Yordamchi moddalarni tanlashning umumiy ko‘rsatmalari
Qo‘shimcha moddani tanlash asosiy (dorivor) moddaning xossasiga va uning miqdoriga boglik. Buni bir nechta misollar bilan tushuntiramiz:
1. Suv va boshqa erituvchilarda juda kam eriydigan va umuman erimaydigan kattik dorivor moddalar. Bunda 2 xil variant bo‘lishi mumkin.
A. Juda kam miqdorda yoziladigan moddalar (A ro‘yxatiga kiradigan moddalar). Agar bu moddalar o‘ta yopishkok suyuqliklar (masalan: chuchukmiya ildizi kuyuk ekstrakti yoki shunga o‘xshash yordamchi moddalar) bilan aralashtirilsa, unda kattik faza miqdorining kamligi sababli xab dori tayyorlab bo‘lmaydi. Buning uchun albatta erimaydigan tolqonsimon moddalar ko‘shish kerak. Shundagina bu massa kayishkoklik xossaga ega bo‘ladi. Shuni ham esda tutish kerakki, yordamchi moddalarning miqdori aniq bo‘lishi kerak. Aks xolda massa plastiklik xususiyatini yo‘kotib uvalanib ketishi mumkin.
B. Asosiy modda miqdori ko‘p bo‘lsa; bu xolda plastik massa hosil kilish uchun optimal miqdordagi yopishkok suyuqliklar ko‘shish kifoya.
2. Oson eriydigan modda. Bunday moddalarni oz miqdordagi suv (glitserin, spirt) da eritish ahamiyatga ega. Olingan eritma yopishkok suyuqlik bilan aralashtiriladi va oxirida ko‘shiladigan kattik modda bilan kerakli xolatgacha keltiriladi. Agar xab dori massasi tarkibidagi dorivor moddani eritish uchun ko‘prok miqdorda suv ko‘shilsa, u xolda yukori yopishkoklikka ega bo‘lgan massa hosil bo‘lguncha suv bilan boglanadigan, ya’ni bo‘kadigan gidrofil modda ko‘shiladi.
So‘ngra kayishkok massa hosil bo‘lguncha bo‘kmaydigan kattik modda — yordamchi modda ko‘shiladi.
3. Asosiy dorivor moddalar suv bilan aralashmaydigan suyuqlik bo‘lsa, suyuqlik emulgatorlar yordamida oldindan emulsiyalanib olinadi. Hosil bo‘lgan emulsiya korpusiga to‘ldiruvchi moddalar ko‘shiladi. Shunday kilib, xab dori massasida asosiy modda — suspenziya, emulsiya yoki eritma xolida bo‘ladi. Xab dori massasini xuddi ikki boskichdan iborat plastik massa deb qarash mumkin: 1) gidrofob va kuchsiz gidrofil kattik boskich; 2) gidrofil kuyuk yoki yukori yopishkoklikka ega bo‘lgan suyuq boskich.
Asosiy moddalar shu boskichning xar birida bo‘lishi mumkin. Xab dori massasining kanchalik yaxshi tayyorlanganligi fakat uning kayishkokligi bilan boglik emas. Agar tayyorlangan xab dori me’da-ichak yo‘lida yaxshi parchalanmasa, uning yukorida kayd etilgan xossasi o‘z baxosini yo‘kotadi. Xab dorilar tarkibida tez va oson bo‘kadigan hamda eriydigan moddalar kancha ko‘p bo‘lsa, ular shunchalik tez parchalanadi. Gidrofob moddalarning miqdori me’yoridan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Aks xolda bu xab dorilarning parchalanish tezligida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, xab dorilarning parchalanishiga ularning kurish tezligi ham ta’sir qiladi.
Xab dorilar o‘zidagi namlikni sekinlik bilan yo‘kotsa va tez kotib kolmasa, demak ular yaxshi tayyorlangan xisoblanadi. Chamasi shu xossasi ham yordamchi moddalarga boglik. Odatda xab dorilar uchun dorixat yozganda dorivor moddaning umumiy miqdori ko‘rsatiladi. Yordamchi moddalarning miqdori esa ko‘rsatilmaydi, ularni asosan umumlashtirib: quantum satis — keragicha, deb yozilaveradi.
Rp: Acidi arsenicosi anhydrici 0,03
Ferri lactatis 3,0
Misce ut fiat pilulae N 30
D.S. 1 ta xab doridan kuniga 3 maxal.
Rp: Acidi arsenicosi anhydrici 0,03
Ferri lactatis 3,0
Massae pilularum q. s. ut f. pil. N 30
D.S. 1 ta xab doridan kuniga 3 maxal ichilsin.
Asosiy moddaning miqdori bitta xab dori uchun ifodalanishi kam uchraydi.
Rp: Acidi arsenicosi anhydrici 0,001
Ferri lactatis 0,1
Sonstituentis q. s. ut. f. pilulae.
D. t. d. N 30
D.S. 1 ta xab doridan kuniga 3 maxal ichilsin.
Keltirilgan dorixatlardan ko‘rinib turibdiki, yordamchi moddalarni tanlash farmatsevtga boglik, agar shifokor ko‘rsatmasi bo‘lsa, bundan mustasno.
Rp: Acidi arsenicosi anhydrici 0,03
Ferri lactatis 3,0
Extr. et. puilv. rad. Taraxaci q. s. ut. f. pilullae. N 30
D.S. 1 ta xab doridan kuniga 3 maxal ichilsin.
Xab dorilarning massasi 0,5 g dan oshmasligi kerak. Keltirilgan misolda mana shu shart osonlik bilan amalga oshiriladi, chunki bitta xab dori uchun dorivor modda 0,1 g ga to‘gri keladi.
Yordamchi moddalar esa dorivor moddalarning 100 foizidan oshib ketmasligi kerak.
Agar asosiy modda miqdori anchagina ko‘p bo‘lsa 0,5 atrofidagi ogirlikda xab dori tayyorlash mumkin bo‘lmaydi. Bunday xollarda shifokor ikki xissa ko‘p xab dori tayyorlashni va bir emas ikkitadan xab dori ichishni buyuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |