Ko‘paytirish (reproduksiyasi). Virus tovuq embrionida ko‘paymaydi. Uni odam embrioni va maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida ko‘paytiriladi. Bundan tashqari, odam amnioni va undiriluvchi hujayra kulturalarida (Hela, KB, Vero va boshqalar) sitopatik ta’sir ko‘rsatib ko‘payadi. Natijada simplastlar, ya’ni ko‘p yadroli hujayralar hosil bo‘ladi. Virus kirgan hujayra sitoplazmasida atsidofil, yadrosida bazofil kiritmalar vujudga keladi.
Antigenlari. Virusning serotiplari aniqlanmagan. Qizamiq virusining shtammlari orasida tashqi qobig‘ining antigeni (V-antigen) gemagglyutinin va membrana oqsillari bor.Virus tarkibida neyrominidaza uchramaydi. Maymun eritrotsitlari bilan agglyutinatsiya beradi, ammo tovuq, dengiz cho‘chqachasi va boshqa hayvonlar eritrotsitlari bilan agglyutinatsiya bermaydi.
CHidamliligi. Virus 560S haroratda 30 daqiqada faolligini yo‘qotadi, efir va detergentlarga, rN 2,0–4,0 bo‘lgan muhitlarga ta’sirchan, past haroratga (–700S) chidamli. Quyosh nuri ta’siriga nihoyatda chidamsiz. SHuning uchun qizamiq virusiga qarshi dezinfeksiya choralari qo‘llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |