Amaliy mashg’ulot №6 Mavzu: Motor moylarining xossalari Ishdan maqsad


Moylash usullari va materiallarning turlari



Download 281,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana05.07.2022
Hajmi281,38 Kb.
#742312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5195339612590970359

Moylash usullari va materiallarning turlari 
Mashina va mexanizmlar ishqalanishdagi kuchlarni kamaytirish maqsadida turli 
moylash materiallari qo`llaniladi. Qadim zamonlardan ishlatiladigan organik moylar 
(o`simlik moylari) o`rnini XIX asrdan boshlab mineral (neft) moylari va hozirgi 
zamonda sintetik hamda qattiq moylash materiallari egallamoqda. 
Ishqalanuvchi sirtlarni moy qatlami bilan bir-biridan ajratish xarakteriga ko`ra 
moylash turlari quyidagilarga bo`linadi: 

gidrostatik (gazostatik) moylash - bu suyuq (gazli) moylash usuli bo`lib, 
ishqalanuvchi yoki tarkibi saqlanayotgan sirtlarning bir-biridan to`la ajralishi tashqi 
bosim ostida shu sirtlar oralig`idagi tirqishga moy (gaz) kirgizish yo`li bilan 
erishiladi; 

chegaraviy moylash - bu moylashning shunday turiki, nisbiy ha-rakatdagi 
sirtlarning ishqalanishi va yeyilishi shu sirtlarning va moylash materiallarining 
xossalari bilan aniqlanadi; 

yarimsuyuqlik moylash - bunda suyuqlik moylash qisman sodir bo`ladi. 
Moylash materiallarini chiqib kelishi, fizik holati va vazifasiga qarab (DAST 
23.002-78) tavsiflanadi. Kelib chiqishi yoki boshlang`ich xom-ashyoga ko`ra 
moylash materiallari quyidagilarga bo`linadi: 
-mineral moylash materiallari-tabiiy holdagi mineral uglevodorodlarni 
aralashtirish yoki qayta ishlash yo`li bilan olinadi; 
-neft moylash materiallari-neft xom-ashyolaridan tozalab olingan moy; 

sintetik moylash materiallari - sintez yo`li bilan olingan materiallar. Sintetik 
materiallar belgilangan xususiyatlarga ega bo`ladi. Ammo ularning ishlab 
chiqarilishi qimmatligini hisobga olib ishlatish deyarli cheklangan, ularni eng 
muhim ishqalanish tarmoqlarida ishlatiladi; 

o`simlik moylash materiallari - bu o`simliklardan olinadigan moylar. Ularni 
o`simliklar urug`larini qayta ishlashdan olinadi. Texnikada ko’pincha kastorli, 
gorchitsa, sirop va boshqa o`simlik moylari ishlatiladi; 
-hayvonot moylash materiallari - hayvonot mahsulotlaridan olinadi.
O`simlik va hayvonot surkov moylari neft moylariga nisba-tan ancha yuqori 
moylash xususiyatiga ega, ammo issiqyaik ta`siriga chi-damli emas. Shuning uchun 
ularni ko’pincha neft moylariga aralashtirib ishlatiladi. 
Fizik holatiga ko`ra moylash materiallari quyidagi turlarga bo`linadi: 

motor moylari, ichki yonuv dvigatellarida ishlatish uchun (karbyuratorli, dizelli, 
aviatsion dvigatellarda va boshqalarda); 



transmission moylar, traktor, avtomobil, trolleybus, tramvay va boshqa 
mashinalarda ishlatiladi; 

sanoat moylari, dastgohlarda ishlatiladi; 

gidravlika moylari, mashinalarni gidravlika tizimida ishlatiladi; 

maxsus kompressorlar, asboblar, tsilindrli, elektroizolyatsion va vakuum 
qurilmalarda ishlatiladigan moylar. 
Ishlatish haroratiga ko`ra quyidagilarga bo`linadi: 
- past haroratli, ishlatish harorati 60°S dan oshmagan tarmoqlar 
uchun (asboblar uchun, sanoat va boshqalar); 

o`rtacha haroratli, ishlatish harorati 150...200°S (turbinali, kompressorli, 
tsilinrdli va boshqalar); 

yuqori haroratli, harorati 300°S va undan yuqori tarmoqlarda ishlatish uchun. 
Bunga asosan motor moylari kiradi. 
Moylash materiallarini umumiy tavsiflari quyidagilardan iborat: 

moslik, ikki yoki ko’p turdagi moylash materiallarini ekspluatatsion 
xususiyatlari va saqlashda turg`unligi yomonlashmasdan aralashish qobilyatini 
xarakterlaydi; 

konsistentsiya, plastik moylash materiallarining tashqi ta`sir ostidagi 
deformatsiyaga qarshilik ko`rsatish qobilyati; 

qovushoqlik indeksi harorat oshishi bilan qovushoqligini ka-mayishini 
xarakterlaydi. 
Ishlash jarayonida surkov moylari har xil omillar ta`siri ostida bo`ladi: ishlab 
chiqarilgan gazlar va detallarning yuqori harorati, havo
 
kislorodi va yonilg`i 
mahsulotlari bilan jadal kontaktlanish, metallar va detallar qotishmalarining katalitik 
ta`siri, ishqalanish tarmoqlarida yuqori solishtirma yuklamalar, moy harakati tezlik 
tartibi va mexanizmlar ishlash tartibini o`zgarishi va boshqalar. Bu omillarni ta`siri 
surkov moylarida murakkab fizik-kimyoviy jarayonlarni tug`diradi, natijada vaqt 
o`tishi bilan sifat ko`rsatkichlari o`zgarib boradi. 
Shunday qilib surkov moylariga quyidagi talablar quyiladi: 

tegishli qovushoqlik va qovushoqlik indeksiga ega bo`lishi; 

yuqori va termooksidlanish turg`unligiga ega bo`lishi; 

korroziyaga va yeyilishga qarshi chidamli xususiyatga ega bo`lishi; 

tashqi muhitni har xil haroratida erkin oqishi; 
- belgilangan muddatda ishlashi va detallar sirtida har xil 
yig`indilar hosil qilmasligi kerak va boshqalar 
Yuqorida sanab o`tilgan vazifalarni yoki ularni bir qismini yetarli darajada 
uzoq muddat davomida ta`minlanishiga erishish uchun moylar bir qator 
ekspluatatsion talablarga javob berishi lozim. Bu talablar ichida eng asosiylari 


quyidagilardir: moyning qotish harorati imkoniyat qadar past bo`lishi va 
ishqalanuvchi detallarning ishonchli ishlashini ta`minlovchi qovushoqlikka ega 
bo`lishi; ishqalanuvchi detallarning yoyilishini sekinlatish uchun yaxshi moylash 
xossasiga ega bo`lishi; fizikaviy va kimyoviy turg`unligi yetarli darajada bo`lishi; 
metallarni korrozion yemirilishdan saqlashi va tarkibida mexanik aralashmalar va 
suvni bo`lmasligi lozim. Bundan tashqari moyni qimmatbaholigi va o`t olish xavfini 
ham hisobga olish lozim. 
Moy sifatiga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar bir yoki bir necha 
ko`rsatkichlar bilan ifodalanadi va bu ko`rsatkichlarning qiymati turli maqsadlarda 
ishlatiladigan moylar uchun Davlat standarti asosida me`yorlashtirilgan. Quyida 
moylarning asosiy sifat ko`rsatkichlarining mohiyatini va bu ko`rsatkichlarni 
avtomobil dvigatellari va boshqa agregatlarning ishonchli va uzoq muddat ishlashiga 
ta`sirini ko`rib chiqamiz. 

Download 281,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish