Amaliy mashg`ulot№1. Mavzu: Ishlab chiqarishda ish kuni xronometraji,mehnatning og`irligi va keskinligi(zo`riqish) ni baholashni o`rganish


Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliidarini tekshirish va hisobga olish



Download 3,3 Mb.
bet141/170
Sana10.07.2022
Hajmi3,3 Mb.
#771868
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   170
Bog'liq
AMALIY MASHG

2.Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliidarini tekshirish va hisobga olish
Kasb kasalliklari–mehnat qilish jarayonida ishchi organizmiga o‘z kasbiga xos bo‘lgan zararli va xavfli omillar ta’siri hisobiga orttirilgan kasbga bog‘liq kasalliklardir.
O’lim bilan tugagan,og'ir jarohatlanish va gruppa bilan baxtsiz hodisaga uchragan hollardan tashqari hamma baxtsiz hodisalarni tekshirishni sex boshlig'i,xavfsizlik texnikasi injeneri va jamoat nazoratchisi tarkibida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.Baxtsiz hodisa ish boshlanishidan oldin,ish davomida,ishdan keyin,ish joyida,zavod hududida va ma'muriyatning topshirig'iga asosan zavod hududidan chetda yuz bergan bo'lishidan qat'i nazar tekshirilishi lozim.
O'tkir zaharlanish,issiq urishi va tananing ba'zi qismlarining muzlashi baxtsiz hodisa sifatida tekshiriladi.Bir kundan kam bo'lmagan ish kunini yo'qotgan baxtsiz hodisalar 24 soat davomida tekshirilib,maxsus forma bo'yicha (N-I) 4 nusxada akt tuziladi.Aktni korxonaning bosh injeneri tasdiqlaydi.Aktning bir nusxasi sex boshlig'iga yuboriladi va u bosh injener belgilagan muddat davomida aktda ko'rsatilgan mehnatni muhofaza qilish masalalarini amalga oshirishi kerak, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qo'mitasiga,uchinchisi tegishli kasaba uyushmasining texnik nazoratchisiga va to'rtinchisi mehnatni muhofaza qilish bo'limiga nazorat o'rnatish uchun yuboriladi. Ma'muriyat baxtsiz hodisaga uchragan kishiga aktning tasdiqlangan nusxasini berishi shart.
Aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborotdan tashqari,aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz hodisalar qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar ko`rilganligi haqida axborot beriladi.Baxtsiz hodisaning asoratlari keyinchalik ham kelib chiqishini hisobga olib,aktlar 45 yilgacha saqlanishi kerak.O'zbekiston Respublikasida kasbiy zaharlanish va kasb kasalliklari oldini olish uchun kerakli qonun va tavsiyanomalarni ishlab chiqish va tasdiqdash,shuningdek,kasb kasalliklari vujudga kelganda ularni hisobga olish va tekshirish ishlari O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tashkilotlariga topshirilgan.Kasbiy zaharlanish va kasb kasalligi haqidagi akt korxona rahbariga yuboriladi.Aktda bunday kasalliklarning qaytarilmasligini ta'minlovchi chora-tadbirlar majmuasi tavsiya etiladi va uning bitta nusxasi Respublika Sog'liqni saqlash vazirligining yuqori tashkilotlariga yuboriladi.Baxtsiz hodisaga uchragan kishi hisobga olinib,unga ma'lum davolanish kursi belgilanadi.Agar zarur bo'lsa, kasb kasalligiga uchragan kishini mehnat ekspert tibbiyot xodimlari komissiyasi (VTEK)ga yuboriladi va unda uning kasb kasalligining oqibati natijasida nogironlik guruhi aniqlanadi va shunga yarasha ma'lum moddiy ta'minlanish miqdori belgilanadi.
Baxtsiz hodisa tekshirilgandan keyin sanoat korxonasi ma'muriyati yo'l qo'yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta'minlashga qaratilgan buyruq e'lon qiladi.Bu buyruqda korxonada yuz bergan baxtsiz hodisaning kelib chiqishiga aybdor bo'lgan kishilarning javobgarligi aniqdanib,ta'kidlanadi.Baxtsiz hodisa o'lim bilan tugasa,gruppa bilan baxtsiz hodisaga uchrasa va og'ir jarohatlangan hollarda,tekshirish maxsus belgilangan tartib bilan o'tkaziladi.Bunday baxtsiz hodisalarni maxsus komissiyalar tomonidan tekshiriladi. Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi,yuqori xo'jalik tashkilotining xodimi,davlat nazorat organlari xodimlari va umumiy baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etadigan xodimlar qatnashadi.Bunday holatlarda tekshirish tezda o'tkazilishi kerak,ya'ni tekshirish materiallari 7 kun ichida tayyor bo'lishi shart.Aktga baxtsiz hodisani ko'rgan guvohlarning ko'rsatmalari,tibbiy ekspert xu-losasi,baxtsiz hodisa yuz bergan joyning hamda agar baxtsiz hodisa vaqtida biron bir obyekt zararlangan bo'lsa,ularning fotosurat va komissiya chiqargan xulosalarni tasdiqlaydigan boshqa materiallar qo'shib yuboriladi.Aktga, shuningdek,baxtsiz hodisaga javobgar bo'lgan shaxsning familiyasi va lavozimi yozib qo'yiladi.Og'ir,gruppa bilan jarohatlanganlar va o'lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar albatta fabrika,zavod kasaba uyushmasi qo'mitasida va yuqori xo'jalik tashkilotlari kasaba uyushmalari qo'mitalarida tahlil qilish va ko'rib chiqilishi kerak.So'ngra bildirilgan fikr-mulohazalar asosida keyin ham shunday baxtsiz hodisa ro'y bermasligi uchun umumiy chora-tadbirlar mundarijasi ishlab chiqilishi va qaror bilan tasdiqlanishi zarur.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish