Surunkali kasb kasalligi yuz bergan hollari va sabablari tekshirilganda Sanepidstansiya mutaxassishlari korxonani sanitariya jihatidan tekshirish aktlari va laboratoriya tekshiruvi natijalaridan,sexlarning sanitar-texnologik pasportlaridan, ish joylari attestatsiyalari,dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklar materiallari,mehnatni muhofaza qilishni yaxshilash va sanitariya sog‘lomlaashtirish choralari bo‘yicha yillik reja majmuining bajarilishi haqidagi ma’lumotlardan foydalanishadi.
Doimiy ish joyi(o‘qish)dan tashqari ish bajarish yuboriladigan shaxslarda kasb kasalligini tekshirish,hisobga olish va qayd qilish tartibi.
Doimiy ish joyi(o‘qish)dan tashqari ish bajarishga yuboriladigan shaxslarda kasb kasalliklari hodisalarini tekshirish ishi kasb kasalligi(zaharlanish)yuz bergan ob’ekt ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Kasb kasalligi hodisasini tekshirgan sanitariya-epidemiologiya stansiyatekshiruv materiallarini,ishlarni bajarish uchun ushbu shaxsni yuborgan korxona joylashgan joy bo‘yicha sanepidstansiyasiga yuboradi.
Mazkur kasb kasalligi hodisasini qayd qilish va hisobga olish,shuningdek bemorni dispanserda kuzatish ishini quyidagilar olib boradi:shaxs yashaydigan turar joy bo‘yicha(jabrlangan)shaxsning asosiy ishi bo‘yicha sanepidstansiyasi va davolash profilaktika muassasasi.
Kasb kasalligi (zaharlanish) hodisalarini tekshirishga (bu haqdagi axborot navbatdan tashqari xabarnomalar tartibida beriladi)respublika,viloyat,shahar DSENMlari,zarur bo‘lgan hollarda ilmiy-tekshirish institutlari jalb qilinishi zarur.
Ish joyini o‘zgartirgan shaxslarda surunkali kasb kasalliklarini kasb kasallikligi aniqlangan joy bo‘yicha sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tekshiradi.
Tekshiruv ushbu xastalikni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan hozirgi ish joyida zararli ishlab chiqarish omillari ta’sir etishi istisno etilgan hollarda ham o‘tkaziladi.Mazkur kasb kasalligini aniqlangan joyidagi sanepidstansiya va davolash profilaktika muassasasi shu xastalikni oydinlashtirish maqsadida bemorning oldingi ish joyidagi tegishli sog‘liqni saqlash organlaridan quyidagilarni so‘rab olishlari zarur:
oldingi ish joyi bo‘yicha mehnat sharoitlarining sanitariya-gigienik tavsifnomalarini;
birlamchi hujjatlar shakllari(ambulatoriya kartalari,kasallik tarixlari va boshqalar) dan ko‘chirma nusxalarni;
talabnoma so‘ralgan muassasalar bir oy muddat ichida talab qilingan hujjartlarning ko‘chirma nusxalarini taqdim etishlari lozim.
Ish joyini o‘zgartirgan shaxslarda tasdiqlangan kasb kasalliklari hodisalari kasal odam ishlaydigan ishxona ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan xuquqiy sanepidstansiya tomonidan qayd qilinishi va hisobga olinishi kerak.
Kasb kasalliklariga chalingan bemorlarni qayd qilish va ularning salomatligi va ishlash qobiliyatini kuzatib borish uchun 1.5.2. bandda ko‘rsatilgan sanitariya-epidemiologiya stansiyalarda,kasb kasalliklari klinikasida“Kasb kasalliklarini hisobga olish jurnallari”tutiladi(363-sonli shakl).Jurnal DSENM yoki davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi buyrug‘i bilan tayinlanadigan ma’sul shaxs tomonidan to‘ldirib boriladi.