AMALIY MASHG`ULOT №15.
Mavzu:Adaptatsiya va Akklimatizatsiyalarni o`rganish.
IQLIM VA MIKROIQLIMNING GIGIYENIK TA’RIFI, AKKLIMATIZATSIYA
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:Odam organizmining yangi sharoitga, iqlimga moslashishini borishini, akklimatizatsiya va Adaptatsiya jarayoni bilan tanishish.
Meteorologik omillar deganda,havo harorati,namligi,harakat tezligi va nur quymatining birgalikda ta’siri tushuniladi.
Ob-havo deganda, yer yuzasining muayyan qismida ma’lum vaqtda mavjud
Bo`lmadigan atmosfera meteorologik komponentlarining yigindisi tushuniladi.
Iqlim deb geografik kenglik,dengiz sathiga nisbatan bo'ladigan balandlik va joy relefi,o'simlik qoplami atmosferaning aylanish xususiyatlari va odamning ishlab chiqarish faoliyati ta’sirida vujudga kelgan ob-havo holatiga aytiladi.
Mikroiqlim deganda,yer yuzasining cheklangan qismidagi,uni o‘rab turgan
territoriya iqlimidan farq qiluvchi iqlim tushuniladi. Mikroiqlim deganda harorat, namlik, havo harakatining tezligi hamda tevarak-atrofdagi, shu jumladan ishlab chiqarish jihozlarining harorati bilan b elg ilan ad ig an b in o lar ichki muhitining iqlimi tushuniladi.Muayyan geografik viloyatlar havoning yerga tutash qatlami,aholi punktlari mikroiqlimi farq qilinadi.
Katta shaharlar o‘z mikroiqlimiga ega.Shahar tuprog'ining asfalt bilan qoplanganligi yozda havoning qattiq qizib ketishiga va shahar tepasida iliq
tikka ko n’veksion oqimlar hosil boiishiga olib keladi
Qizigan tosh devorlar yozda yuqori radiatsion haroratni yuzaga keltiradi. Shaharlardagi zich qurilishlar va binolar shamol harakatini susaytiradi.
Turar joy mikroiqlimi uylarning joylashish xususiyatiga,qurilish materiallarining xossalariga yashovchilaming tabiati va shu joyning iqlim sharoitiga bogliq.Ishlab chiqarish sharoitlaridagi mikroiqlim asosan texnologik jarayonning xususiyatlariga bog'liq.Chunonchi,havoning yuqori harorati va qizigan yuzalaridan paydo bo'ladigan infraqizil radiatsiyaning katta intensivligi bilan farqlanadigan issiq sexlar mikroiqlimi ishchilarga zararli ta`sir ko rsatishi mumkin.
Masalan,shamollash kasalliklarining ko'payishi sovuq tushishiga to'g'ri keladi.
Mavsumiy dizenteriya,gripp,meningokokk meningiti va boshqalar ham iqlimiy xastaliklarga kiradi.Bundan tashqari,kechishi va oqibati yil mavsumi va ob- havoning holati bilan bog‘liq bo‘lgan meteotrop kasalliklar deb ataluvchi kasalliklar ham mavjud.Chunonchi,shifokorga murojaat qiluvchilar orasida kuzgi-qishki davrda gipertoniya,stenokardiya,revmatizm,bronxial astma kasalliklari bilan kasallangan bemorlar soni ortadi.Ko‘rinib turibdiki,aholi yashaydigan joylar,turar-joy,sanoat korxonalari,maktablar va kasalxonalar qurish bilan bog'liq gigiyenik masalalami hal qilishda,ovqat ratsionini ishlab chiqishda ham yuqumli, ham yuqumsiz kasalliklarning oldini olishga imkon beradigan chora-tadbirlami rejalashtirishda,tabiiy,mahalliy(o‘lka)patologiyani organish,soglomlashtirish tadbirlanda hamda davolashda iqlim va mikroiqlim sharoitlarini hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |