Amaliy mashg’ulot № 4
Mavzu: 6. Elеktrоlit eritmаlаr vа tuzlаrning gidrоlizi
Moddalarni elektr o’tkazuvchanligiga qarab 4 turga bo’lamiz.
Metallarni elekr o’tkazuvchaligiga qarab, (1) metallar ular elektr tokini delokallashgan lektronlarining erkin harakati hisobiga o’tkazadi. Bu jarayon fizikaviy hodisa , Masalan: Fe , Cu , Al metallari.
Yarim o’tkazgichlar ular elektr tokini bir yo’nalishda o’tkazdi. M; Si , Se , In lar shu xususiyati tufayli o’zgaruvchan tokni bir tomonga o’tkazganligi uchun ulardan Diodlar tayyorlanadi.
Elektrolitlar: bunday moddalarning ko’pchiligi qattiq holatda eletr tokini o’tkazmaydi. Faqat suvda eritilganda yoki suyulltirilgada eletr tokini o’tkazadi. Ularda eletr toki o’tayotganda kimyoviy o’zgarish sodir bo’ladi. M: NaCl , K2SO4 , Al(NO)3–tuzlar; H2SO4, HCl, HNO3–kislotalar; KOH, Ba(OH)2, NaOH– ishqorlar; elektrolitlardir .
Elektrolitmaslar; shakar, spirt, H2, O2, N2 CH4, ko’pchilik organic moddalar. Elektr yokini o’tkazmaydigan moddalar “Dielektriklar” ham deyiladi.
Moddalarning suvda erish mezanizmi.
Suv H2O molekulalarining O2 kislorod joylashgan tomoni manfiy (-), H2 vodorod joylashgan tomoni esa musbat (+) (a) bo’lib, ikki qutbli ya’ni dipol deyilib (b) bilan ifodalanadi.
-
a) + + b) + -
Moddalarning suvda eruvchanligi ularning qutbliligiga ya’ni bog’ tabiatiga bog’liq bo’lib ion bog’li va qutbli kovalent bog’li moddalar suvda yaxshi eriydi, qutbsiz ham qutbli kovalent bog’li moddalar suvda oz eriydi, yaxshi eriganda ham ionlarga ajralmaydi.Umuman olganda qutbli qutblida , qutbsiz qutbsizda yaxshi eriydi.Moddaning ionlarga ajralish jarayoni elektrolit dissotsiyalanish deyiladi. Natijada sekin harakatlanadigan ionlar paydo bo’lib elektr tokini o’tkazadi. Ko’pchilik moddalarda suv molelulalarining bir qismi mustahkamlanadi. Bunday moddalar bug’latilganda suv saqlaydigan gidratlar kristalgidratlarni hosil qiladi.
CuSO4· 5H2O mis kuporosi, Na2CO3· 10H2O kristall soda ,
Na2SO4· 10H2O glauber tuzi, CaSO4· 2H2O gips .
Ion bog’i moddalar suyuqlantairilganda ham ionlarga ajraladi.
Elektr o’tkazuvchanlagini aniqlash;
1) NaCl(kristall)
2) H2SO4 100% li
3) NaOH
4) H2SO4 40% li
5) Shakarning 10% li
6) N2 (suyuqlanmasi) elektr tokini o’tkazadi.
Moddalarning ionlarga ajralish haqidagi g’oyani S.Arrinius taklif etgan. Bu nazariya quyidagicha ta’riflanadi.
1) elektrolitlar suvda eriganda yoki suyuqlantirilganda elektronlarga ajraladigan moddalardir. Ionlar atom yoki atomlar guruhidan iborat bo’lishi mumkin . Musbat zaryadli ionlar kation, manfiy zaryadlisi anion deyiladi.
NaCl→Na + +Cl –
2) Ionlar atomlardan tuzilishi va zossalari bilan farq qiladi.
Cl0…3s23p5 →Cl-1… 3s2 3p6
3) Elektrolit eritmasi va suyuqlanmasida ionlar tartibsiz harakatda bo’ladi, undan o’zgarmas tok o’tkazilganda kationlar katodga , anionlar anodga tomon harakatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |