Kasallanish ma’lumotlarini yanada ko‘rgazmaliroq qilishda turli grafik shakllaridan foydalaniladi:chiziqli,ustunli va aylanali diagrammalar.Lekin barcha ko‘rsatkichlarning ma’lumotlari va ularning aniqligi jadvallarda to‘liqroq aks etadi.
22-jadval Kasallanish ko‘rsatkichlarining shkalasi (E.L. Notkin)
Daraja
|
Kasallanganlar foizi
|
100 ishchiga to‘g‘ri keladigan vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish
|
Hodisalar soni
|
Kunlar soni
|
Juda yuqori
|
80 va ortiq
|
150 va ortiq
|
1500 va ortiq
|
YUqori
|
70-79
|
120-149
|
1200-1499
|
O‘rtachadan yuqori
|
60-69
|
100-119
|
1000-1199
|
O‘rtacha
|
50-59
|
80-99
|
800-999
|
O‘rtachadan past
|
40-49
|
60-79
|
600-799
|
Past
|
35-39
|
50-59
|
500-599
|
Juda past
|
35 dan kam
|
50 dan kam
|
500 dan kam
|
Kasallanishni xarakterlovchi taqqoslanuvchi aniq ma’lumotlarni olishda dastlabki materiallarni va qo‘llanilayotgan ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri tanlash juda katta ahamiyatga ega.Aniq ma’lumot bo‘lgan taqdirda(ma’lumotlar banki) kasallanishni ishlab chiqarishning, turli sohalari bo‘yicha,noxiyalar,viloyatlar, shaharlarda taqqoslash asosida tahlil o‘tkazish mumkin.
VMQ bilan bog‘liq kasallanishning o‘rtacha yillik statistik ko‘rsatkichlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki,mehnatga qobiliyatsizlik hodisalari sonining asta-sekin kamayishi kuzatilmoqda.SHu bilan birga taxminan shu chegaralarda bitta hodisaning ko‘plardagi o‘rtacha davomiyligi ortib bormoqda. Agar intensivlikning pasayishini, mehnat sharoitlarining yaxshilanishi, zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish bilan tushuntirilsa,bitta kasallanish hodisalarning o‘rtacha davomiyligining o‘sishini qandaydir ma’noda aholining demografik ko‘rsatkichi va kasallanish tarkibida surunkali patologiyaning ulushini ortishi bilan bog‘liqligidir.Turli tarmoqlardagi korxonalar orasida so‘ngi yigirma yil ichida VMQ bilan bog‘liq kasallanishning yuqori darajalari poligrafiya, to‘qimachilik va engil sanoatlarga hosdir. 4-8 o‘rinlar mashinasozlik,o‘rmon sanoati(qog‘oz va taxtani qayta ishlash),ko‘mir sanoati,elektrstansiyalar,qurilish materiallarini ishlab chiqarish va qurilish sohalari egallab turibdilar.
Vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish bo‘yicha kasallanish haqqoniyligini baholash ko‘rsatkichlari. (V.A. Mozglyakovoy bo‘yicha).
M1-M2 M*100
T= ; m=+-
m21+m22 n
n
Bu erda:t-ko‘rsatkichlar farqi (xaqqoniy bo‘ladi agar farq >95% ga etsa,t=2 dan ko‘p)
m-ko‘rsatkichlarning xatoligi formula asosida hisoblanadi.
M-hodisalar(yo‘qotilgan kunlar)ning 1ta ishchiga to‘g‘ri kelish soni
n-bir yildagi ishchilar soni
Misol:Hodisalar bo‘yicha vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotish asosida kasallanishlarning 2005 yilga nisbatan 2006 yildagi haqqoniylik ko‘rsatkichlarini aniqlash.
2005 2006
Bunda:“n”–bir yillik umumiy
ishchilar soni 200 100
“M”–1 ta ishchiga to‘g‘ri
keladigan hodisalar soni 1,5 1,1
Ko‘rsatkichdagi xatolik
1,5 1,1
m1=+- =0,09; m2=+- =0,1
200 100
1,5-1,1 0,4
T= = =3,1
0,092+0,12 0,13
Javob: hodisalar bo‘yicha kasallanish farqi 95% yuqori.
Bizning mamlakatimizda 1924 yildan boshlab kasb kasalliklari va zaharlanishlarni hisobga olish,ro‘yxat qilish kiritilgan.Hozirgi vaqtda bu ishlar amaldagi kasb kasalliklari va zaharlanishlarning hisobga olish va sabablarini aniqlash va ro‘yxatga olish ishlarini takomillashtirish xaqidagi Sog‘liqni saqlash vazirligini 300-sonli 23.06.2000 yilgi buyrug‘iga asosan olib boriladi.
“Kasb kasalliklarni tahlil qilish va hisobga olish jarayonida avtomatlashtirishni joriy qilish xaqidagi” sog‘liqni saqlash vazirligini 2.07.87 yilgi 866-sonli buyrug‘iga yuqoridagi qo‘shimcha buyruqqa qo‘shimcha berilgan.Bu hujjatga binoan hisobga olishni va hisobotning yangi formalari kiritilgan.(151/x – surunkali kasb kasalliklari xaqida xabarnoma,152/x–kasb kasalliklarini hisobga olish kartasi(varaqasi)va ayrim avvalgi formadagi birlamchi tibbiy hujjatlarning mazmunini o‘zgarishi(362/x–86–kasb kasalliklar (zaharlanish) qaydnomasi,363/x – 85- kasb kasalliklarini hisobga olish qayd daftari).
Kasb kasalliklarini hisobga olish majmuida ayrim terminlar aniq tasdiqlangan:
Kasb kasalligi–ish sharoitini zararli ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar:
O‘tkir kasb kasalligi–ishlab chiqarishdagi zararli omillarni bir marotaba(bir ish kuni mobaynida)ta’sirida kelib chiqadigan kasallik:
Surunkali kasb kasalligi–ishlab chiqarishdagi zararli omillarni ko‘p marotaba va uzoq muddaligida ta’sir oqibatida kelib chiqadigan kasallik:
O‘tkir va surunkali kasb bilan bog‘liq zaharlanishlar kasb kasalliklari-ning xususiy ko‘rinishidir.
Ishlovchilar orasida kasb kasalliklari–shu yil ichida birinchi marotaba kasb kasalliklariga mubtalo bo‘lganlar sonining korxonada ishlovchi umumiy ishchilarning soniga nisbati.
Maxsus taftish–kasb kasalliklarini sabablari va ularni vujudga keltiruvchi sharoitlarni aniqlash(mehnat gigienasi tomonidan korxonada, davolash profilaktik ishlari olib boruvchi muassasada vakili hamda korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasi vakillari bilan birgalikda olib boriladi. Bir necha kishi shikastlanishi–bir vaqt mobaynida ikki va undan ortiq kishilarning kasallanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |