Amaliy grafika va badiiy fotografiya


Ilmiy ishimizning eng asosiy yangiligi



Download 1,95 Mb.
bet13/32
Sana21.07.2022
Hajmi1,95 Mb.
#831974
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
Orginal yozma qism 26.06.2022 F.Yuldoshev (2)

Ilmiy ishimizning eng asosiy yangiligi – Tomosha sahnamizning to’liq qora fondagi maket shaklida bo’lishidir. Ya’ni yaratilayotgan sahnamiz to’liq ekranlardan iborat bo’ladi. Tomosha yoki tadbir, konsert paytida mavzu va ssenariyga mos ravishda turli xil ranglarda tovlanib har xil tuslanadi. Turli xil dizayn ko’rinishlarga kiradi. Lazer nurlari orqali effektlar berila boradi. Hozirgi sahnalada esa maket bo’yaladi va uni uzgartirib bo’lmaydi. Bir xil bo’lib turaveradi. Dizayn elementlari “reklama plakatida” ham ishlatiladi, bu umumiy kompazitsiyani shakllantiradi.

Asosiy manbaa bo’lib xizmat qiluvchi yoritish moslamalari maxsus yoritgichlar bo‘lib, ular maxsus trubalarga osib qo‘yiladi. Sahnaning asosiy yoritgichlari bu sahnadagi lazer nurlardir. Shuning uchun ular maxsus yoritgichlar deb ataladi. Maxsus trubalar tizimiga qarab, metall ustun bo‘lib, ayrim sahnalarda ular 3 – 4 metrli trubalardan iborat bo‘ladi. Ba’zi hollarda maxsus trubalar sahnaning shiftiga bir metr masofa orasida mahkamlanadi. Maxsus trubalar orasidagi o‘zaro masofa 2 – 3 metr bo‘lib, ularning soni sahna hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, ularning soni madaniy – ma’rifiy muassasa sahnasiga 4 tadan oshmaydi. Har maxsus trubaga tomoshabin o‘tirgan zal tomondan maxsus moslama mahkamlanib, maxsus yoritgichlarni tomoshabinlardan berkitib turadi.


Zamonaviy raqamli texnologiyalar turkumiga kiruvchi kompyuterlar barcha sohalar kabi tomosha sahnalarida ish jarayoni ni boshqarish uchun ham, qandaydir bir konsert yoki tadbirni o’tkazish uchun ham asosiy foydalaniladigan texnologiya bo’lib xizmat qilmoqda. Barchaharakatlar, ovoz yozish, chiroqlarni boshqarish, boshqa qo’shimcha detallarni joylashtirish ularni nazorat qilish, video yozib olish uskunalari, bezak ishlari ham kompyuter prqali amalga oshiriladi. Bunday raqamli texnologiyalarga qisqacha misol keltirib izoh berib o’tamiz.
Raqamli fotovideokameralar - bunday fotokameraning oddiy fotokameradan farqi shundaki, tasvir kimyoviy usul bilan foto-plyonkada akslanmaydi, balki PZS matritsasida akslanadi va fotokamera xotirasining mikrosxemasiga yozilib qoladi. So‘ngra mikrosxemadagi tasvirni kompyuterga kabel vositasida kiritish mumkin bo‘ladi. Ba’zibir raqamli fotokameralar tasvirni egiluvchan diskka fayl sifatida yozish imkoniyatiga ega. Keyinchalik fayldagi tasvirni kompyuterga kiritish hech gap emas! Oddiy raqamli fotokameralar 320x200 pikselli tasvirlarni tayyorlay oladi. 640x480 pikselli tasvirlar xuddi oddiy fotoapparatda olingan tasvirga o‘xshaydi, ammo 1200x800 pikselli tasvirlar esa juda yuqori sifatli raqamli fotokameralarda amalga oshiriladi. Bunday raqamli fotokameralar kompyuterning parallel va ketma-ket tashkil qilingan portiga ulanadi va hechqanday maxsus kengaytirish kartasi ham kerak emas. Bunday raqamli texnologiyalar tomosh sahnasning asosiy ish quroliga aylanib ulgurgan.
Shu o’rinda lirik chekinish qilib bir ma’lumotni aytib o’tmoqchimiz. Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldida o‘ta muhim va dolzarb vazifalar qo‘yilgan. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar to‘g‘risida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov shunday fikr bildirgan edi : “Eng asosiy vazifa “Raqamli O‘zbekiston –2030” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo‘lib, u o‘z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgan. Bunday yirik loyihani amalga oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining to‘liq hamda kompleks o‘zgarishiga, raqobatdoshlikni oshiradi.
Muhim vazifalardan yana biri davlatimiz rahbarining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlashdir. Qarorga asosan tasdiqlangan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturida ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, kommunal sohalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilgan holda poytaxtimizning qiyofasini to‘liq ijobiy o‘zgartirish ko‘zda tutilgan”
Shu fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, raqamli texnologiyalar endi har bir sohada o’z o’rnini topib kirib boradi. Ya’ni, har bir rivojlanib borayotgan mutaxasislik yoki biror bir soha zamonaviy texnologiyalar bilan hamohang ravishda ildam odimlab boradi.
Shu maqsadda yurtimiz bo‘ylab aholi va yoshlar uchun raqamli texnologiya o‘quv markazlari tashkil qilingan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazini ochish rejalashtirilmoqda. Bu dargohlarda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yiladi.
Muhim yangiliklardan yana biri, endi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi IT-parkning tumanlardagi filiallari tomonidan har bir tuman va shaharda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Mamlakatimizdagi 200 dan ortiq shahar va tumanda bittadan maktab tanlab olinib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ixtisoslashtiriladi.
Ushbu maktablar tuman va shaharlardagi boshqa maktablar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tayanch baza vazifasini o‘taydi. Informatika o‘qituvchilarining malakasini oshirish, hamkorlikda yangi loyihalar ustida ish borishni yo‘lga qo‘yadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bu kabi yirik loyihalarga start berilgani raqamli texnologiyalarning hayotimizdagi o‘rni va rolini oshiradi.
Tizim muntazam rivojlanyapti, keng ko‘lamli va kompleks loyihalar amaliyotga joriy etilmoqda. Shu bilan birga, hali oldimizda bajaralishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar turibdi.
Raqamli texnologiya - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Raqamli texnologiya - bu o‘ziga xos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish obyekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Hozirgi davrda raqamli texnologiyalar nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki inson sivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yil avvalgina boshlangan. Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko‘p qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo‘lgan bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‘lgan jamiyatga aytiladi. Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining bu bosqichiga jamiyat hayotida axborot, bilim va axborot texnologiyalari ahamiyatining yanada oshishi xosdir.
Zero, O‘zbekistonning taraqqiyoti raqamli texnologiyalarning barcha soha va tarmoqlarga joriy etilishi va qo‘llanishiga uzviy bog‘liqdir.
Bugungi kun talablari va zamonaviy sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda “3D texnologiyalar” ko‘pgina sohalar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ushbu sohalardagi jarayonlarning kechishini bevosita uch o‘lchovli modellarini qurish va ularni animatsiya ko‘rinishida kuzatuvchilarga taqdim etishlar sababli unga bo‘lgan talab tobora o‘shib borayotganligini kuzatish mumkin. Mazkur tayyorlangan amaliy ishimizda ham bu sohaga taaluqli modellarni ko’rishimiz mumkin.
Zamonaviy sahna dizayni sohasi tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyalarga asoslangan muhit tashlkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit sahna dizayni sohasi tizimini takomillashtirishga, bu soha jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi. Sahna dizaynini tayyorlash jarayonida multimedia texnologiyalari va kompyuter grafikasidan foydalanish ushbu jarayonini interfaol shaklda olib borishga imkon beradi. “3D texnolgiyalar” hozirgi kunda eng rivojlanayotgan va yosh sohalardan biri bo’lib, kundalik hayotimizda zamonaviy, dizaynga ega loyihalar yaratishda eng qulay texnologiyalardan hisoblanadi.
Tomosha sahnalarida raqamli texnologiyalarning afzalligi anchagina ijobiy samara beradi. Qulayliklarga ega, barcha sharoitlar bilan jihozlangan sahnalar tomosha uchun juda ham samarali ta’sir ko’rsatadi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimzdek, texnologiyalar barcha sohalarda qo’llanilgani kabi sahna bezagi dizaynida ham anchagina rivojlanib kelmoqda. Raqamli texnologiyalarning keng miqyosda bu soha ichida qo’llanilishi, o’tkazilayotgan konsert yoki tomosha, tadbirning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi. Bu esa mazkur tadbirning tomoshabinga samarali va sifatli yetib borishini ta’minlaydi. Texnikalar qanchalik so’ngi rusumda bo’lsa va sahna qanchalik ijod bilan sifatli qilib dizayn qilinsa, qo’yilayotgan tomosha ham shunchalik kuzatuvchilarga yetib boradi.
Tomosha sahnalari dizayni uchun eng maqbul yechim bu albatta raqamli texnologiyalardan foydalanish va shu qo’llanilish uslublarini yaxshi bilib olishdir. Texnikalarning rivojlanib, zamonaviylashib borishi hisobiga barcha sohlarda bo’lgani kabi, teatr sahnalari, tomosha tadbirlar uchun mo’ljallangan sahnalar, ochiq kort, yopiq mavzelar sahnalari uchun ishlatiladigan texnikalar paydo bo’ldi Shu kabi raqamli texnologiyalardan misol tariqasida yuqorida bayon qilib o’tdik. Ulardan foydalanish uslublari, ularning turlari qo’llanilish joylari xusussida batafsil to’xtalib o’tdik. Bu boradagi bilimlarimizni ham mustahkamlab oldik degan umiddamiz.
Mazkur amaliy ishimizning asosiy qismi maket ko’rinishashida bo’ladi va uning rangi qora tusda o’yaladi. Ya’ni bu qora qismlari LED ekranlardir. Ulat lazer chiroqlar orqali yoritiladi. Mazku maket 3D printerda ishlanib lazer kesish apparatlari yordamida tayyorlanadi.
Xulosa qilib aytganda, kishilar ongi va qalbi uchun kurash kechayotgan bugungi kunda mamlakatimizda «milliy model» asosida ish olib borish dolzarb masalalardan biriga aylangan. Bu esa targ‘ibot-tashviqot ishlariga yangicha texnologiyalar, yondashuvlar, uslub va vositalarni jalb etishni talab qiladi. Joylarda tashkil etilayotgan ko’pgina madaniy tadbirlarning saviyasini yuqori darajada deb bo’lmaydi. Oddiy konsert dasturi, kuy yoki qo’shiqning o‘zi insonlarga kerakli tarbiyaviy effektni bermasligi mumkin. Har qanday dasturni, har bir chiqishni ma’lum g’oyani ilgari surgan holda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun bizga zamonaviy texnologiyalar yordam beradi. Texnikalarning jadal suratlarda rivojlanishi bilan tomosha sahnalarida ham qator yangi raqamli texnologiyalar kirib keldi va ijtimoiy hayotga tadbiq etila boshladi. Zero, texnika-texnologiya rivojlangan har bir mintaqada taraqqiyot ham yuksala boradi.

XULOSA
Axborot tizimlari hayotning barcha sohalariga kirdi. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi. Ilm-fan va sanoatning barcha sohalarida erishilgan yutuqlar hayratlanarli juda tez sur’atlarda davom etmoqda. Raqamli texnologiyalar imkon qadar qisqa vaqt ichida turli vazifalarni bajarishga imkon beradi.
Mamlakatimiz tez sur’atlar bilan taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida iqtisodiy-sivosiy mavqei kundan-kunga ortib bormoqda Ta’lim-tarbiya sohasini texnologiyalashtirish jarayoni ham bu sohada samarali natijalarni bermoqda. Ta’lim sohasiga yangi texnologiyalar, innovatsiyalar kirib kelishi darslarni zamonaviy ruhda, ya’ni yangi usul va yangi texnikalar orqali tashkil qilish imkoniyatini yaratib bermoqda.
Barcha sohalar kabi tomosha sahnalarida raqamli texnologiyalarni qo’llash, yangicha ruhda tadbir tashkil imkoniyatini bermoqda. Sahna dizaynlarida ishlatilayotgan turli xil texnikalar jahon miqyosida ham o’z o’rniga ega. Yuqorida sanab, ta’rifini keltirib o’tgan texnologiyalarimiz tomosha sahnalari uchun eng qulay texnikalar bo’lib xizmat qiladi. Bizdan faqatgina bir talab bor, u ham bo’lsa mazkur texnologiyalarni o’z o’rnida to’g’ri qo’llashdir.
Ommaviy tadbirlar, tomoshalar, bayramlar hammasining asil maqsadi xalq hayotini ochib berish, ommaning istaklarini bajarish va shu mamlakat ravnaqi uchun astoyidil harakat bo’lishga targ’ib qilish bo’lgan. Zero yuksalayotgan mamlakat doimo yangilikka intilib yashaydi. Bu yangilikni esa xalq oldiga olib chiqishda ommaviy tadbirlarning roli kattadir.
Dunyo hamjamiyatida kishilar ongi doimo yangilikka intilib yashamoqda. Bu esa ularning innovatsion texnologiyalarga bo’lgan talabini yanada oshiradi. Raqamli texnologiyalarning kishilar hayotiga kirib borishiga ham, insonlarda unga bo’lgan ehtiyojning kuchliligiga ham bog’liqdir. Zero, shunday ekan mamlakatda taraqqiyot ildam qadamlar ila odimlab boraveradi.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish