Amaliy mashgulot №1 Mavzu: Адсорбция константаларини кийматини хисоблашга доир масалалар ечиш



Download 169,5 Kb.
bet1/6
Sana29.04.2022
Hajmi169,5 Kb.
#591253
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Коллоид кимё амалиет


Amaliy mashgulot №1
Mavzu: Адсорбция константаларини кийматини хисоблашга доир масалалар ечиш.

Kolloid kimyo ob'ektlari uchun ikkita belgi xarakterlidir: geterogenlik va disperslik. Geterogenlik bu ko’p fazalilik bo’lib, fazalaro chegara sathning borligini bildiradi. Disperslik maydalanish darajasi bo’lib, moddalarning dispersligi har xil shakllarda – sferik, silindrik, to’g’ri turtburchak, kub aksari hollarda noaniq bo’lishi mumkin.


Dispers sistemalarda chegara sath juda katta bo’ladi, shu sababli ularda sathdagi hodisalar katta ahamiyatga ega. Moddaning disperslik darajasi solishtirma sath bilan xarakterlanadi. Solishtirma sath bir hajm yoki bir og’irlik birligidagi maydalangan zarrachalar sathlarining yig’indisi. Solishtirma sath zarrachalar umumiy sathining maydalangan modda hajmi V (yoki massasi m)ga nisbatiga teng:
Ssol=  =n S0
n – zarrachalar soni;
So – bitta zarracha sathi.
Ssol=  = =n1·S0
n1 – 1kg moddadagi zarrachalar soni;
ρ – maydalangan modda zichligi.
Zarrachalar shar shaklida bo’lsa, sistemaning solishtirma sathini hisoblash uchun zarracha o’rtacha radiusini bilish kifoya

yoki
 
Zarrachalar kub shaklida bo’lsa,
 
Sathdagi molekula bilan hajmdagi molekulaning energetik holatlari bir xil emas. Sathki qatlam molekulyar kuchlarning to’la sarflanmasligi tufayli ortiqcha erkin energiyaga ega. Bu energiyaning yuza birligiga to’g’ri kelgan qismi solishtirma erkin sath energiyasi (sirt taranglik) deyiladi va δ harfi bilan belgilanadi. Sirt taranglikni sathni kengaytiruvchi kuch deb qarash mumkin yoki sathni bir yuza birligiga kengaytirish uchun sarflanadigan ishga teng deyish mumkin.
Erkin sath energiyasi G=σ·S formula bilan hisoblanadi.
σ– sirt taranglik
S –chegara sath yuzasi;
G – erkin energiya;
Erkin energiya termodinamikaning ikkinchi qonuniga binoan minimumga intiladi. Sath energiyani kamaytirishga olib keladigan hodisalardan biri adsorbtsiyadir.
Sirt taranglikni faqat suyuqlik gaz chegarasida o’lchash mumkin. Sirt taranglikni o’lchashni bir qancha usullari bor. Rebinder usuli havo pufakchasini chiqarish uchun kerak bo’lgan maksimal bosimni o’lchashga asoslangan. Bunda

–suvning sirt tarangligi;
Po –toza suvda pufakcha chiqarish uchun kerak bo’lgan bosim;
P – tekshirilayotgan suyuqlikda pufakcha chiqaradigan bosim.
Tomchini sanash usuli Traube tomonidan ishlab chiqilgan. Bu usul stalagmometr asbobida bajariladi. Ma'lum standart hajmdan oqib chiqadigan tomchilar soni standart va tekshirilayotgan suyuqlik uchun sanaladi va
n0 – standart suyuqlik tomchilari soni;
n1 –tekshirilayotgan suyuqlik tomchidari soni;
ρ0 –standart suyuqlik zichligi;
ρ1 – standart suyuqlik zichligi bu keltirilgan usullar bilan toza suyuqliklar va chin eritmalarning sirt tarangliklarini o’lchash mumkin.


1-misol. Qalinligi a ga, ikki tomonining uzunligi V ga teng bo’lgan plyonka, uzun tomoni V ga, ikkita qisqa tomonining qar biri a ga teng bulgan brusok (tusin) va hamma tomonlari a ga teng bulgan kubning umumiy va solishtirma sirtlari topilsin.
Echish. Plyonkada ikki sirt bor. Shuning uchun uning umumiy sirti 2V2 ga, uning hajmi V2·a ga teng. Bundan Scol. ni topamiz.

Brusokning umumiy sirti 4Вa ga teng, hajmi Va2; shu sababli:

Kubning umumiy sirti 6a2 ga teng; uning hajmi a3, binobarin, solishtirma sirti:
bo’ladi.
2-misol. Hajmi 1 sm3 bulgan kubning umumiy va solishtirma sirtlari topilsin. Agar uning har qaysi tomoni 10 ga bo’linsa, umumiy va solishtirma sirtlari qancha-qanchaga teng buladi?
Echish. Hajmi 1 sm3 bulgan kubning har qaysi sirti 1 sm2 dan, jami 6 sm2 ga teng buladi. Binobarin:

Agar uni 10 bulakka bo’lsak uning hajmi o’zgarmaydi, lekin uning sirti 60 sm2 bo’lib qoladi. Kubikchalar soni 1000 ga etadi. Hosil bo’lgan kubikchalarni yana 10 ga (va bir necha marta 10 ga) bo’lsak quyidagi 4-jadval kelib chiqadi.
3-masala. Zarrachalarining o’rtacha diametri 1∙10-7 m, zichligi ρ=3,43∙103 kg/m3 bo’lgan mishyak sulfid zolining solishtirma sirtini hisoblang.
Yechish: zarracha radiusini topamiz.



4-masala. 2,1 g kumushni maydalaganda:
a) qirrasining uzunligi m bo’lgan kub shaklidagi;
b) radiusi 10-8 m bo’lgan sharsimon zarrachalar hosil bo’lsa, zarrachalarning umumiy sathini hisoblang.
Kumushning zichligi 10,5∙103 kg/m3.
Yechish: a) 1 – variant.

2,1g kumush hajmi:


2– variant.
Kubning yuzasini hisoblang:
1ta zarracha massasini hisoblaymiz:
kg.
Zarrachalar sonini hisoblaymiz:

Umumiy sirt:
1 – variant
b) Sharsimon zarrachalar uchun:

Kumush hajmi:

2– variant
Shar hajmi:
va yuzasi
zarracha massasi: kg.
Zarrachalar soni:
Umumiy yuza ga teng.

Download 169,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish