Mustaqil yechish uchun masalalar.
Ultramikroskopda W=1,48∙10-11 m3 hajmdagi yog’ tumanini tekshirilganda mikroskop maydonida 60 ta zarracha sanaldi. Aerozolning konsentratsiyasi s=30∙10-6 kg/m3 zichligi =0,9∙10-3 kg/m3 bo’lsa, zarracha shar shaklida deb hisoblab, o’rtacha radiusini hisoblang.
Ultramikroskopiya usulida W=4∙10-11 m3 hajmdagi suv tumani aerozolida 80 ta zarracha sanaldi. Aerozol konsentratsiyasi s=18∙10-6 kg/m3 bo’lsa, zarrachaning o’rtacha radiusini hisoblang.
W=1,4∙10-11 m3 hajmdagi oltin gidrozolini ultramikroskop ostida qaralganda mikroskop maydonida 50 ta zarracha sanaldi. Zol konsentratsiyasi s=5∙10-6 kg/m3, zichligi19,3∙103 kg/m3 bo’lsa, zarrachalarning o’rtacha radiusini hisoblang.
Kumush gidrozolini ultramikroskop ostida tekshirilganda 4 ta zarracha sanaldi. Kyuvetaning yuzasi 6,2∙10-12 m2, nur o’ramining chuqurligi 2,2∙10-4 m. Zol konsentratsiyasi s=24∙10-2 kg/m3, kumush zichligi =10,5∙103 kg/m3. Zarracha kub shaklida deb hisoblab, qirra uzunligini hisoblang.
Polistirol lateksi nur tarqatish intensivligi to’lqin uzunliklari =520∙10-9 m yoki =660∙10-9 m bo’lgan nur bilan yoritilganda qaysi holda va necha marta yuqori bo’ladi?
Zarracha o’lchamlari va konsentratsiyalari bir xil bo’lganda ikki emulsiya benzolning suvdagi va n-pentanning suvdagi emulsiyalari nur tarqatish intensivligini solishtiring. Benzolning sindirish ko’rsatkichi n=150, n-pentanniki n=1,36. Suvning sindirish ko’rsatkichi n0=1,33.
Takrorlash uchun savollar
1. Laplas tenglamasi nimalarga asoslangan? Qonuni qanday?
2. Suyuqlik sirti kapillyar naylarda qanday ko’rinishlarda bo’ladi? Jyuren tenglamasini yozib bering.
3. Tomson (Kelvin) tenglamasi nimadan iborat?
4. Yung tenglamasi qanday kattaliklar orasidagi borlanishni ko’rsatadi?
5. Suyuqlikning suv sirtida va boshqa sirtlarda yoyilib ketish shartlarini aytib bering.
6. Suyuqlikning yoyilib ketish koeffistienti deganda nima tushuniladi?
7. Suyuqlikning suv sirtida yoyilishiga sirt-aktiv moddalar qanday ta’sir ko’rsatadi?
8. Kuyida keltirilgan ho’llanishissiqliklariqiymatlari (10–jadval) asosida Rebinder usuliga ko’ra sirtlarning qaysilary gidrofil va qaysilari gidrofob ekanligini ko’rsating.
9. Kapillyar shisha suvga botirilsa, kapillyar ichida suyuqlik h balandlikka kutariladi. Bu holda suyuqlikning kapillyar bosimi tekissirt tagidagi kapillyar bosimdan kattami yoki kichikmi? Usha naycha simobga botirilganida suyuqlik sirti h1 balandlik qadar pasayadi. Bu holda suyuqlikning bosimi tekis sirt tagidagi bosimdan kattami yoki kichikmi?
10. Ayni suyuqlik qaysi sirtdan ko’proq bug‘lanadi: botiq sirtdanmi, tekis sirtdanmi yoki do’ng sirtdanmi? Bu savolga javob berishda quyidagi ko’rinishda yozilgan Tomson tenglamasidan foydalaning:
Bu tenglamada R° — suyuqlikning tekis sirtdagi normal bosimi, ΔR — sferik sirtdagi suyuqlik bosimi bilan tekis sirtdagi suyuqlik bosimi orasidagi ayirma.
Do'stlaringiz bilan baham: |