9.1-jadval
Kassadagi pul mablag`lari hisobiga oid muomalalarni audit obyektlari
Ko`rsatkichlar nomi
Schyotla
r raqami
Moliyaviy hisobot
shakllaridagi
ko`rsatkichlar
1-shakl
4-shakl
Satr
raqami
Satr
raqami
1
2
3
4
Kassadagi pul mablag`lari
5000
330
010-240
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag`lari
5100
340
010-240
Chet el valutasidagi pul mablag`lari
5200
350
250-280
Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag`lari
5500
360
Pul ekvivalentlari
5600
360
Yo`ldagi pul mabalag` (o`tkazma) lari
5700
360
Xulosa qilib aytganda, auditor (auditorlar guruhi) kassadagi pul mablag`lari va
kassa muomalalarini hujjatli tekshirishni boshlashdan oldin, odatda, kassadagi naqd
pullar, qimmatli qog`ozlar va qat'iy hisobot blanklarini inventarizatsiyadan
o`tkazishlari shart. Bunda pul mablag`larini hisobga olishga doir respublikamizdagi
qonunlar va me'yoriy hujjatlarga asoslanish zarur.
9.2. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi
381
Kassa muomalalari odatda, kassir, bosh buxgalter yoki unga vakolatli shaxs
ishtirokida kassadagi pul mablag`larini inventarizatsiya qilishdan boshlanadi.
Korxonada bir nechta kassa mavjud bo`lgan hollarda pul qoldig`ining kamomadi
bo`lgan taqdirda, uni boshqa kassa hisobidan qoplanishi, kassa daftaridagi qoldiqni
o`zgartirish mumkinligini oldini olish maqsadida auditor boshqa kassa eshiklarini
muhrlab qo`yadi.
Auditor kassirdan inventarizatsiya o`tkazish vaqtigacha bo`lgan kassa
muomalalari bo`yicha kassa hisobotini talab qiladi. Shuningdek, barcha kirim va
chiqim hujjatlari uning tomonidan hisobotga kiritilganligi va inventarizatsiya vaqtiga
kelib kassaga kirim qilinmagan va hisobdan chiqarilmagan pul mablag`lari yo`qligi
to`g`risida tilxat berishi lozim.
Shundan keyin kassir, pul kupuralarini guruhlashtirishni boshlaydi hamda
auditor va bosh buxgalter ishtirokida ularni to`la hisob-kitobini o`tkazadi, bank
muassasasidan olingan muhrlangan pul mablag`lari ham sanovdan o`tkazilishi kerak.
Auditor shunga ahamiyat berishi kerakki, kassa chiqim orderida yoki uning
o`rnini bosadigan boshqa hujjatda pul oluvchining tilxati bilan tasdiqlanmagan kassa
pullarini berish, kassadagi naqd pul qoldig`ini qoplashga qabul qilinmaydi. Kassa
kirim orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar ortiqcha pul sifatida kirim qilinadi.
Xojalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalteri imzosi bilan tasdiqlanmagan
kassa chiqim hujjatlari, kassadan vaqtinchalik pul olinganligini bildiruvchi tilxat va
shunga o`xshash boshqa hujjatlar inobatga olinmaydi va kamomad deb hisoblanadi.
Auditor to`g`ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini kassirga hisobot tuzish va
unda tekshiruv paytida bo`lgan qoldiqni ko`rsatish uchun beradi. Tekshiruv paytida
kassada ish haqi to`liq tarqatilib ulgurmagan vedomostlar bor bo`lsa, auditor bosh
buxgalter va kassirga vedomostlarni belgilangan tartibda hisobotga qo`shishni taklif
etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to`g`ri kelib, ko`p
xodimlarga ish haqi tarqatilmagan vedomostlar bo`lsa, bunday vedomostlar kassir
hisobotiga qo`shilmasdan, dalolatnomada kassa hisobotiga kiritilmagan, qisman
to`langan chiqim hujjatlari (to`lov vedomostlari) sifatida yozib qo`yilishi mumkin. Bu
holda har bir to`lov vedomostida qaysi tartib raqami bo`yicha ish haqi berilganligi va
uning jami summasi ko`rsatiladi. Ushbu yozuv kassir, bosh buxgalter va auditor
imzolari bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qog`ozlar
(aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqalar), qatiy hisobot blankalari,
382
sanatoriya va dam olish uylari yo`llanmalari, aviachiptalar va boshqa qimmatli
qog`ozlar ham tekshirilib, ularning mavjudligi dalolatnomada ko`rsatiladi.
Auditor kassadagi pul mablag`larini tekshirish bilan birga ayni paytda seyflar
(yonmaydigan shkaflar), kassaning jihozlanishi, ish kunining oxirida kassa eshiklariga
seyflar (shkaflar) muhrlanishi, signalizatsiya o`rnatilganligi va uning ishlashi, kassani
qo`riqlishning tashkil etilishi, kassir «olindi», «to`landi» degan shtamplar bilan
ta'minlanganligi ham tekshiriladi.
Auditor bankdagi hisob-kitob schyotidan olingan pullarni to`liq va o`z vaqtida
kirim qilinganligini tekshirishda muomalalarni o`zaro taqqoslash usulini qo`llaydi.
Bunda, I-sonli jurnal orderining vedomost tomonida 5010 - «Milliy valutadagi pul
mablag`lari» schyotining debeti bo`yicha aks ettirilgan summalarni 22-sonli jurnal
orderda aks ettirilgan 5110
-
«Hisob-kitob schyoti» ning kredit oborotlari bilan
solishtiriladi ular bir-biriga to`g`ri kelishi shart. To`g`ri kelmaslik hollari uchraganda
summalar kassa kirim orderlari, bank ko`chirmalari, kassir hisobotlari, cheklar
koreshoklari bilan solishtiriladi, zarur hollarda esa bevosita bank muassasasida
tekshiriladi.
Agar bank ko`chirmalarida o`chirilgan, to`g`rilangan, shuningdek qoldiqlar
to`g`ri kelmasa, bankdagi hisob-kitob schyotidan ishonchli ko`chirmani olish zarur.
Kassa muomalalarini tekshirishda kassa hisobotiga ilova qilingan hujjatlarning
quyidagi shakllaridan foydalaniladi: KO-3 yoki KO-3a shakl. «Kirim va chiqim kassa
hujjatlarini ro`yxatga olish jurnali», ordersiz rasmiylashtiriladigan pul kirimi hujjatlari,
KO-4 shakl «Kassa daftari», KO-5 shakl «Kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan
pullarni hisobga olish daftari», 5010
-
«Milliy valutadagi pul mablag`lari», 5020 -
«Xorijiy valutadagi pul mablag`lari», 5520 - «Chek daftarchalari», 5610-«Pul
ekvivalentlari», 5710-«Yo`ldagi pul mablag`lari» va 58I0-«qimmatli qog`ozlar»
schyotlari yuritiladigan hisob registrlari (Jurnal-orderlar, vedomostlar, daftarlar, Bosh
daftar, tegishli sanaga tuzilgan balanslar va boshqalar).
Bunda kassa hujjatlarini rasmiylashtirishga ham e'tibor berish zarur, xususan
har bir hujjatda oluvchilar imzosi borligi; kirim hujjatlariga «olindi» degan, chiqim
hujjatlariga esa «to`landi» degan shtamplar bosilganligi hamda ularning sanasi
ko`rsatilganligi, shuningdek ularda o`chirilgan va tuzatilgan izlar yo`qligi aniqlanishi
lozim.
«Kassa operatsiyalarini tekshirayotganda auditor kassa operatsiyalari tartibiga
383
qanday rioya qilinayotganini, kassa intizomini, naqd pul bilan amalga oshirilgan
operatsiyalar qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashi lozim.
Naqd pullarni olish va berishda amalga oshirilgan operatsiyalar bilan bog`liq
bo`lgan hujjatlar to`g`ri rasmiylashtirilganligini tekshirish, barcha kirim va chiqim
kassa orderlari, to`lov qaydnomalari va boshqa hujjatlar aniq, o`chirilmasdan va
to`g`rilanmasdan to`ldirilganligi, barcha orderlar va ularning ilovalari operatsiya sodir
etilgan sana va kassirning imzosi qayd etilgan holda, «olingan» yoki «to`langan»
degan tamg`alar bilan tasdiqlanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Chiqim
orderlarida (qaydnomalarida) «to`langan» degan tamg`a bosilmaganligi ayrim
holatlarda ulardan qayta foydalanishga olib keladi»
1
.
Amaliyotda kassa muomalalariga doir suiste'mol qilishlar asosan ish haqi va
hisobdor summalar bo`yicha ko`p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o`lik jonlar» ni
kiritish, berilishi lozim bo`lgan jami summani oshirib ko`rsatish, kassa hisobotiga
qayta qo`shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kassa hisobotlaridan chiqarib
olib, sanasini o`zgartirish va tuzilayotgan kassa hisobotiga kiritib, undagi summani
ikkinchi marta hisobdan chiqarish hollari ham uchraydi.
Auditor bulardan tashqari kassa muomalalarini tekshirish jarayonida
quyidagilarga ham alohida e'tibor berishi lozim:
-
kassani har oyda to`satdan tekshirilishi;
-
kassirning kassa hisobotlarini o`z vaqtida buxgalteriyaga topshirishi;
-
kassa hisobotlarida va kassa daftarida hisobotlarni hamda unga ilova qilingan
hujjatlarni tekshirishga qabul qilinganligi to`g`risida bosh buxgalter yoki bosh
buxgalter o`rinbosarining imzosi borligi;
-
mehnatga haq to`lash, xizmat safari, xojalik sarflari va boshqa maqsadlar
uchun bankdan olingan naqd pullarning maqsadga muvofiq ishlatilishi;
-
kassadagi naqd pul qoldiqlarining korxona uchun bank tomonidan
belgilangan limitga to`g`ri kelishi;
-
deponent qilingan mehnat haqi summalari va realizatsiyadan tushgan naqd
pul mablag`larining bankka o`z vaqtida topshirilishi;
1
Audit. O’quv qo’llanma. 1,2-tom. M.M. Tulaxodjaeva va F.G. G’ulomovalarning tahriri ostida.-T.: 2004., 53 b.
384
-
kassadan naqd pullarni begona shaxslarga berish hollari va shunga
o`xshashlar;
-
naqd pul olish uchun to`ldirilmagan cheklarga rahbar va bosh buxgalter
tomonidan imzo qo`yilishi va cheklarni kassirga bankdan pul olish mobaynida
mustaqil to`ldirish uchun berish hollari;
-
naqd pul olish uchun chek daftarchasi bosh buxgalter seyfida saqlanishi
holati;
-
korxonada «Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish daftari» (KO-Z shakl)
va «Kassa daftari» (KO-4 shakl) ning mavjudligi, daftarlarning barcha varaqlari
raqamlanib, oxirgi betida varaqlar soni ko`rsatilganligi, ip o`tkazib bog`langanligi
hamda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanib, muhrlanganligi;
-
kassa chiqim orderlari, to`lov vedomostlari va boshqa chiqim pul hujjatlarida
tegishli mansabdor shaxslar va pul oluvchilar imzolarining mavjudligi va ularning
haqiqiyligi;
-
kassa hujjatlariga maxsus «so`ndirilgan» (pogasheno) shtamp bosilishi;
-
pul mablag`lari, xarajatlar va boshqa balans schyotlariga olib borilib hisobot
takdim etilmaydigan muomalalarning qonuniyligi;
-
kassa muomalalariga oid schyotlar bog`lanishlari (korrespondentsiyalari) ning
to`g`riligi;
-
to`lanmagan summalarning o`z vaqtida deponentga o`tkazilishi va h.k.
Auditor yuqoridagi faktlarga rioya qilinmaganligi to`g`risida buzilish hollari
mavjud bo`lganda bu muomalalarning sababini, ular kimnning farmoyishi bilan
amalga oshirilganligi va buning orqasida suiiste'mol, tovlamachilik holatlari
berkitilmaganligini ham aniqlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |