Amaliy mashg’ulotlar



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/145
Sana02.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#136146
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   145
Bog'liq
2 5222031064809082337

5.    Kompromiss  (murosa)  o‘ziga  xos  oraliq  holat  egallab,  ham  faol,  ham 
passiv  ta’sir  qilish  shakllarini  o‘z  ichiga  oladi.  U  konfliktli  o‘zaro  harakatlarni 


qisman hal qilib, chunki bu holda ko‘pgina o‘zaro yon bosishlar amalga oshganiga 
qaramay,  sabablar  butkul  bartaraf  etilmagan  bo‘ladi.  Bu  kabi  o‘zini  tutish  uslubi 
opponentlar  bir  xil  hokimiyatga,  kuchga,  hamda  bir-birini  istisno  etadigan 
manfaatlarga  ega  bo‘lgan,  ularning  bundan  ko‘ra  afzalroq  yechim  izlashga  vaqti 
cheklangan bo‘lib, ularni muayyan vaqtga qadar oraliq yechim ham qoniqtiradigan 
payt qo‘llanadi. 
Ba’zi  hollarda  konfrontatsiya  oqilona,  nazorat  qilish  mumkin  bo‘lgan 
me’yorlarda  konfliktni  hal  qilish  nuqtai  nazaridan  moslashish,  chap  berish,  hatto 
kompromiss(murosa)ga  nisbatan  ham  ko‘proq  natija  bera  oladi.  Bu  holda 
mag‘lubiyat yangi konfliktlarni shakllantiradigan baza hamda konfliktli harakatlar 
hududi kengayishiga sabab bo‘lmasligi muhim o‘rin tutadi. 
Konfliktlar  mazmuni,  ularning  kelib  chiqish  sabablari,  konfliktda  qanday 
holatlar vujudga kelishi borasida avvalgi boblarda biz ma’lum bilimlarga ega bo‘ldik. 
Biz eng zaruriy shart, ya’ni konfliktni o‘z holicha tashlab qo‘ymaslik kerakligini anglab 
yetdik.  Ziddiyatga  faol  aralashish,  uni  boshqarish  va  uning  yechimini  hamkorlikda 
ishlab chiqish – konflikt yechimini topishga olib kelishini ko‘rdik. Konflikt yechimi 
uchun zarur bo‘lgan insoniy fazilatlar va ko‘nikmalar haqida gapirdik. Ammo shu bilan 
birga konflikt yechimini topish uchun konfliktni boshqarishning o‘ziga hos usullarini 
ham  egallash  lozim.  Konfliktlarni  boshqarish  haqida  ma’lumotlarni  bilish  va  ularni 
qo‘llay  olish  ham  sizning  hayotingizda  osoyishtalik  olib  kiradi.  Konfliktologiyada 
konfliktlarni  boshqarish  usullari  odamlarning  xarakteri,  o‘zini  tutishi,  psixologiyasi 
asosida ishlab chiqilgan. 
Endi  konfliktlarni  qanday  boshqarish  mumkinligini  ko‘rib  chiqamiz. 
Konfliktlarni  boshqarishning  besh  asosiy  usuli  mavjud.  Odatda,  konfliktlar 
nazariyasida  bu  usullar  turli  hayvonlar  hatti-harakati  asosida  biror  «jonivor»ning 
o‘zini  tutish  xususiyatlariga  nisbatan  beriladi.  Biz  ishlab  chiqilgan  hamda 
konfliktologiya  nazariyasida  keng  qo‘llaniladigan  konfliktlarni  boshqarishning 
«jonivor» usullarini ko‘rib chiqamiz
1
.  
Sizning vazifangiz - o‘z xarakteringiz ta’kidlangan usullardan qaysi bir usulga 
ko‘proq to‘g‘ri va mos kelishini aniqlashdan iborat. Ammo hayotda turli vaziyatlar 
bo‘ladi,  shuningdek,  insonning  murakkab  xarakterini  faqat  bir  usulga  bog‘lab 
o‘rganish to‘g‘ri emas. Ko‘plab hollarda inson xarakteri to‘g‘ridan-to‘g‘ri faqat bir 
usulga monand bo‘lmay, ba’zan usullar aralashmasiga ham teng kelishini nazarda 
tutishga  to‘g‘ri  keladi.  Shuningdek,  insonning  u  yoki  bu  konflikt  vaziyatlardagi 
o‘zini tutishi o‘sha vaziyatga ham o‘ziga xos tarzda bog‘liq bo‘ladi.  
                                                 
1
Конфликтларни бошқариш усуллари  куйидаги китоблар асосида талқин қилинди. Қаранг: Handling Conflicts. Conflicts: a positive 
approach. Particirant’s manual. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1997;  WIN WIN. Based on the 
Fighting Fair model created by Fran Schmidt and Alice Friedman.Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation.Inc., Miami, Florida, 
1998. 
 


 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish