Kasb kasalliklari dastlabki va yakunlovchi tashxislar aasosida hisobga olinadi va quyidagi hollarda belgilanadi:
1.o‘tkir kasb kasalliklari:
barcha turdagi ambulator-poliklinika muassasalarida (muassasaga murojaat qilinganda yoki bemorni uyiga borib ko‘rganda);
turli profildagi shifoxona muassasalarida(kasb kasalliklari klinikasida tasdiqlangandan so‘ng).
2.surunkali kasb kasalliklari–O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tekshirish institutining TMAni kasb kasalliklari klinikasida aniqlanadi va hisobga olinadi.
Kasb kasallikligi tashxisini aniqlash,hisobga olish va kasallik hodisalarini tekshirish ma’suliyati quyidagilarni zimmasiga yuklatiladi:
1. kasb kasalligini to‘g‘ri aniqlash, hisobga olish, hamda yangidan aniqlangan kasb kasalliklari to‘g‘risida;
tashxis o‘zgarganligi(oydinlashtirilganligi)to‘g‘risida;
o‘tkazilgan davolash-profilaktika choralari,kasb kasalliklarining oqibatlarini va nima bilan tugallanganligi ma’lumotlarini sanitariya-epidemiologiya nazorat markaziga o‘z vaqtida xabar qilish.O‘zR SSV sanitariya-gigiena va kasb kasalliklar ilmiy-tekshirish institutining kasb kasalliklar klinikasi va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi klinikasi rahbarlari va davolash profilaktik muassasalarining boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.
2. DSENM(tuman, shahar)bosh vrachlari zimmasiga-kasb kasalliklarini qayd qilish, hisobga olish va tekshirish ma’suliyati yuklatiladi.
Ishlovchi kontingent orasida uchraydigan kasbdan kasallanish.Kasbdan kasallanish deganda xodimlarga tegishli joriy aniqlangan xasatalangan shaxslar soni tushuniladi /muayyan korxona,tarmoq,vazirlik va h.k./.
Kasb kasalliklari haqida xabar qilish tartibi.
Har bir kasb kasalligi (zaharlanish) ro‘y berganda ana shu xastalikni aniqlagan yoki shubha qilgan shifokor tomonidan shoshilinch xabarnoma (058- sonli shakl) to‘ldiriladi. Belgilangan shakldagi shoshilinch xabarnoma quyidagi idoralarda to‘ldiriladi:
vrachlik sog‘liqni saqlash shahobchalarida,ambulatoriyalar, poliklinikalar va dispanserlarda;
barcha xildagi statsionarlarda,kasb kasalliklari klinikasida.
Xabarnoma 12 soat mobaynida kasb kasal ishlaydigan ob’ekt ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi sanitariya-epidemiologiya nazorat markaziga yuboriladi.
SHoshilinch xabarnomada o‘tkir kasb kasalligining dastlabki(yakuniy tashxisi),tavsiya etiluvchi zararli ishlab chiqarish omillari va kasallikni keltirib chiqargan sabablar nomlari ko‘rsatiladi.
Tashxisni oydinlashtirgan yoki uni o‘zgartirgan davolash-profilaktika muassasasi shoshilinch xabarnoma tuzadi va 24 soat mobaynida uni xodimning ishlash joyi sanepidstatsiyasiga yuboradi,ayni paytda o‘zgartirilgan (oydinlashtirilgan)tashxis,uni aniqlagan kuni,dastlabki tashxis ko‘rsatiladi.
Davolash-profilaktika muassasalari xabarnomani yuborishdan tashqari sanepidstatsiyaga telefon yoki telegraf orqali quyidagi har bir kasallik haqida shoshilinch xabar qiladi: 2 va bundan ko‘ra ko‘proq odam kasal bo‘lgan (jabrlangan), ishlash qobiliyati yo‘qolgan kishining o‘tkir kasb kasalligi, brutsellyoz, qoqshol, qutirish bilan kasallanishda va bemorning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganida.
Do'stlaringiz bilan baham: |