605
3.
Nazorat-maslahat tizimlarining strategiyasi.
4.
Qaysi organizatsion savollar klient bilan avvalgi tekshiruvdan so’ng kelishiladi?
5.
Audit avtomatizatsiyasi davomida auditorning Haq-huquq va majburiyatlari. Ular qaysi normativ
dokumentlar bilan aniqlangan?
6.
Qaysi dokumentda mijozning huquq va majburiyatlari aniqlangan?
7.
Audit mijozining majburiyati?
8.
Auditor yoki auditorlik kompaniyaga taalluqli javobgarliklar?
9.
Audit o’tkazilishining metodlari va uslubini kim aniqlaydi?
10.
Boshqa auditor yoki ekspertlarning ishlaridan foydalanish mumkinmi, auditorning ular bilan
aloqasi qanday bo’lishi lozim?
11.
Auditor tekshiruv olib borayotgan subyekt xaqida ma’lumot tarqatishga haqlimi?
4. Mavzu bo’yicha masalalar:
4.1. Masala.
«FOTON» tashkiloti auditorlik tashkilotiga buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish
yuzasidan murojaat qildi. Ushbu auditorlik tashkiloti «FOTON» tashkilotini
bir necha yildan beri
tekshiruvdan o’tkazadi va tashkilotning moliyaviy va boshqaruv
hisobi muammolarini va
xususiyatlarini yaxshi biladi.
Talab qilinadi: Agar auditorlik tashkiloti korxonaga kompyuterlashtirish
yuzasidan xizmat
ko’rsatsa, auditorlik tekshiruvi o’tkazayotgan vaqtda auditorning mustaqilligiga ta’sir ko’rsatadimi?
4.2. Masala.
«ODIL-AUDIT» auditorlik tashkiloti sizning auditorlik
firmangizga tekshiruv
o’tkazib berish yuzasidan murojaat qildi. Avvalgi auditorlik firmasi bilan
shartnomaning buzilish
sababi auditorlik xulosasining o’z vaqtida taqdim qilinmaganligidir.
«ODIL-AUDIT» auditorlik tashkilotining ikkita bo’linmasi mavjud bo’lib, ularning birinchisi bosh
ofis bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo’lim korxona va tashkilotlarga
isitish va sovitish
sistemasini o’rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga
binoan shartnoma asosida
amalga oshiriladi. Ikkinchi bo’linma bosh ofisdan 25 km uzoqda joylashgan bo’lib,
elektr
buyumlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Ikkala bo’limda ham buxgalter mavjud bo’lib, moliyaviy natijalar to’g’risidagi
hisobot alohida
tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. Oxirga yillarda birinchi bo’lim
daromadli bo’lib, ikkinchi bo’limda rentabellik pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi bo’limni
sotib yuborish uchun xaridor izlamoqda. Birinchi bo’limning menedjerlari yuqori malakali bo’lib,
ishni to’g’ri tashkil qilishgan. Shuning uchun direktor aksiyalar kursini ko’tarish maqsadida tezroq
auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: