Amaliy mashg’ulot №6 Mavzu: Motor moylarining xossalari Ishdan maqsad


Moy qovushoqligining haroratga bog`liqligi



Download 281,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana05.07.2022
Hajmi281,38 Kb.
#742312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5195339612590970359

Moy qovushoqligining haroratga bog`liqligi
. Ekspluatatsiya sharoitini 
doimiy emasligi tezlik va yuklanish omillarini o`zgarib turishi, yil fasllarining 
o`zgarishi uzel va agregatlarda ishlatilayotgan moylarning haroratini o`zgarishiga 
olib keladi. Ish haroratining o`zgarishi natijasida moyning qovushoqligi imkoniyat 
qadar kam o`zgarishini ta`minlash uchun moy qovushoqligi harorat ta`sirida kam 
o`zgarishi bo`yicha talablar qo`yiladi.
Moy qovushoqligining haroratga bog`liqlik tavsifi sifatida moyning 50
0
S va 
100
0
S lardagi qovushoqliklari orasidagi farqdan foydalaniladi. Moy tarkibiga bir 
necha ming xil turli uglevodorodlar kirganligidan harorat o`zgarishi bilan ularning 
qanday holatga kelishini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun motor moylariga


oid standartlarda faqat 100
0
S dagi qovushoqlik qiymatinigina keltirmasdan, 0
0
S dagi 
qovushoqlik qiymati ham keltiriladi, shuningdek qovushoqlik indeksi ko`rsatiladi. 
Qovushoqlik indeksi o`lchovsiz kattalik bo`lib, etalon moyga nisbatan 
tekshirilayotgan moyning qovushoqligini haroratga bog`liq holda o`zgarish 
darajasini ko`rsatadi. Qovushoqlik indeksini aniqlashda maxsus jadvallar va 
nomogrammalardan foydalaniladi. 
Harakat o`zgarishi bilan qovushoqligi qancha kam o`zgarsa, moyning 
qovushoqlik xossalari shuncha yomon va qovushoqlik indeksi past bo`ladi. Indeksi 
yuqori bo`lgan moyning qovushoqligi yuqori bo`ladi, bunday moylar yuqori 
haroratlarda ishqalanayotgan detallarni ishonchli holda moylaydi, past haroratlarda 
esa dvigatelni yurgazib yuborishni qiyinlashtiradigan darajada quyuqlashmaydi. 
Ko’pchilik hollarda moylarning standart haroratlardan boshqa haroratlardagi 
qovushoqligini aniqlash zarurati paydo bo`ladi. Moyning belgilangan 
qovushoqlikka ega bo`lish haroratini (dvigatellar uchun moyning ishga tushirish 
xususiyatini baholash bilan bog`liq bo`lgan) aniqlash yanada muhimdir. Qator 
tekshirishlar natijasida dvigatelni oson ishga tushirilishini ta`minlaydigan va bunda 
detallarni kuyish va jadal yeyilishini oldini olishni ta`minlaydigan qovushoqlik
chegarasi motor moylari uchun 1
.
10
4
mm
2
/s deb belgilangan. Moyning ishga 
tushirish xususiyati deganda moy qovushoqligi 1
.
10
4
mm
2
/s bo`ladigan haroratni 
hisoblash yo`li bilan aniqlash tushuniladi. Moy qovushoqligi 2
.
10
4
mm
2
/s ga yetsa 
moyni moylash tizimida aylanishi to`xtaydi. 
Moy qovushoqligining haroratga bog`liqlik xususiyatini yaxshilashning eng 
samarali usullaridan biri moyga qovushoqligi yuqori bo`lgan qo`shilmalar 
qo`shishdir. Bunday qo`shilmalardan nisbatan keng tarqalgan molekulyar massasi 
10000-20000 gacha bo`lgan poliizobutilendir. Poliizobutilen va boshqa 
qo`shilmalarni moyga 2-5 foiz miqdorida aralashtirish moyning qovushoqligini bir 
necha marta (har qanday haroratlarda deyarli bir xil) oshiradi. 
Moylarga qo`shilmalar qo`shib quyultirish yo`li bilan bir qator moylar olinadi, 
jumladan keng qo`llaniladigan moylardan biri M-4
3
/6V
1
moyi. Vazifasi va 100
0

dagi qovushoqligi bir xil bo`lgan M-6A va M-4
3
/6V

moylarini o`zaro taqqoslash 
ularni harorat ta`sirida o`z xususiyatlarini turlicha o`zgartirishini ko`rsatadi. M-6A 
moyidan foydalanilganda dvigatelni ishga tushirish mumkin bo`lgan eng past 
harorat (qizdirmasdan) minus 25
0
S bo`lsa, M-4
3
/6V

moyidan (quyultirilgan moy) 
foydalanilganda esa minus 40
0
S. 

Download 281,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish