Amaliy grafika va badiiy fotografiya


III. BOB. TOMOSHA SAHNA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARIDA DIZAYN



Download 1,95 Mb.
bet11/32
Sana21.07.2022
Hajmi1,95 Mb.
#831974
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Bog'liq
Orginal yozma qism 26.06.2022 F.Yuldoshev (2)

III. BOB. TOMOSHA SAHNA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARIDA DIZAYN
3.1. Madaniy tadbirlarda ishlatiladigan raqamli texnik vositalar
Zamon rivojlanib borar ekan, jamiyatdagi insonlarning ham dunyo qarashlari, istaklari ham zamon talabiga qarab moslashib o’zgarib bormoqda. Qaysi bir sohani olib qarasak unda zamonaviy texnologiyalargta bo’lgan talabni ko’ramiz. Bu esa o’z navbatida har bir sohada yangilikka va innovatsion texnologiyalarga bo’lgan qiziqishni kuchaytiradi. Ayniqsa bu texnologiyalar kompyuter va unga aloqador bo’lgan barcha sohalarda aniq namoyon bo’ladi. Shu nuqtai nazardan olib qarasak, mazkur taqdimotimizning ham bosh mavzusi bo’lgan tomosha sahnalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish bugungi kunda ham yangilik, ham innovatsiya bo’la oladi desak adashmaymiz.
Mavzuni avvalo, madaniy tadbirlar haqida, ularni o’tkazilish tartiblari, janrlari va uslublari haqidagi suhbatdan boshlamoqchimiz. Madaniy tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad - milliy va dunyo madaniyatlarming eng yaxshi namunalarini keng targ’ib qilish va ommalashtirish, o’sib kelayotgan avlodni, zamonaviy yoshlarni ma’naviy tarbiyalash, millatiga, tarixiga, insoniyatga bo’lgan hurmatni uyg’otish va saqlash, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda faol ishtirok etishdir. Zotan, xalqlarning o’ziga xosligi va betakrorligmi saqlash, tarixan shakllangan qadimiy an’analar, san’at va xalq ijodiyoti, yuz yillar davomida tarkib topgan milliy an’ana va urf-odatlarning o’zaro yaqinlashuvi va bir-birini boyitishi uchun, dunyoda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida o’zaro hurmatni qaror toptirish uchun madaniy tadbirlarning ahamiyatini alohida ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.
Madaniy tadbirlarda shaxs o‘z insoniy fazilatlarmi shakllantira boshlaydi, yashirin, betakror, individual xususiyatlari, qobiliyatlarini kashf etadi, ularni o‘stiradi va rivojlantirib boradi, jamiyat, hayot bilan muloqotga kirishadi. Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida bu tadbirlarning o‘ziga xosligi shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o‘ziga singdirib oladi, saqlaydi, doimiy boyitib boradi va ularni kelgusi avlodlarga vetkazib beradi. Mana shunday ulkan ishlarni amalga oshirishda madaniy tadbirlarni tashkil etish va bu orqali yoshlarni tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Undan tashqari, madaniy tadbirlar milliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar asosida vujudga kelgan bo‘lib, har bir odamni mehr-shavqatli, mehr-oqibatli bo‘lishiga da’vat etadi, yer yuzida barqarorlik, birdamlik va ahillik tabiatini uyg‘otadi, xalqlarning madaniyatlarini o‘zaro birlashtiradi, boyitadi, insonlarning millati, tili va dinidan qat’i nazar, xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Bir so‘z bilan shuni aytish mumkinki, shaxsning ma’naviy yuksalishi uning ijtimoiy faolligini oshiradi va jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi.
Tadbirlar turlariga qarab turlicha tashkil etishni taqozo etadi. Masalan, madaniy tadbirlarning eng ko’p tarzda qo’llanilayotgan turlaridan biri davra suhbatini olaylik. Davra suhbatini tashkil etish ijodiy jihatdan katta mehnat talab qilmaydi. Ammo tashkiliy tomondan juda ko’p mehnat qilishga to’g’ri keladi. Yoki madaniy tadbirlarning eng faol turlaridan biri ommaviy bayramlarni oladigan bo’lsak, bu o’ziga xos ijodiy va tashkiliy jarayonlarning uyg’unligini talab etadi. Har qanday holatda ham madaniy tadbirlarning turlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ammo bu ikkala holatda ham asosiy maqsadni tarbiyaga yo’naltirish eng muhim vazifalardan hisoblanadi.
Davlatimiz tomonidan chiqarilayotgan madaniyat, san’at, ta’lim, tarbiya masalalariga oid qaror, farmon va boshqa hujjatlami targ’ib qilish, ularni xalqqa yetkazishda, kishilar ongiga ta’sir qilishda ko’proq madaniy tadbirlarni o’tkazishga ehtiyoj seziladi.
Manbalarda yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, madaniy tadbirlarda asosan og’zaki, ko‘rgazmali, texnik, matbuot hamda san’at vositalari qo‘llaniladi. Darhaqiqat, bu kabi vositalarmng har biri o‘ziga xos usullar, xususiyatlar va shakllarga egadir. Og‘zaki vositalar ma’ruzalar, suhbatlar, turli ma’lumot va axborot xabarlari, savol-javob kechalari tashkil qilib o‘tkaziladi. Ko‘rgazmali vositalarda esa turli mavzulardagi plakatlar, maxsus tayyorlangan ko‘rgazma vositalari, shior va chaqiriqlar, diagramma va ma’lumot ko‘rsatkichlaridan, texnik vositalarda esa ovoz kuchaytirish apparatlari, radio, televideniye, kino, video va audio apparatlari, minidisk, magnitofon va fotoapparatlardan foydalanish mumkin. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, o‘tkaziladigan tadbirlarning usul va shakllari vaqtlar o‘tgan sari zamonaga moslashib yangilanib boraveradi. Bu yangilanish bugungi kunga kelib, zamonaviy innovatsion texnologiyalarga aylandi. Katta raqamli displeydan iborat monitorlar sahna bezaklari ichida eng ommalashgan texnikalardan biri bo’lib turibdi.
Madaniy tadbirlarni tashkil etishda tashkilotchi rahbar xilma-xil usullardan foydalanish bilan bir qatorda, turli xil vositalardan ham foydalanadi. Madaniy tadbirlarni g‘oyaviy emotsional vositalarsiz also tasavvur qilib bo‘lmaydi. Maxsus materiallarsiz uy qurib bo’lmaganidek, vositalarsiz tadbirni tashkil qilib bo’lmaydi. Agar imorat sement, yog’och, mix, oyna va shunga o‘xshash materiallar asosida vujudga kelsa, madaniy tadbirlarni ham o’ziga xos so‘z, san’at va texnik vositalarsiz tashkil qilib bo’lmaydi. Vositalar tadbirning tarkibiy qismi, asosiy komponentlari va mexanizmlari sifatida xizmat qiladi.
Vosita tushunchasi deganda, kishilarning hissiyotiga, psixologiyasiga va ongiga ta’sir etuvchi va bilim olish samaradorligini oshiruvchi g’oyaviy-hissiy usullar, asbob-uskunalarni tushunamiz. Madaniy tadbirlarda quyidagi vositalardan samarali foydalanish katta samara berishi mumkin:
- tadbirga mazmun beruvchi vositalar (badiiy bezak, musiqiy bezak, sahnaviy bezak);
- texnik (multimediya, ovoz kuchaytirgich, DVD, CD, mikrofonlar, nootebook va boshqa) vositalar;
- ko’rgazmali vositalar;
- adabiyot va san’at vositalari;
- matbuot vositalari;
- tanishtiruvchi vositalar (afisha taklifnoma, dasturlar va boshqalar).
Tadbirlarni tashkil etishda bir vaqtning o‘zida bir nechta vositalardan foydalanish ham mumkin. Madaniy tadbirlarni tashkil etishda eng asosiy vositalardan yana biri texnik vositalardan unumli va samarali foydalanishdir. Texnik vositalariga ovoz kuchaytirgichlar, mikrofonlar, miksher pultlari, minidisk yoki kompyuterlar va boshqalar kiradi. Madaniy tadbirlarni sifatli texnik apparaturalarda o’tkazish tinglovchilarga ham ijrochilarga ham katta quvvat beradi. Buning sababi shundaki, toza, ortiqcha shovqinlarsiz kolonkalardan chiqayotgan tovush, ovoz tadbir ishtirokchilariga yoqimli kayfiyatni beradi. Agar karnaylardan chiqayotgan musiqa shovqinli bo’lib, toza chiqmayotgan bo’lsa, u har qanday insonga yomon ta’sir qilishi, asabiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Texnik vositalarga ovoz kuchaytirgich apparaturalaridan tashqari, turli chiroqlar, sahnani harakatga keltirishda ishlatiladigan texnik moslamalar, turli disk, fleshka (planshet, telefon va h.k) larni o’qiydigan qurilma yoki moslamalar, bir so’z bilan aytganda, elektr toki bilan ishlaydigan juda ko’p moslamalar hozirgi kunda deyarli barcha tadbirlarda faol qo’llanib kelmoqda.
Hozirgi kunga kelib jahon madaniyati va san’tida zamonaviy texnologiyalar bilan mujassamlangan zamonaviy yangidan yangi texnik vositalar hayotga to‘xtovsiz kerib kelmoqda. Bugungi kunda katta stadionlar va zamonaviy kontsert zallarida tomosha beruvchi madaniyat xodimlari, professional, havaskor ashullachi xonandalar, hamda sozandalar so‘ngi paytlarda zamonaviy kompyuter texnikasiga moslashtirilgan fonogrammalar bilan bir qatorda, lazer qurilmasi yoritgichlari, rangli projektor chiroqlari texnikalaridan va boshqa bir qancha zamonaviy texnika vositalaridan foydalanayotganlari fikrimiz dalilidir.
Yuqorida aytib o‘tilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda, madaniy xordiq tadbirlarida texnik vositalardan foydalanishda ko‘proq hozirgi zamon madaniyat va san’at maskanlarida o‘tkaziliyotgan madaniy xordiq tadbirlar, konsert shoular, turli xil dam olish o‘yinlari, mavsumiy bayramlar, tomoshalar va uchrashuv kechalarida yangi zamonaviy texnika vositlaridan foydalanishning ilmiy – nazariy, ilmiy – uslubiy masalariga atroflicha qaralishi bor haqiqat bo‘lib qolmoqda. Texnik vositalar hozirgi kunda ijtimoiy-madaniy ishlarni, jumladan ijtimoiy madaniy tadbirlarni texnik vositalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki tadbir maxsus yorug’liklar bilan bezatilmasa, tashkil qilinayotgan tadbir shakli ko‘rimsiz bo‘lib qoladi. Texnik vositalarning yana bir vazifasi sahnaga har xil ranglar berish, proyeksion tasvirlar tushirib, tadbirni go‘zallashtirish va badiiy – g‘oyafiy bezashdan iboratdir.
Ijtimoiy – madaniy tadbirlarda foydalaniladigan texnik vositalar, asosan, ikki guruxha bo’linadi:
1. Nurli - proyeksion apparatlar
2. Ovozli texnik vositalar
Nurli - proyeksion appartlar tomoshabinlarning kayfiyatini ko‘tarishda, ularning diqqatini tadbir voqealarining kerakli tomoniga jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. Proyeksion apparatlar yordamida sahnaning to‘riga, ya’ni ekranga xohlagan kattalikda tasvir tushirish mumkin. Ovozli texnik vositalarga ovozlarni yozadigan va tarqatadigan apparatlar, ya’ni magnitafon, diktafon, radio, audio, video apparaturalar, mikrafon va ovoz kuchaytirgichlar kiradi. Ular kerakli ovozlarni, shovqin-suronlarni, musiqa, ashula va nutqlarni oldindan yozib olib, ularni tadbirda eshittirish uchun yaxshi imkiniyatlar yaratib beradi.
Boshida aytib o’tganimizdek, madaniy tadbirlarda, tomosha sahnalarida turli xil zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi. Raqamli texnologiyalarning jadal suratlarda rivojlanib borishi bilan, sahna bezaklari ham zamonga mos ravishda innovatsion texnikalar bilan jihozlanib bormoqda. Bunga juda ko’plab misollar keltirish mumkin. Bu sohada ishlatiladigan texnikalarga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin : Kompyuter, katta displeyga ega monitorlar, yoritish chiroqlari, ovoz chiqarish apparatlari, rangli chiroqlar, tutun chiqaradigan maxsus moslamalar, rangli qog’ozchlar sepadigan apparatlar, ko’chirib o’tkaziladigan ekranlar va boshqalar kiradi.
Ommaviy tadbirlarning tashkilotchisi yoki havaskor jamoalari badiiy rahbari ijodiy jarayonda an’anaviy ta’sirchan vositalar bilan bir qatorda ovoz texnikalaridan ham foydalanadi. Ovoz texnikasi vositalari deganda apparat vositalari – apparaturalar (magnitofon, kuchli ovoz kuchaytirgich uskunalar va boshqalar) texnologik vositalar, ulardan foydalanish usullari va badiiy vositalar, ya’ni muayyan badiiy usul va xulosalar tushuniladi.
Fonogramma va ovoz texnikasi vositalari apparaturalariniig faolyatini yagona bir ovoz texnikasi bilan ta’minlash majmuasiga birlashtirish mumkin. Madaniyat muassasasida ovoz texnikasi bilan ta’minlashning quyidagi turlarini ko‘rsatish mumkin : ijodiy ta’minlash, texnik ta’minlash, axborot bilan ta’minlash, tashkiliy ta’minlash.

  1. Ijodiy ta’minlash faoliyatning ikki ko‘rinishini o‘z ichiga oladi: tovushning ta’sirchan imkoniyatini o‘rganish va aniq tadbirga tegishli tovush muammolarini hal qilish ishlari;

  2. Texnikaviy ta’minlash quyidagilardan iborat: - tadbir o‘tkaziladigan ochiq joy yoki madaniy - ma’rifiy muassasa oldidagi maydon, ichki zal (foye) ni ovoz bilan ta’minlash majmuasi: fonogrammalarni tayyorlovchi texnologik joylar va ovoz yozib oluvchi studiyalar majmuasi; ovozlarning sifatini maxsus oshiruvchi apparatlar majmuasi bilan ta’minlovchi maxsus apparatura xonasi; - zalning yaxshi me’morchilik akustikasi bilan ta’minlash; o‘tkaziladigan tadbirning ko’rinishiga zal akustikasini moslashtirish.

  3. Axborot bilan ta’minlash ovoz materiallari axborot fondini bir maromdagi ishlashini tashkil qiladi va ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

  4. Tashkiliy ta’minlash tadbirni tayyorlashdagi ovoz texnikasini boshqarishning muayyan tizimini vujudga keltirishni o‘z ichiga olib, texnik xizmatning asosiy tashkiliy tuzilmasi va tayyorlanayotgan tadbirning qabul qilingan tuzilmasiga asoslanadi.

Raqamli texnologiyalarning eng keng tarqalgan turlaridan biri bu zamonaviy interfeyslardir. Zamonaviy interfeyslar deganda nimani tushunamiz – foto va video moslamalaridan iborat zamonaviy texnik vositalarni tushunamiz. Rasm (fotografiya) (yorug‘lik yordamida yozish), ya’ni yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib “yorug‘lik yozaman” so‘zlaridan olingan. Fotografiya ya’ni rasmga olish haqiqatni aks ettiruvchi vosita bo‘lib, hayotda aks etgan voqelikni, haqiqatni, yangilikni fan va texnikaning rivojlanishini xullas insonlarga bor narsani o‘zgartirmay yetkazadi.
Hozirgi kunga kelib rangli stereoskopik (hajmiy) fotografiya, mikrofotografiya (mikroskopli fotoapparat), rentgen fotografiya, elektrik fotografiya va boshqa ko’plab fotografiya turlari qo‘llaniladi.
Madaniy xordiqiy tadbirlarni tasvirga olishda birinchi navbatda foto video kameralari bilan yaxshi tanish bo‘lgan kishi yaxshi mukammal tasvir lavhalarini yarata oladi. Tasvirga olishda mutaxassisning asosiy vazifasi o‘tkaziladigan tadbirning joyi, vaqti, mavzusini aniqlash bo‘ladi. Tasvirchining yuqorida aytilgan fikrlarni inobatga olishi, tasvirning yaxshi chiqishdagi birinchi omili bo‘lib xizmat qiladi. Yuqori malakali tasvirchi maxsuloti yaxshi chiqishi yo’lida tinmay mehnat qilishi va o‘zining ustida ko‘p bor izlanishi kerak.
Raqamli video kameralarda qisqa qilib olingan tasvirlarni montaj qilishda texnik mutaxasislar tomonidan ovozning yozilishiga ham e’tibor qaratiladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda, madaniy tadbirlarda zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish imkoniyatlari hozirgi zamon madaniyat va san’at maskanlarida yangi texnika vositlaridan foydalanishning ilmiy - nazariy, ilmiy - uslubiy masalalariga atroflicha qaraldi. Hozirgi kunda madaniy xordiq tadbirlarda texnik vositalarni ishlatish ishlariga, umuman zamonaviy texnik vositalariga e’tibor katta bo‘lishi bilan bir qatorda ularning yangi kashf etilgan turlariga ehtiyoj katta bo‘lmoqda.
San’atning inson ongi va qalbidan joy olishida, singishida madaniy hayotga kirib kelayotgan yangi zamonaviy texnik vositalari alohida ahamiyatga ega. Yuqorida ta’kidlanganidek, birorta san’at sohasi yo‘qki, uning bugungi kundagi holati, faoliyati va yutug‘i fan-texnika vositalarisiz bo‘lishini ta’savvur qilish qiyin.
Zamonaviy texnik vositalardan foydalanish xizmati orqali yuqori darajada madaniy dam olishni tashkil etish, boshqarish bilan bir qatorda ta’limning barcha yo‘nalishlarida o‘sib kelayotgan barkamol yosh avlodni zamonaviy texnika vositalar, yangi axborot texnologiyalari yordamida g’oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va estetik tarbiyalashning muhim omillari sifatida katta ahamiyatga egadir.


Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish