Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarni o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish, aylanma daftarlarni almashtirish.
Siyosiy daqiqa o’tkaziladi:
1.2020-yi qanday yil?
2020-yil O'zbekistonda "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilindi.
2.”Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish to’g’risida”gi ma’ruzasida belgilab berilgan beshta muhim tashabbus haqida nimalarni bilasiz?
Har bir tashabbus kasr tarzida so’raladi:
1. ni ayting?
2. ni ayting?
Siyosiy daqiqa asosida kasr mavzusi o’tilgan darsga bog’lanadi.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O`tilgan darsda kasrlarni mustahkamlashga oid misol va masalalar bilan tanishgan edik.O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkazish:
1.Nimchorak nima?
2.Kasr chizig’ining osti nima ddeb ataladi?
3.Kasr chizig’ining usti nima deb ataladi?
Uy vazifasini bajarilishini tahlili o`tkazilib noto`g`ri bajarilgan misollar yuzasidan ko`rsatma beriladi:
6-chizma :
Kesmani 4 ta teng qismga bo’ling. Uchta bo’lagining uzunligini toping. Bu kesmani A va B harflar bilan belgilang . AB kesma butun kesmaning qancha qismiga teng? Kasr ko’rinishida yozing.
Bu chizma asosida berilgan topshiriqni karton qog’ozi yordamida bajariladi. Karton qog’ozini buklash yo’li bilan teng 4 qismga bo’linadi. Buklangan chiziqni belgilangan a va B harflari bilan belgilanadi . Ajratib olingan AB kesmaning butunga nisbatan qismi aytiladi.Javob: AB kesma - qismga teng
7-misol a va b ning berilgan qiymatlari bo’yicha a-b ifodaning qiymatlarini toping.
a
|
3867
|
4743
|
5461
|
7654
|
8242
|
b
|
1545
|
2355
|
2748
|
3897
|
5369
|
a-b
|
|
|
|
|
|
Bu misol “Bingo mashqi ” asosida bajariladi. O’qituvchi A3 qog’ozga chizib kelgan chizmaning to’g’ri javoblarini tarqatmalarda berilgan javoblar asosida topiladi
a
|
3867
|
4743
|
5461
|
7654
|
8242
|
b
|
1545
|
2355
|
2748
|
3897
|
5369
|
a-b
|
|
|
2713
|
|
|
Shu tarzda bajariladi.
III Yangi mavzu bayoni: 1.Chizmani tahlil qiling.
Bir butun doira
|
Bir butun doira teng qismga bo’lindi
|
Bo’yalgani uchdan bir. Bo’yalmagan qismi uchdan ikki
|
Oldindan tayyorlab kelingan turli xil kattalikdagi doirachalar buklash va qirqish yo’li bilan topshiriqdagidek qismlarga ajratiladi.
Bu topshiriqni mustahkamlash uchun to’g’ri to’rtburchak shaklidan foydalanamiz.Induksiya metodi asosida qismlarga bo’lingan to’g’ri to’rtburchakni yig’iladi va ranglari bo’yicha qismlarga ajratiladi:
Bu kvadratchalarni birlashtirib bir butun kvadrat hosil qilinadi:
Y ashil- oltidan uch qism
Sariq- oltidan uch qism
2.Uchta doira berilgan. Ular nechta bo’lakka teng bo’lingan ? Birinchi doiraning , ikkinchi doiraning , uchinchisini qismini ko’rsating.
Ko’rgazma asosida oq qog’ozdan qirqilgan doiralar buklash yo’li bilan berilgan qismlarga bo’linadi. Har bir guruhdan bir nafardan o’quvchi chiqadi . O’quvchilar topshiriq asosida so’ralgan qismlarni bo’yashadi. Bo’yalgan chizmalarini izohlab berishadi.
III.Yangi mavzuni mustahkamlash:
3-masala Chizma asosida mustahkamlanadi. Buning uchun berilgan ko’rinishdagi tasmalar qirqib olinadi. O’qituvchi 1- qismini buklash yo’li bilan ko’rsatib beradi. . Qolgan qismlarni o’quvchilar bilan birgalikda bajaradi. Hosil bo’lgan qismlarni topiladi.
Yuqoridagi tasmalarni bajarishda guruhlarda ishlanadi. Har bir guruh berilgan tasmalarni topshiriqlar asosida buklash yo’li bilan teng qismlarga bo’lishadi.
Dam olish daqiqasi:
Sport bilan shug’ullanishning ahamiyati haqida ozgina suhbat o’tkaziladi.Salomatlik,tozalik haqida o’quvchilar bilgan ma’lumotlarini aytishadi.
O’qituvchi :Birgalikda tort qilamiz:
Qo’llarni harakatga keltirib tort qilish bosqichlari bajariladi.O’quvchilar avval tuxum solish ishini bajarishadi. Undan so’ng esa shakar , un va boshqa masalliqlarni qo’l harakati yordamida solishadi.Tortni aralashtirib, pechga qo’yishadi.Harakatlar davomida :
Shirin tortim totligina,
Pishiraman yumshoqqina.
Onam xursand bo’lsinlar
Yuz yoshga kirsinlar. she’rini aytishadi.
4-masala birgalikda bajariladi:
Detal -532 ta
Bu hamma buyurtmaning - qismi
Buyurtma qilingan -? ta
Yechish: 532:4*2= 133*2= 266
O’quvchilarga kichik tasmalar tarqatilib , tasmalarni monitorda ko’rsatilgan qismlarga buklash topshiriladi:
V. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa:
O ’ quvchilar dars davomida savol-javob,suhbat,guruhlarda ishlash va mustaqil ishlash jarayonida rag’batlantirib boriladi. Bunda har bir bola uyga topshiriq qilib berilgan shakllarning yaproqchalariga o’z ballarini qo’yib boradilar.
Ballar dars so’ngida umumlashtiriladi va baholanadi.
VI.Uyga vazifa : 6-7- misol.
Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi va dars yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |