Masala yechish namunalari.
1–masala. As2S3 zolining zarrachalari 10 minut ichida 14,36 mm yo’l bosgan. Tashqi potenstiallar ayirmasi 240 V. Zarrachalar stilindrik shaklga ega. Elektrodlararo masofa 30 sm. Muhitning dielektrik konstantasi 81; suspenziyaning qovushoqligi 1,005·10–3 Pa· s; dzeta–potenstial topilsin.
Echish. N = E/l asosida N ni topamiz: N= 240/0,30 = 800 V/m.
Sutra dan foydalanamiz.
u = 14,36 (1000·10·60 =2,4·10–5 m/s; η= 1,0051·10–3 Pa·s ε = 81 : 9·109 f/m; N = 800 V/m
mV.
2-masala. Yuqori dispers polistirol zolini =640∙10-9 m va =460∙10-9 to’lqin uzunligidagi monoxromatik nurlar bilan yoritiladi. Zolning nur tarqatish intensivliklarini solishtiring.
Yechish: formuladan foydalanamiz. To’lqin uzunligidan boshqa parametrlari doimiy bo’lganligi uchun tenglamani ko’rinishda yozish mumkin. Berilgan to’lqin uzunliklari uchun va bo’ladi.
Undan
Kichik to’lqin uzunli nur, katta to’lqin uzunli nurga nisbatan 3,75 martta ko’p tarqalar ekan.
3-masala. Benzinning suvdagi va tetralinning suvdagi emulsiyalarining nur tarqatish intensivligini solishtiring. Moddalarning sindirish ko’rsatkichlari 293K da mos ravishda benzol uchun n1=1,38, tetralin uchun n2=1,54 va suv uchun n0=1,33. Emulsiyalarning konsentratsiyalari va zarracha o’lchamlari teng.
Yechish: Zarracha o’lchamlari, konsentratsiyalari teng va bir xil yoritilganligi uchun yuqorida keltirilgan tenglamalarni ko’rinishda yozish mumkin.
Benzinning suvdagi emulsiyasi uchun:
Tetralin emulsiyasi uchun:
Bulardan
Tetralin emulsiyasining nur tarqatish intensivligi benzin emulsiyasiga nisbatan 51,57 martta ko’p ekan.
Mustaqil yechish uchun masalalar.
Kumush gidrozolini ultramikroskop ostida tekshirilganda 4 ta zarracha sanaldi. Kyuvetaning yuzasi 6,2∙10-12 m2, nur o’ramining chuqurligi 2,2∙10-4 m. Zol konsentratsiyasi s=24∙10-2 kg/m3, kumush zichligi =10,5∙103 kg/m3. Zarracha kub shaklida deb hisoblab, qirra uzunligini hisoblang.
Polistirol lateksi nur tarqatish intensivligi to’lqin uzunliklari =520∙10-9 m yoki =660∙10-9 m bo’lgan nur bilan yoritilganda qaysi holda va necha marta yuqori bo’ladi?
Zarracha o’lchamlari va konsentratsiyalari bir xil bo’lganda ikki emulsiya benzolning suvdagi va n-pentanning suvdagi emulsiyalari nur tarqatish intensivligini solishtiring. Benzolning sindirish ko’rsatkichi n=150, n-pentanniki n=1,36. Suvning sindirish ko’rsatkichi n0=1,33.
Nefelometr asbobida olingan natijalar bo’yicha polistirol lateksi gidrozoli zarrachalarining o’rtacha radiusini hisoblang. Standart zolning yoritish balandligi h1=7∙10-3 m, zarrachasining o’rtacha radiusi r1=77∙10-9 m, tekshirilayotgan zolning yoritilgan balandligi h2=14∙10-3 m. Standart va tekshirilayotgan zol konsentratsiyalari teng.
Nefelometr yordamida olingan quyidagi natijalar bo’yicha tekshirilayotgan zol konsentratsiyasini aniqlang: standart zolning yoritish balandligi h1=6∙10-3 m, konsentratsiyasi 4∙10-6 kg/m3. Tekshirilayotgan zolning yoritilish balandligi h2=16∙10-3 m. Ikkala zol zarrachalarining o’lchami teng.
Takrorlash uchun savollar
1. Sirt-aktiv modda va sirt-aktivlik deganda nima tushuniladi?
2. Sirt-aktivlik tushunchasiga P. A. Rebinder qanday ta’rif bergan?
3. Qanday shart qoniqtirilganida modda sirt–noaktiv holatga aylanadi?
4. Sirt-aktiv moddalarning hossalarida liofil va liofob guruhlar qanday ahmiyatga ega?
5. Sirt-aktiv moddalarning turlarini aytib bering. Ular jumlasiga qaysi moddalar kiradi?
6. Sirt-aktiv moddalar ta’sir etishida muhit rN ining ahamiyati nimadan iborat?
7. Anionaktiv va kationaktiv moddalar xaqida nimalar bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |