Laboratoriya tashhisi. Qizamiqqa tashhis qo‘yishda 95% bemorlarda uchraydigan Filatov–Koplik dog‘lari borligiga, klinik belgilarga va epidemiologik ma’lumotlarga asoslaniladi. Virus antigenini topish uchun burun-halqum shilliq qavatida rinotsitologik tekshirishlar o‘tkaziladi. IF usuli uchun tekshiriluvchi material, maymun buyragi va odam amnionidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturasiga yuqtiriladi va virusning hujayra patogen ta’siri o‘rganiladi. Bemorning juft qon zardobidagi antitelolar KBR, GATR, neytrallash reaksiyalari yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |