Amaliy audit


 Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
9.3. Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi 
Yuridik va jismoniy shaxslar o`zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini 
ko`rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha 
banklarda milliy va xorijiy valutadagi talab qilib olinguncha depozit schyotlar hamda 
depozit schyotlarning boshqa turlarini ochish huquqiga egalar. 


385 
Banklarda schyotni ochish O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 
boshqaruvining 2001 

yil 6 -oktyabrdagi 25G`4-son (1-son) qarori bilan tasdiqlangan 
«O`zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank schyotlari to`g`risida 
yo`riqnomaga (O`zR AV 29.09.2003 y. 1080-1-son bilan ro`yxatga olingan O`zR MB 
Boshqaruvi qaroriga muvofiq o`zgartirishlar kiritilgan) asosan amalga oshiriladi. 
Ushbu yo`riqnomaga muvofiq, bank (schyoti) schyoti deganda, bank schyoti 
shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (schyot egasi) schyotiga kelib tushgan pul 
mablag`larini qabul qilish va kiritib qo`yish, mijozning schyotidagi tegishli 
mablag`larni o`tkazish va berish hamda schyot bo`yicha boshqa operatsiyalarni 
amalga oshirish to`g`risidagi farmoyishlarni bajarish vazifasini o`z zimmasiga olishi 
natijasida bank bilan mijoz o`rtasida vujudga keladigan munosabatlar tushuniladi.
Bank schyotlari quyidagi turlarga bo`linadi: 
a) talab qilib olinguncha (asosiy va ikkilamchi) depozit schyotlar; 
b) jamg`arma depozit schyotlar; 
v) muddatli depozit schyotlar; 
g) depozit schyotlarning boshqa turlari (akkreditivlar bo`yicha muddatsiz 
foizsiz depozitlar va shu kabilar); 
d) ssuda schyotlari. 
Mijoz tomonidan har qanday schyot ochilayotganda bank schyotiga xizmat 
ko`rsatish shartnomasi tuziladi. Bank schyoti shartnomasi bo`yicha yuzaga keladigan 
munosabatlar Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga 
solinadi. Xojalik yurituvchi subyektning birinchi marta milliy valutada ochgan talab 
qilib olinguncha depozit schyoti uning asosiy schyoti hisoblanadi. Mijozlar 
qonunchilik asosida bir yoki bir necha banklarda ikkilamchi talab qilib olinguncha 
depozit schyotlari ochishlari mumkin. 
Mijozlar tomonidan schyotlar ochish uchun bankka ushbu Yo`riqnomada 
ko`zda tutilgan zaruriy hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab, banklar ikki bank 
ish kuni mobaynida ularga schyotlar ochishi shart (O`zR AV 29.09.2003 y. 1080-1-son 
bilan ro`yxatga olingan O`zR MB Boshqaruvi qarori tahriridagi xat boshi). 
«Auditor bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditini bankdagi milliy va 
chet el valutasidagi pul mablag`lari to`g`risidagi ma'lumotlarni hamda ularga ilova 


386 
qilingan soliq hisobotini tekshirishdan boshlaydi. Bunda dastavval bankda ochilgan 
schyotlar soni va raqami hamda qaysi bankda ochilganligi aniqlanadi. Bu ma'lumotlar 
auditorga barcha schyotlar bo`yicha bank ko`chirmalarini va har bir schyot bo`yicha 
hisob registrlarini tekshirish uchun kerak bo`ladi. 
So`ngra auditor korxona va bank o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning yuridik 
asoslarini aniqlaydi, bank xizmati ko`rsatish to`g`risidagi shartnomaning O`zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi normalariga muvofiqligini tekshiradi. 
Bankdagi schyotlar bo`yicha pul mablag`lari kirimi va chiqimiga doir 
muomalalar bankda tegishli dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu 
dastlabki hujjatlarning shakllari va to`ldirish tartibi O`zbekiston Respublikasi 
Markaziy Banki yo`riqnomalarida belgilangan. Bunday hujjatlarga quyidagilar kiradi: 

bank ko`chirmalari (bank tomonidan tasdiqlanib ilova qilingan hisob-kitob 
to`lov hujjatlarining shakllari bilan);

to`lov topshiriqnomasi; 

to`lov talabnomasi; 

to`lov orderi; 

inkassa topshiriqnomasi (farmoyishi); 

hisob-kitob schyotiga naqd pul topshirish uchun ariza; 

valutani majburiy sotish uchun topshiriqnoma; 

valuta sotib olish uchun topshiriqnoma; 

rezidentning sotib olingan valutani so`mga aylantirish to`g`risidagi farmoyishi 
va boshqalar;

bank hisob-kitob hujjatlariga ilova qilinadigan va amalga oshirilgan 
muomalalarning qonuniyligini asoslovchi dastlabki hujjatlar»
1

Yuqoridagilarga asoslanib, auditor hujjatlarning to`g`ri rasmiylashtirilishini 
tekshiradi, hujjatlarni arifmetik tekshiruv va bankdagi schyotlar bo`yicha amalga 
oshirilgan muomalalarning qonuniyligini tekshiruvdan o`tkazadi. 
«Bank operatsiyalarini tekshirishda auditor banklarda hisob-kitob va boshqa 
1
Do’smuratov R. Audit asoslari. Darslik.-T.: 2003., 207- b. 


387 
schyotlar mavjudligi va bank operatsiyalarini amalga oshirishda amaldagi 
qonunchilikka rioya qilinishini tekshiradi. Tekshiruv korxona tomonidan banklarda 
ochilgan barcha schyotlar bo`yicha amalga oshiriladi. Tegishli schyotlar bo`yicha 
ko`chirmalarda qayd etilgan mablag`lar qoldig`i hisobda mavjud bo`lgan mablag`lar 
qoldig`i bilan solishtiriladi. Ko`chirmalarni rasmiylashtirilishida suiste'molchiliklarni 
yashirish maqsadida schyotning debeti va krediti bo`yicha oborot atayin bir xil 
summaga kamaytirilishi mumkin. Shuning uchun, auditor bank ko`chirmalariga 
muvofiq schyotning debeti va krediti bo`yicha oborot hisob registrlaridagi 
ko`rsatkichlar bilan muvofiqligini tekshirishi lozim»
1

Hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni tekshirish mobaynida aniqlangan 
kamchiliklarni auditor ish hujjatlarida qayd qilib boradi va auditorlik tekshiruvining 
mazkur bo`limi bo`yicha tuziladigan oraliq dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi hamda 
auditorlik hisobotida aks ettiradi. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish