-Amaliy mashg‘ulot. Tarmoqni trassalash. Tarmoqning gidravlik hisobi. Kanalizatsiya tarmog‘ining bo‘ylama qirqimini chizish
Reja:
1. Trassalash deb nimaga aytiladi va necha xil bo‘ladi va ularning shakllarining turlari.
2. Bo‘laklardagi oqova suvlar sarfi.
3. Quvurlarning chuqurligini aniqlash.
Kanalizatsiya tarmoqlarini trassalash.
Trassalash deb, kanalizatsiya tarmoqlarini rejadagi o‘rnini aniqlashga aytiladi, bu esa kanalizatsiya shaklni tuzishda asosiy bosqich hisoblanadi. Kanalizatsiya tarmoqlarini trassalashda shahar va sanoat korxonalarining eng ko‘p oqova suvlarini quvurlar va kanallarda o‘zi oqimi bilan (bosimsiz oqimda) yig‘ishga intilinadi va tarmoqlarni trassalash quyidagi faktorlarga bog‘liq bo‘ladi.
Joyning rel’efiga, tozalash inshootining o‘rniga, tozalangan oqova suvlarni tashlash joyiga, qabul kilingan kanalizatsiya tizimiga, grunt sharoitiga, kvartallarni qurilish (xarakteriga) tavsifiga, joyning er osti inshootlarini joylashishiga, qurilish navbatiga va boshqalarga. Tarmoqlarning umumiy yo‘nalishi eng avval tozalash inshootining joylashish o‘rniga bog‘liq bo‘lib, ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi: avval asosiy kollektor, keyin kanalizatsiya havzalaridagi kollektorlar va eng oxirida ko‘cha tarmoqlari trassalanadi. Trassalashda tarmoqlar o‘zi okar quvurlar orqali, eng qisqa yo‘l bilan hamma oqova suvlar yigilishini va asosiy kollektorga qo‘shilishini hisobga olgan holda bajariladi. Kanalizatsiya tarmoqlarini trassalashda iloji boricha katta va temir yo‘llardan, daryolardan, jarliklardan kamroq o‘tishni hisobga olish zarur, chunki ularni qurish va eskpluatatsiya qilish uchun juda ko‘p mablag‘ sarflanadi.
Hozirgi davrda ko‘cha tarmoqlarini trassalash quyidagi uch shakl orqali amalga oshirish mumkin:
1. Xajmli trassalashda ko‘cha tarmoqlari kvartalning to‘rt tomonidan bog‘langan bo‘ladi. Bu shakl qachonki erning qiyaligi uncha katta bo‘lmagan yoki tekislikdan iborat bo‘lgan katta kvartallarda va kvartallar ichida qurilish bo‘lmaganda qo‘llaniladi (11-rasm).
2. Kvartalni past tomonidan trassalashda ko‘cha tarmoqlari kvartalning past tomoniga yotqiziladi. Bu shakl erni qiyaligi yaxshi, ya’ni ier 0.007 bo‘lganda qo‘llaniladi (12- rasm).
3. Kvartallararo trassalashda ko‘cha tarmoqlari kvartallar ichidan o‘tkaziladi. Bu shakl tarmoqlarni uzunligini ancha qisqartiradi, lekin ularni ekspluatatsiya qilish qiyin, shuning uchun bu shakl kvartallarni rejasi batafsil rejalashtirilganda qo‘llaniladi. (13 -rasm).
1. Oqova suvlar oqimi notekis va turg‘un emas rejim hisoblangani uchun, quvurlar kesimida ma’lum bo‘shliq zarur (sarflar soatiga 3 - 5 marta o‘zgargani uchun) bo‘ladi;
2. Tarmoqlarni shamollatishini ta’minlash va undagi zararli va portlovchi gazlarni yo‘qotish uchun;
3. Quvurlardagi muallaq suzib yuruvchi moddalarni oqish sharoitini yaxshilash uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |