Amaliy audit


 Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
9.4. Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlar nafaqat milliy 
valutadan, balki O`zbekiston qonunchiligiga muvofiq, chet el valutasidagi pul 
mablag`laridan ham foydalanishlari mumkin. 
Xojalik subyektlari O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining 
qarori
2
bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank 
schyotlari to`g`risida» yo`riqnoma ga muvofiq xorijiy valutada talab qilib olinguncha 
depozit schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg`arma, muddatli va 
boshqa depozit schyotlarning xorijiy va milliy valutadagi turlarini ochishi mumkin. 
Mijozlar tomonidan xorijiy valutada talab qilib olinguncha depozit schyotlarini 
hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg`arma, muddatli va depozit 
schyotlarning xorijiy va boshqa milliy valutadagi turlarini ochish uchun bankka 
quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: 
1) tadbirkorlik subyektlari tomonidan: 
a) schyot ochish to`g`risida ariza; 
1
Tulaxodjaeva M.M. va boshqalar. Audit. O’quv qo’llanma.-T.: 2004., 66-67 b. 
2
2001 -yil 6 -oktabrdagi 5/4-son (1-son) qarori. 


388 
b) davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi; 
v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha.
2) tadbirkorlik subyekti bo`lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan budjet 
tashkilotlari tomonidan: 
a) schyot ochish to`g`risida ariza; 
b) soliq organlari tomonidan soliq to`lovchining identifikatsiya raqami 
berilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha. 
3) norezidentlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan: 
a) schyot ochish to`g`risida ariza; 
b) agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, soliq 
organlari tomonidan soliq to`lovchining identifikatsiya raqami berilganligi 
to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi; 
v) imzo namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha; 
4) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan: 
a) schyot ochish to`g`risida ariza; 
b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) 
taqdim qilinadi. 
Hujjatdagi ma'lumotlar schyot ochish to`g`risidagi arizaga yoziladi. 
Mazkur bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan schyot mavjud bo`lsa, faqat 
schyot ochish to`g`risida (belgilangan shaklda) ariza taqdim qilinadi. 
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar to`lovi uchun quyidagi xorijiy valutalar 
qabul qilinishi mumkin: 
- AQSh dollari; 
- Ingliz funt sterlingi; 
- YEVRO; 
- Shveytsariya franki; 


389 
- Yapon ienasi. 
«Xojalik yurituvchi subyektlar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda 
mahsulotni (ish va xizmatlar) xorijga sotishdan tushumni xorijiy valutada oladilar. 
Chet eldan mahsulotni sotib olish ham xorijiy valutada amalga oshiriladi. Ushbu 
operatsiyalarni amalga oshirish uchun ular O`zbekiston va chet el banklarida valuta 
schyotlarini ochadilar. Xorijiy valuta bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni aks etish 
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo`mitasi va Markaziy bank 
qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2001- yil 16 -noyabrda 1085-
son bilan ro`yxatga olingan «Chet el valutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, 
statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to`g`risida Nizom» bilan tartibga 
solinadi. 
Valuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobi chet el valutasining har bir turi 
(AQSh dollari, funt sterling, nemis markasi va boshqalar) bo`yicha alohida olib 
boriladi va xojalik operatsiyalari amalga oshirilgan sanasidagi O`zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki belgilagan kurs bo`yicha «Mamlakat ichidagi valuta 
schyotlari» va «Chet eldagi valuta schyotlari» schyotlarida so`m ekvivalentida aks 
ettiriladi»
1

Bankdagi valuta schyotlari bo`yicha muomalalarni tekshirish mobaynida 
auditor quyidagilarga alohida e'tibor qaratishi lozim (9.2-jadval). 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish