USK-2E quritgichida dorivor o‘simlik xom ashѐlariga birlamchi ishlov berish texnologiyasi Quѐsh va an’anaviy energiya manbalaridan kombinatsiyalangan holda foydalanishga asoslangan quritish qurilmalari universal quѐsh ѐqilg‘ilik qurilmalari nomini olgan. Ular quѐsh va sun’iy quritish uslublarining ustunlik tomonlarini birlashtirib ixcham, transportda ko‘chirishga oson, arzon va energiya sarfi kamroq bo‘lgan quritgichlar yaratish imkonini berdi. Ular kichik va o‘rta dorivor o‘simlik xom-ashѐlariga birlamchi ishlov berib, qayta ishlash korqonalariga mo‘ljallangan. Universal quritish qurilmasida asosan o‘simlik xom ashѐsini qayta-ishlash va quritish texnologiyasi ko‘zda tutiladi.
Dorivor o‘simlik xom ashѐsiga(yashil massasi) quritishdan oldin (ulardagi fiziologik-bioximik jaraѐnlarni to‘xtatish va sifatini saqlash maqsadida) dastlabki ishlov berish lozim. Bunda, o‘simlik xom ashѐsiga infra qizil nurlar ѐrdamida dastlabki ishlov beriladi. Bu jaraѐnda oqsil molekulalari hamda ferment tizimlari denaturatsiyaga uchraydi. Bu hol dorivor o‘simlik xom ashѐsi to‘qimalarida o‘taѐtgan turli-xil fiziologik-biologik jaraѐnlarni tez to‘xtalishiga olib keladi va biologik faol moddalarning parchalanishining oldi olinadi. Bu bilan yuqori sifatli quritilgan mahsulot olishga erishish mumkin.
Qayta ishlanadigan o‘simlik xom ashѐsiga quritgichning elektron boshqarish bloki ѐrdamida optimal quritish rejimini berish lozim. Buning uchun uning termorostlagich boshqarish bloki kengaytirilgan rostlash diapozoniga ega bo‘lishi kerak. Quritishga kesib maydalanib tayѐrlangan xom ashѐ universal quritgichlarda quritilganda undagi quritish jaraѐni o‘zgaruvchan quyidagi haroartda 50-60 0S dan oshirilmaydi. Bu vaziyatda xom ashѐ o‘zining birlamchi yashil rangini saqlab, undagi biologik fa’ol moddalarning minimal yo‘qotilishi kuzatilishi mumkin. Kuritishning bu usulida atrof muhitga hech qanday zarar yetkazilmaydi, ekologik toza mahsulot ishlab chiqariladi va yuqori iqtisodiy samaraga erishiladi.
USK-2E Quѐsh ѐqilg‘ilik qurilmasi quyidagicha ishlaydi. Yuklash eshigi vositasida quritish materiali (dorivor o‘simlik xom ashѐsi) quritish o‘rindiqlariga (padnislariga) joylashtirilib qo‘yiladi. Qurilmada (USK-2E) yuqori havoning bir qismini atmosferaga, qolgan qismi esa kamera devori va plѐn bilan hosil qilingan retserkulyatsiya konturiga uzatiladi. U yerda havoning qoraytirilgan devor va devor yuzasidan yurgandagi konvektiv issiqlik almashinuv hisobiga ko‘tarilladi. Havo kamera devori va plѐnka orasida harakatlanib turbulent oqim hosil bo‘ladi. Bu esa issiqlik almashinish jaraѐnining tezkorligini oshiradi. Bunday qurilmalar an’anaviy energiya manbalarining 40 % gacha miqdorini tejash imkonini beradi.
Shundan so‘ng USK-2E quritgich moslamasining kamera eshiklari ѐpilib markazdan qochma ventilator va kalorifer ishga tushurilib issiq havo oqimi kameraga o‘zatiladi. Jaraѐnning qanday kechaѐtgani to‘g‘risida aniq tasavvur va ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun har bir soatda xom-ashѐ mahsuloti joylashtirilgan to‘rtta patnisning har biri tarozi vositasida o‘lchab boriladi.