AMALIY MASHG`ULOT №10
Tashish-uyumlash ko’priklari va uyumlagichlar
1. Tashish-uyumlash ko’priklari va uyumlagichlar shamol tezligi va yo’nalishini tinimsiz avtomatik o’lchaydigan uyumlagichlarni harakat mexanizmlarini boshqarish tizimi va avariya signali bilan blokirovkalangan amalqiluvi soz asboblar, shuningdek nazorat o’lchash vositalari, belgilab o’chirish, signal va so’zlashishqurilmalariga ega bo’lishi kerak.
2. Tashish-uyumlash ko’prigini ta’mirlash paytida bir vaqtda avtomatik vaqo’l tormoziqurilmalarini yechish taqiqlanadi.
3. Yo’l yaqinidagi uyumlagichlarni pasangilari harakatlanadigan zona, ularga odamlar yaqinlashmasligi uchun to’silishi yoki vertikal signal rejalanishi ko’rsatilishi kerak.
4. Tashish-uyumlash ko’priklari va uyumlagichlar konveyerlari ikki tomonidan to’silgan eni kamida 0,7 m bo’lgan xizmat ko’rsatish maydonchasiga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |