Talab qilinadi: Auditorlar tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi holat bo’yicha qanday
amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?
4.4 Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona buxgalterlari tomonidan auditorlardan
quyidagi masalalarga tushuntirish berish so’raldi:
- Bizning kichik korxonamiz umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritadi. Prezidentning 2011 yil
4 apreldagi PF-4296-son Farmonining tekshirishlar muddatlarini uzaytirishga yo’l qo’ymaslik va
2014 yilga qadar tekshirishlarni taqiqlash to’g’risidagi me’yorlari nazorat-kassa mashinalari, to’lov
terminallarini qo’llash, savdo qoidalarini rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishlarga tatbiq
etiladimi?
- Qisqa muddatli tekshirish chog’ida soliq inspektorlari bizga uning tayinlanganligi to’g’risidagi
hujjatlarni taqdim etdilar, biroq tekshirishlarni ro’yxatga olish kitobiga hech qanday yozuv qayd
etmadilar. Tekshirish dalolatnomasini tanishish uchun bizga taqdim etmadilar, biz hatto uni tuzgan
yoki tuzmaganliklarini bilmaymiz. Biz tekshirish natijalariga qo’shilmaymiz. Tekshiruvchilarning
harakatlari qonuniymi, biz ularning haqiqiy emas deb topilishini talab qila olamizmi?
17- MAVZU. KOMPYUTER TIZIMI MUHITIDA AUDIT O’TKAZISH. 1.Quyidagi tushunchalarga izoh bering: Yangi informatsion texnologiyalar (YaIT); auditni
avtomatlashtirish
; ma’lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish tizimi; hisoblash tizimi;
operatsion sistema; xisob-kitob mashinalarini matematik ta’minoti; mikrokompyuterlar; mustaqil
ishlovchi tizimlar; mikrokompyuterlarning lokal tizimi; tizimga ulanish; ma’lumotlarni yo’qolishi;
ma’lumotlarni o’g’irlanishi; ma’lumotlarga o’zgartirish kiritilishi; (ASU) ning noto’g’ri ishlatilishi;
elektr-hisob mashinalarini xavfsizligini nazorat qilish;
2. Muhokama uchun savollar:
1.
Audit kompyuterlashtirilgan informatsion tizimlar olamida .
2.
Audit elektron ma’lumot olamida.
3.
Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tushunchalarini olishda kompyuterlashtirilgan informatsion
tizimlar o’rni.
4.
(KTM) savollarida auditorning saviyasi.
5.
(KTM) savollarida ekspertlarning ishlaridan foydalanish.
6.
(KTM) sharoitida planlashtirish jarayoni.
7.
Auditorlik riskiga (KTM)ning ta’siri
8.
Ichki nazorat tizimining baholanishida (KTM)ning o’rni
9.
(KOD) boshqaruvining umumiy mablag’lari
10.
(KTM) boshqaruvining ichki mablag’lari.