14. Qo‘zg‘aluvchan toifa. Bu toifadagi odamlarga xos xususiyatlar – haddan
tashqari ijtimoiy ta’sirchanlik, o‘z ehtiroslari, harakatlari va intilishlarini boshqara
olmaslik bo‘lib, bular oxir-oqibatda ziddiyatlar va boshqalar bilan bo‘ladigan
muloqotdagi muammolarni keltirib chiqaradi.
Yuqoridagi shaxs toifalarining xususiyatlaridan kelib chiqib, nizoli
vaziyatlarda o‘z-o‘zini tutishning quyidagi uslublari mavjud:
Konfliktli vaziyatda o‘zini tutishning besh asosiy uslubini ajratib ko‘rsatish
mumkin:
1) moslashuvchanlik, yon bosish;
2) o‘zini chetga olish (chap berish);
3) qarama-qarshilik (ziddiyat);
4) hamkorlik;
5) kompromiss (murosa).