300 buyruqni bajarish bo‘yicha mehnat gigigenasi shifokor-mutaxassislarning ish mazmuni quyidagicha:
faqat dastlabki tibbiy ko‘riklardan so‘ng ruxsat etiladigan kasblar ro‘yxatini tuzish va uni xodimlar bo‘limiga berish;
davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak bo‘lgan shaxslar kontingentini aniqlash;
tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish rejasi va jadvalini kelishish;
davriy tibbiy ko‘riklar o‘tkazish vaqtida ularni davriyligiga rioya qilinishi,barcha ishchilarni qamrab olishning to‘liqligi va zarur bo‘lgan laboratoriya–funksional tekshiruvlar o‘tkazilishi,shuningdek yakuniy hay’atning avvalgi dalolatnomasida keltirilgan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarining bajarilishi ustidan nazorat olib borish;
kasbiy kasalliklar aniqlangan holda,ularni tekshirish;
davriy tibbiy ko‘riklar natijalarini har tomonlama baholab,gigienik va davolash-profilaktik xarakteridagi sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
hay’at ishida ishtirok etish(davolash-profilaktika muassasasi xodimi-ning raisligi ostida korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasi vakillari)va yakuniy dalolatnomani tuzish;
davolash muassasasining so‘rov murojaatiga ko‘ra kasbiy kasallikga shubha qilingan shaxslarning mehnat sharoitlarini sanitar-gigienik tavsifnomasini tuzish.
Ishchilarni dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarning sifati,to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazish mamlakatda kasbiy kasallanishni yo‘qotishga,ishchilar salomatligini saqlash va faoliyatini uzaytirishga qaratilgan kerakli sharoitlardan biri hisoblanadi.
AMALIY MASHG`ULOT №14.
Mavzu:Aholi va ishchilar o`rtasida sanitar targ`ibot ishlarini olib borishni o`rganish.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Mashinasozlik sanoatida mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilashi mumkin bo'lgan, ishlab chiqarishning yangi usullari, yangi materiallar, ishlab chiqarish jarayonlari fan va texnikaning yutuqlarini targ'ib qilishni tashkillashtirish bilan tanishish.
0‘zbekiston Respublikasi tashkil topgan kundan boshlab chiqarilgan ilk hujjat - "Respublika so g 'liq n i saqlash qonunchiligi"da aholi so g 'lig 'in i muhofaza qilish,ijtimoiy-gigiyenik tadbirlaming amalga oshinlishi davlat organlari, muassasalari va tashkilotlarining vazifasi hisoblanadi,deb ko‘rsatilgan. Gigiyenik tadbirlar o'tkazish uchun ularni amalga oshirishga majbur etadigan sanitariya qonunchiligi zarur.Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan gigiyena me’yorlari va sanitariya qoid alari sanitariya qonunchiligining asosi hisoblanadi,deb qayd etilgan.Gigiyena me’yorlari va sanitariya qoidalarining bajarilishini respublika,viloyat,shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya stansiyalari(SES),samtanya epidemiologiya xizmati nazorat qilib turadi,SESda gigiyena bakteriologiya,radiologiya laboratoriyalari bo‘lib,ular mutaxassislar bilan ta’minlangan,SES boshqa barcha davolash-profilaktika muassasalarida epidemiyaga qarshi sanitariya faoliyatiga rahbarlik qiladi,ehtiyojiy va joriy davlat sanitariya nazoratini olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |