6. Ekskavator ishlayotgan paytda, uni cho’michi harakatlanadigan zonada odamlarni (xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni) turishi taqiqlanadi.
7. Ekskavatorni strela arqonining xizmat muddati korxona bosh mexanigi tomonidan ish sharoitiga ko’ra, ammo ko’pi bilan 3 yilga belgilanadi. Strela arqonida uzilgan simlarni soni o’ramqadami uzunligida umumiy sonining 15 % dan oshmasligi kerak.
Tiklash, bosimli,qaytarish va tortish arqonlarini almashtirish muddati ularni holatigaqarab aniqlanadi.
3.4. Ko’p cho’michli va rotorli ekskavatorlar
1.Temir yo’lli, zanjirli va q`ildirakli harakatda ko’p cho’michli ekskavatorni yo’li va relysidagiqiyalik va radiuslar, shuningdekqadamlovchi ekskavatorga ham, ekskavatorni texnik pasportida ruxsat etilgan chegarada belgilanishi kerak.
Relysli yo’l eni vaqiyaligi o’zgarishini nazoratqiluvchiqurilma har oyida bir marta karyer (korxona) metrologiya xizmati tomonidan tekshirilishi, natijalari maxsus jurnalga yozilishi kerak.
Aytilganqurilmalar nosoz bo’lsa yoki mavjud bo’lmasa, ekskavatorni temir yo’lda harakatlanib ishlashi taqiqlanadi.
2. Strelasi cho’zilmaydigan rotorli ekskavatorlarda rotor strelasini belgilangan harakat tezligi va burilish bo’rchagini ta’minlaydigan avtomatikqurilma bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
3. Ko’p cho’michli ekskavatorlar cho’mich ramasi, rotor strelasi va konveyerni ko’tarish, turish balandligi yoki burilish burchagi ekskavatorni pasportida ko’zda tutilgandan katta bo’lishidan saqlaydiganqurilmaga ega bo’lishi kerak.
Ekskavator mashinisti kabinasida avariya signali shchiti, shuningdek rotor strelasi harakat tezligi va burilish bo’rchagi, ekskavatorni harakatlanish tezligi, ekskavatorga keladigan kuchlanish vaquvvat yuzasidan nazoratqiluvchi asboblar o’rnatilgan bo’lishi kerak.
4. Ko’p cho’michli ekskavator ishlayotgan paytda odamlarni yuklanayotgan vagon yonida va ularni orasida, yuklash va tushirish lyuklari, konveyerlar,qayta yuklaydiganqurilmalari ostida va ekskavatorni harakatlanishqurilmasi ramasi tagida turishlari taqiqlanadi.
5. Ko’p cho’michli ekskavator bilan yangi kirishchaqazishdan oldin smena boshlig`i yoki kon ustasi zaboyni ko’rikdan o’tkazishi vaqulash prizmasini hisobga olgan holda kirishcha enida ekskavatorni ish fronti bo’ylab begona narsalarni (daraxt tanasi, metall buyumlar va boshqalarni) olib tashlash choralarini ko’rishi kerak.
6. Ko’p cho’michli ekskavator bilanquyi joyni kavlashga, kavlanadiganqalinlikdaqulamaydigan jinslar bo’lishi sharti,qiyalik va ekskavatorni ishchi maydonchasi barqarorligi ta’minlanganda ruxsat etiladi.
7. Rotorli ekskavatorlar konveyerlar va uyumlagichlar bilan kompleks bo’lib ishlayotgan paytda, shuningdek ko’p cho’michli ekskavator konveyerlar yuklayotganda boshqaruv blokirovkalash kerak.
Ta’mirlash va sozlash ishlari bajarilayotganda har bir mexanizmni alohidaqo’l bilan boshqarish nazarda tutilishi kerak.
3.4.8. Ekskavator kabinasi zaboyni ekskavatorga chegaradosh uchastkasi mashinistga yurib turishini ta’minlashi kerak.
9. Ekskavator ekipaji (brigadasi) a’zolari ishlaydigan joylar ekskavator mashinistini chaqirish vositasi bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |