Konfliktli vaziyatlarda ko‘pchilik o‘z instinktlari va hissiyotlari asosida o‘zini 
tutishga o‘rganib qolgan. Bunday holni ko‘pchilik qabul qiladi va aynan mana shu 
yo‘l to‘g‘ri deb biladi. Shu bois, konfliktli vaziyatda zo‘ravonlik ishlatilsa, birovning 
hayotiga  tahdid  solinsa,  jismoniy  kuch  ishlatish  qo‘llanilsa,  ko‘pchilik,  ziddiyat 
mavjud  ekanligini  hisobga  olgan  holda,  bu  vaziyatlarda  “kechirimli  bo‘lish” 
lozimligini,  bunday  holatning  kelib  chiqqanligini  anglash  mumkinligini 
ta’kidlashadi. Ammo, har qanday vaziyatda ham birovning hayoti, uning sog‘lig‘iga 
zo‘ravonlik o‘tkazib bo‘lmasligini unutishadi.  


Zo‘ravonlik  aslida  inson  xarakterining  qusuri,  uning  kamchiligi  hisoblanadi. 
Odam o‘z hissiyotlari ustidan nazorat o‘tkaza olmasligi, yoki o‘zini tiya bilmasligi 
uning  zo‘ravonlikka  ruju  qo‘yishiga  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Zo‘ravonlik 
insonning  kuchli  ekanligini  emas,  balki  aksincha  uning  kuchsiz  va  irodasiz 
ekanligini  ko‘rsatadi.  Shu  bois,  o‘qituvchi  o‘z  o‘quvchilariga  zo‘ravonlik 
o‘tkazganda, bunday zo‘ravonlik irodasizlik belgisi sifatida baholanishi tabiiydir.  
Zo‘ravonlik  aslida  barcha  madaniyatlar,  sivilizatsiyalarda  qoralanadi. 
Zo‘ravonlik barcha sharqona kurash turlari, ya’ni dzyu-do, taekvon-do, karate, ushu 
va  boshqalarda  ta’qiqlanadi.  Mazkur  kurash  turlarining  barchasi  hujum  qilish 
usullari  emas,  balki  eng  avvalo,  o‘zini  himoya  qilishning  jismoniy  yo‘llari 
hisoblanadi.  Ularning  barchasida  inson  hayoti  aziz  ekanligi  borasidagi  ma’naviy 
falsafa  tarbiyalanadi  va  o‘qitiladi.  O‘zbeklarning  milliy  kurashida  ham  o‘zini 
himoya qilish vositalari va o‘zaro tenglik g‘oyalari tarbiyalanadi.  
 
 
 
Zo‘ravonlik  qo‘llanilganda  konfliktning  yaratuvchanlik  xususiyati  emas, 
balki vayron etish xususiyati faol bo‘ladi. Konfliktning vayron etish xususiyati esa 
insonni  stress,  depressiya,  o‘zgalardan  o‘zini  olib  qochish,  hayotdan  bezish,  o‘z 
kuchiga haddan tashqari ishonch, boshqa tarafdan o‘z kuchiga ishonmaslik, doimiy 
jahldorlik,  jizzakilik,  tajanglik,  besabrlilik,  besaromjonlik  kabi  holatlarga  olib 
keladi.  
Zo‘ravonlik  ishlatgan  insonlar  ko‘pchilik  hollarda  ma’naviy  jihatdan  to‘la 
shakllanib  bo‘lmagan,  ma’lum  “kompleks”larga  ega  bo‘lgan,  ma’naviy  majruh 
odamlardir. Ular aslida o‘zlarini juda past baholashadi, ular o‘zlarining “nosog‘lom” 
ekanliklarini  intuitiv  tarzda  anglashadi,  shu  bois  bu  xususiyatlarning  mavjud 
ekanligini  ko‘rsatmaslik,  oshkora  etmaslik,  birovlar  mazkur  “past”  baholanishni 
bilib  qolmasmasligi  va  sezmasligi  uchun,  tashki  ko‘rinishda  va  muomalada, 
zo‘ravonlik  yo‘lini,  agressiv  usulni,  jahl  va  tahdidga  asoslangan  “o‘zini  tutish” 
yo‘nalishini  tanlashadi.  Ular  aynan  zo‘ravonlik  orqali  o‘zlarining  kuchlarini 
ko‘rsatmoqchi  bo‘ladilar,  ammo  ruhan  bunday  odamlar  ruhiy  majruh  va 
psixologiyasi mo‘rt odamlardir. 
Pedagogika va psixologiya bilan oz-moz tanish bo‘lganlar darrov mana shu 
agressiya ortida insonning o‘ziga ishonchi mavjud emasligini bilib olishadi. Demak, 
o‘zini zo‘ravon va jahldor qilib tutayotgan odamlar aslida o‘zlari xarakterida mavjud 
bo‘lgan “o‘ziga ishonmaslik”ni yashirishga harakat qilayotgan odamlardir. Ular bu 
narsalarni tan olmasligi, yoki anglamasligi ham mumkin. “Men “zo‘r”man, shuning 
uchun hamma narsani qilaveraman”, degan aqidaga ishonishi ham mumkin. Ammo 
zo‘ravonlik harakatlari ortida turgan barcha maqsadlar, aslida, insonning ma’naviy 
bo‘shligi,  yetuk  emasligi,  to‘laqonli  ma’naviy  shakllanmaganligi,  uning  o‘z 
emotsional  holatini  va  o‘z  harakatlarini  nazorat  qila  olmasligi,  irodasiz  va 
bo‘shligining yorqin natijasi va namoyishi hisoblanadi. 


Zo‘ravonlik  va  konfliktologiya  sohalari  o‘zaro  bog‘langan  masalalardan 
hisoblanadi.  Aslini  olganda  konfliktologiyaning  mustaqil  fan  sohasi  sifatidagi 
shakllanishi  va rivojlanib kelayotganligiga ko‘p bo‘lganicha  yo‘q. Shu bois inson 
xarakteri va amallariga hos bo‘lgan zo‘ravonlik ham yangi o‘rganilayotgan va tan 
olinayotgan sohalardan hisoblanadi.  
Ko‘pchilik  hollarda  konfliktni  tushunish  uchun  mavjud  zo‘ravonlik 
sabablarini  anglash  lozim  bo‘ladi.  Chunki  hayotda  oilaviy  zo‘ravonlik  ko‘proq 
uchrab turadi. Zo‘ravonlik nima oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilgan odam 
uni yengillik bilan, o‘ylamay qo‘llamaydi. Zo‘ravonlikdan voz kechish - konfliktda 
ijobiy  natijaga  asos  bo‘ladi.  Eng  muhimi,  zo‘ravonlik  ziddiyatning  yechimi  bo‘la 
olmasligi, zo‘ravonlik ziddiyat hamda muammoni hal  etmasligini anglash darkor. 
Har qanday kuchli konflikt ham, tomonlarning juda kattiq o‘zaro to‘qnashuvi ham 
zo‘ravonlikni  ishlatish  va  qo‘llash  uchun  asos  bo‘la  olmaydi.  Shu  bois,  kattiq 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish