Mukammal sanitariya tekshiruvining bosqichlari.
Texnik jarayonni o‘rganish(xom ashyo,texnik moslamalar,bajariladigan ish,ishni tashkil qilish,ta’sir etuvchi omillarni belgilash,sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini aniqlash).
Laboratoriya–asbob uskunalar yordamida ta’sir etuvchi omillarni miqdorini (darajasini)aniqlash.
YOzma ta’riflash(hudud,sexlar,yordamchi xonalar).
Olingan ma’lumotlarga gigienik baho berish(amaldagi qonun-qoida, me’yorlar,yo‘riqnomalar bilan solishtirish yo‘li bilan).
Sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish (zarur bo‘lganda ITX, DSENM shifokorlari bilan birgalikda texnik-texnologik,sanitar-texnik, tibbiy profilaktik yo‘nalish bo‘yicha).
CHora-tadbirlarni bajarish muddatlarini kelishish(korxona ma’muriyati bilan,reja-topshiriq tuzish orqali).
Qaydnoma yozish (2 nusxada).
Ko‘rsatmalar bajarilish ustidan nazorat.
Mukammal sanitariya tekshiruvi dalolatnomasi.
Mukammal sanitariya tekshiruvi yakunlangandan so‘ng olingan ma’lumotlarga asoslanib,sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarni ishlab chiqiladi, korxonadagi ba’zi muammoli masalalarni hal etish yo‘llari sanitar-gigienik nuqtai-nazardan echimi ko‘rsatiladi,korxonalarni sanitar-epidemiologik holatini yaxshilash bo‘yicha texnik,sanitar-texnik,tibbiy profilaktik choralar belgilanadi.
Korxona uchun sanitar pasport tuzishda yoki ularni yangilashda,aholining shikoyatlarini o‘rganishda va boshqa holatlarda mukammal sanitar tekshiruvi ma’lumotlaridan foydalaniladi.
AMALIY MASHG`ULOT№3.
Ishlab chiqarish ob`ektlarida maishiy xizmat xonalari va ularga qo`yiladigan gigienik talablarni o`rganish.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:OSNni o‘tkazishdan maqsad yangi texnika,texnologiya jarayonlar,kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishda yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini loyihalash,qurish va ishlatishga qabul qilishda amaldagi sanitariya–gigiena qoidalariga rioya qilinganligini,SanPiN №0007-94“qurih bitkazilgan, qayta qurilgan va kengaytirilgan ishlab chiqarishga taaluqli ob’ektlarni foydalanishga topshirishda sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi(SENM) mehnat gigiena bo‘limi(mutaxassisi)ning qabul qilish komissiyasidagi ishi”;Ishlab chiqarish ob’ektlari loyihalanishi,qurilishi va foydalanishga topshirilishi ustidan davlat sanitariya nazoratiga rioya qilinganligini tekshirish va Maishiy xonalar joylanishi va jihozlanishini ko‘rib chiqish.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida” qonunning 9-moddasiga binoan:“Mulkchilikning shakllaridan qat’iy nazar, korxonalar,tashkilotlarning,boshqarmalarning rahbarlari va alohida shaxslar ob’ektlarni loyihalash,qurish,qayta qurish,yangilanish chog‘ida,korxonalarni texnika bilan qayta qurollantirish va ularni foydalanishga topshirish chog‘ida sanitariya normalari,qoidalari va gigiena normativlariga amal qilishlari shart”.
Do'stlaringiz bilan baham: |