2-mavzu: Og‘irlik bo‘yicha dozalarga bo‘lish.
Darsning maqsadi: mavzu bilan talabalarni yaqindan tanishtirish. Mavjud preparatlar bilan tanishtirish.
Darsning o‘tkazish tartibi: dars o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi muloqat asosida olib borilib, barcha ma’lumotlar yozib tushintirib beriladi.
Darsni o‘tkazish uchun kerakli jixozlar va vositalar: jadvallar, mavjud bo‘lgan dori vositalari, adabiyotlar.
Ma’lumki, deyarli xamma dori turlarini tayyorlashni yordamchi yoki ko‘shimcha moddalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Dori tayyorlash jarayonida farmatsevt bir-biriga boglik bir kancha bevosita kompleks operatsiyalardan foydalanadi. Bo‘lardan asosiylari deyarli kundalik ishlaridan biri, dorivor va yordamchi moddalarni tortish, o‘lchash va kadoklashdir. Tortib yoki o‘lchab olinadigan dorivor moddalar, dozalarga juda xam aniqlik bilan bo‘linishi kerak.
Tarixi: Eng qadimiy o‘lchovlar taxminan 5000 yil muqaddam, Vavilonlik olimlar tomonidan yaratilgan. Ular o‘lchovlarni uzunlik birligi asosida olishga kelishganlar. Qolgan birliklarni quyidagicha keltirib chiqarganlar: yuza birligi – tomonlari uzunlik birligiga teng bo‘lgan kvadrat; hajm qirralari uzunlik birligiga teng bo‘lgan kub; og‘irlik birligi – birlik hajmni tuldiruvchi suvning og‘irligi. Bu o‘sha davrga nisbatan juda ulkan yangilik edi. Chunki bunda turli kattaliklarning birliklari o‘zaro bog‘liqda qurilishi mumkin edi.
Oradan ko‘p asrlar va ming yilliklar utdi. Vavilon va boshqa davlatlar tarqalib yoki parchalanib ketdi. Madaniy rivojlanishda birmuncha turg‘unlik hukim surdi. Ilmiy va madaniy rivojlanish sekin asta Markaziy Osiyo tomon so‘rila boshladi. Markaziy Osiyo, ayniqsa Movarounnahrda ajdodlarimiz ilmiy va madaniy rivojlanishi butun dunyoga o‘rnak bo‘la oladigan darajada amalga oshirdilar. Ko‘plab asarlar yoziladi. Afsuski, bu asarlarning aksariyati turli bosqinchilik urushlari davrida yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin shu asarlar bir necha yuz yillar davomida dunyoning yirik ilm dargoxlarida o‘quv darsliklari va qo‘llanmalari sifatida foydalanilganligi hozirda ma’lum.
Olimlarimiz ko‘proq tabiiy va antropometrik birliklarga ahamiyat berishgan. Ba’zi bir birlik o‘lchamlari boshqa davlatlarda ham tadbiq etila borgan. Masalan, Qadimgi Rus va boshqa Evropa davlatlariga o‘lchash birliklari arshin (forscha «arsh» tirsak) , sajen («sarjin» uch tirsak) shular jumlasidandir.
Yillar o‘tgan sari, xalqaro ijtimoiy va iqtisodiy aloqalar yangi pog‘onalarga ko‘tarildi va xalqaro kelishuvlar asosida yaratilishi lozim bo‘lgan birliklarga ehtiyoj tobora ortdi. Va nixoyat, XVIII asrning oxirlariga kelib bu muammo o‘ta dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |