Toza zona — clean area. Xavo, muxit, mikrob zarracha- lari kantaminatsiyasi nazoratga olinib kurilishi va ish latilish shunday moslanganki, uning ichkarisiga mikro organizmlarning tushishi, kirishi, xosin g: gg .—ch chsharalangan.
16-mavzu: Quritish jarayonlari bilan tanishish
Darsning maqsadi: mavzu bilan talabalarni yaqindan tanishtirish. Mavjud preparatlar bilan tanishtirish.
Darsning o‘tkazish tartibi: dars o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi muloqat asosida olib borilib, barcha ma’lumotlar yozib tushintirib beriladi.
Darsni o‘tkazish uchun kerakli jixozlar va vositalar: jadvallar, mavjud bo‘lgan dori vositalari, adabiyotlar.
Dorivor o‘simlik xom-ashѐslariga birlamchi ishlov berish. Tayѐrlangan dorivor mahsulotlarni boshqa o‘simlik aralashmalari, loy, tuproq, qum va boshqalardan tozalangandan so‘ng tezda quritishga kirishiladi.
• Quritishning umumiy tartib qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Tarkibida efir moylari mavjud xom-ashѐ 30-35 (40)0 S haroratda quritiladi. 10-15 sm qalinlikda efir moylarini uchib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda.
2. Tarkibida glikozidlar mavjud xom-ashѐ 50-600S haroratda. Ushbu holda fermentlar glikozidlarni tarkibini buzishga ulgurmaydi.
3. Tarkibida alkoloidlar mavjud xom-ashѐ 500S gacha haroratda quritiladi.
4. Tarkibida askorbin kislotasi mavjud xom-ashѐ 80-900S haroratda quritiladi.
Quritishning barcha usullarida (efir moylilaridan tashqari) xom-ashѐ qalin ѐymasdan joylashtirilib, tez-tez ag‘darilib turiladi, ammo maydalanib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dorivor o‘simlik xom-ashѐlari–ildiz, ildizpoya, po‘stloq, poya egilmasdan sinish darajasiga kelganda; barg va gullar ishqalanganda kukun holatiga kelganda; sersuv mevalar bir-biriga ѐpishmasdan, bosilgan holda sochilib ketish holatiga kelganda quritish jaraѐni tugallangan hisoblanadi
Quritishning eng oddiy va oson usuli tabiiy sharoitda, ya’ni ochiq havoda quritishdir. Lekin o‘simliklarning yer ustki qismlarini (po‘stloq, meva va urug‘laridan tashqari) ochiq havoda, quѐshda qurutib bo‘lmaydi. Aks holda o‘simlikning yer ustki organlari hujayralaridagi yashil rang beruvchi xlorofill hamda gul qismlaridagi rang beruvchi pigmentlar parchalanib ketib, poya, barg va qisman gullar sarg‘ayib (ko‘pincha gullar rangsizlanib) qoladi. Xlorofill pigmenti parchalanishi bilan birga o‘simlik tarkibidagi boshqa kimѐviy birikmalar ham gidrolizlanishi mumkin. Shuning uchun ham odatda quѐsh issig‘ida faqat yer ostki organlar, po‘stloq, meva va urug‘lar quritiladi.
O‘simlikning yer ustki qismlari (poya, barg va gullar) maxsus qurilgan bostirma, shiypon ѐki cherdaklarda quritiladi. Bu joylar toza va shamol o‘tib turadigan bo‘lishi kerak. Dorivor mahsulotlar maxsus ishlangan stelajlarga yupqa qilib ѐyiladi.
Mevalar quritiladigan moslamalarni (pechlar) ham dorivor o‘simlik xom-ashѐ mahsulotlarni quritish uchun moslashtirish mumkin. Buning uchun esa dorivor o‘simlik mahsulotlarini umumiy quritish qoidalariga qat’iyan rioya qilish talab etiladi. Bundan tashqari, ho‘l mevalarni, masalan, chernika, malina, klyukvalarni quritgichlarda quritsa ham bo‘ladi (rasm).
So‘nggi yillarda dorivor o‘simlik mahsulotlarini tabiiy usulda quritish bilan bir qatorda turli tipdagi quritgichlarda sun’iy quritish keng qo‘llanilmokda. Ayrim dorivor o‘simliklar tarkibidagi ta’sirchan qimmatbaho kimѐviy birikmalar (masalan, glikozidlar) tabiiy ravishda uzoq quritilganda parchalanib ketishi mumkin. Shuning uchun ularni sun’iy ravishda quritgan yaxshi. Bundan tashqari, sun’iy ravishda quritilganda dorivor mahsulot tez quriydi va sifatli bo‘ladi.
Tarkibida efir moyi bo‘lgan dorivor mahsulotlar 25-300 da, alkaloidlar, glikozidlar va boshqa moddalar bo‘lgan dorivor xom-ashѐ mahsulotlari esa 50-600 da quritilishi lozim. Mahsulotni me’ѐrdan ziѐd quritib yubormaslik tavsiya etiladi, aks holda u kukunga aylanib ketadi. Masalan, na’matak mevalari maxsus qurituvchi moslamalarda 80°S atrofidagi haroratda bir necha soat davomida ѐki kuz oyining issiq kunlarida soya-salqin joylarda (tomlarni ostida taxminan 40-600S atrofida) quritish tavsiya etiladi. Mevalarni quritish davrida tez-tez bilan aralashtirib turish talab etiladi. Ba’zan, ularni oftobda quritish natijasida xom-ashѐning sifati buzilishi mumkin.
Tirnoqgul o‘simligining xom ashѐ mahsuloti qiyg‘os gullagan vaqtda teriladi. Yangi ochilgan gullar asosan qo‘lda va ba’zan tayѐrlangan tarish moslamalarida (sovokalar) teriladi. Gul savatchalari tez-tez ochilishi munosabati bilan har 3 kunda, kechi bilan 4-5 kunda terib turiladi. O‘simlikdan terib olingan to‘pgullar qizib ketmasligi va uning sifati buzilmasligi uchun savatchalarda va to‘plamlarda 3-4 soatdan ortiq saqlanmaslik kerak. Terilgan mahsulot maxsus quritgich asboblarda (SPK), havo (VPT-400, 600) quritgichlarda 40-45°S gacha haroratda ѐki issiq kunlarida soya-salqin joylarda (tomlarni ostida taxminan 30-400S atrofida) quritiladi. 4-6 kun davomida quritilgan xom-ashѐ mahsulot g‘ovak holda (bosilmasdan) maxsus qog‘ozdan yasalgan qopchalarda 20kg dan qilib joylashtirib saqlanadi. Mahsulotni quruq omborlarda saqlash muddati 2 yildan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |