Amaliy audit


-rasm. Parallel modellashtirish usuli



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
17.1-rasm. Parallel modellashtirish usuli 
Auditorlarning dasturlashtirish sohasida chuqur bilimga ega bo’lishi yoki xolis 
dasturchilarni ishga taklif qilish uchinchi stsenariyni amalga oshirishning zarur sharti 
hisoblanadi. 
Umumiy auditning auditorlik dasturiy vositalari paydo bo’lishi uchinchi 
stsenariyning o’ziga xosligini yanada oshirdi. Bu vositalar tarkibiga audit 
vazifalarining ko’pgina qismini bajarishini ta’minlaydigan, paketlarda birlashtirilgan 
standart dasturlar kiradi. 
Umumiy tayinlangan dasturiy vositalar auditorlarga ma’lumotlarni qayta 
ishlashning real dasturiy tizimiga o’xshash tizimni yaratish, ayni bir ma’lumotlar 
faylidan foydalangan holda qayta ishlashni o’tkazish imkonini beradi. Bunday 
o’xshash tizimga auditor barcha zarur nazorat muolajalarini kiritishi mumkin. 
So’ngra o’xshash tizimdan olingan chiqish ma’lumotlari real tizimdagi chiqish 
ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. 
Parallel modellashtirish usulini qo’llash avvaliga etarli darajada katta 
xarajatlarni talab qilishi mumkin, lekin bu usulning samaradorligi kompyuter 
texnikasi qo’llanilmay o’tkazilgan auditorlik tekshirishi samaradorligidan, 
shuningdek nazorat ma’lumotlari usulining samaradorligidan ma’lum darajada 
yuqoridir. 
Asosiy fayl 
Muomalalar 
Hаqиqий тизим 
Tizim modeli 
Haqqoniy ma’lumotlar 
Modellashtirilgan 
ma’lumotlar 
Taqqoslash 
Farqi 


534 
Murakkab kompyuter tizimida nazorat muolajalarini auditorlik testdan 
o’tkazish. 
Ko’pgina ishlab chiqilgan buxgalterlik dasturlari o’z ichida nazorat vositalariga 
ega. Auditorlik tekshirishda qo’llaniladigan vosita va usullari to’rtta guruhga bo’lish 
mumkin. Bular: 
1. Haqiqiy vaqt birligida va haqiqiy ma’lumotlar bilan «on-layn» tartibida; 
2. Uzluksiz ma’lumotlar bilan; 
3. O’xshash ma’lumotlar bilan; 
4. Dasturlarni tahlil qilish asosida ishlaydi. 
Haqiqiy ma’lumotlardan foydalanilgan nazorat usullari. 
Ko’p hollarda bu usullar dasturlarni ishlab chiqish bosqichlarida quriladigan 
maxsus auditorlik modullarini yaratishni talab qiladi. Bunday dasturlarning 
qo’shimcha auditorlik bloklari tekshirish nuqtai nazaridan qiziqishga ega bo’lgan 
muomalalar to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlashdan avval yoki undan so’ng 
ajratib olish va ularni o’rganish uchun saqlash imkonini beradi. 
Muomalalarni belgilash. 
Auditor tomonidan muomalalar bo’yicha ajratib olingan fayllar kiritish paytida 
maxsus indikatorlar yordamida belgilanadi. Bu ma’lumotlarning ustama dasturlarda 
qayta ishlash barcha bosqichlarining nazorat yozuvlarini baholash uchun bosib 
chiqarib yoki fayllar ko’rinishida saqlash mumkin. 
Auditorlik fayllari. 
Belgilangan ma’lumotlar keyingi nazorat uchun maxsus fayllarga guruhlashadi. 
Auditorlik fayllarini tashkil qilishda ikki usul qo’llanilib, ulardan biri «doimiy 
nazorat auditorlik fayli» (DNAF) sifatida yaxshi tanish. Belgilangan mezonlar 
bo’yicha ajratib olingan ma’lumotlarni testdan o’tkazish asosida yig’iluvchi 
hisobotlar hisob va tahlil uchun bevosita auditorga kelib tushadi. Ichki audit nuqtai 
nazaridan DNAF usuli alohida e’tiborga ega. Ikkinchi usul - «tanlab olish nazorati 
auditorlik fayli» (TONAF) avvalgi usul bilan o’xshash bo’lib, ularning farqi 
shundaki, muomalalar bo’yicha ma’lumotlarni belgilash uchun dasturga doimiy 
tanlab olish mezoni emas, balki tasodifiy ajratib olish moduli kiritiladi. 
Ma’lumotlarning qayta ishlanganligi to’g’risidagi hisobotlar auditorlik tahlil uchun 
dasturning har bir ish yuritganidan so’ng olinishi mumkin. 
Darhol tayyor bo’ladigan fotosurat. 
Bu usulning qo’llanilishi muomalalarning boshlanishi va ularning bajarib 
bo’linganidan so’ng kompyuterda saqlangan ma’lumotlar bazasidagi muomalalar va 
elementlarning holatini ko’rish imkonini beradi. Bosib chiqarilgan surat tahlil uchun 
auditorlarga taqdim qilinadi. Masalan, debitorlar hisobi bo’yicha qoldiqlar faylga 
kiritishdan oldin ham va kiritilgandan so’ng ham saqlanadi. Auditorlar uning 
natijalariga asoslanib, qayta ishlash jarayonini kuzatish va tekshirishlari mumkin. 
Tizim ish yuritishining doimiy nazorati. 
Apparat va dasturiy vositalarning ish faoliyatining tahlil qilish maqsadida, 
odatda, kompyuterga maxsus elementlar quriladi, ularning vazifasi esa - kompyuter 
ishining samaradorligini aniqlashdir. Bu elementlar tizim modulini kim va qanday 
muomalalar uchun egallaganligini aniqlash imkonini bergani tufayli audit uchun ham 


535 
qo’llaniladi. 
Kengaytirilgan yozuvlar. 
Maxsus dasturlar muomalalarni qayta ishlash uchun qo’llanilgan barcha ustama 
dasturlarning natijalarini birlashtirib, belgilangan muomalalar bo’yicha nazorat 
yozuvlarini tashkil qiladi. Olingan yilga ma’lumotlar alohida faylda yoki qo’shimcha 
yozuv qatorlarida saqlanadi. 
Uzluksiz ma’lumotlardan foydalangan nazorat usullari. 
Bu usullar, keng ma’noda, auditorlar mashina o’qiydigan fayllardan 
foydalanish imkonini beradi. Ularga, xususan, avval izohlab o’tilgan, parallel 
modellashtirish usuli hamda umumiy bo’lgan auditorlik dasturlari kiradi. 
O’xshash ma’lumotlar qo’llanilgan nazorat usullari. Bu usullar guruhiga, 
xususan, avval ko’rib o’tilgan nazorat ma’lumotlari usuli kiradi. Bu usulning 
murakkab kompyuter tizimlari uchun soddalashtirilgan ko’rinishi - «testdan 
o’tkazishning integrallashgan usullari» (TO’NU) deb nom olgan. 
Odatda, dasturlar hamkorligida qo’llaniladigan bunday vositalardan auditorlar 
o’z maqsadlari uchun foydalanishlari mumkin. TO’NUdan foydalanish xodimlar, 
mijozlar, mol etkazib beruvchilar, debitorlar, kreditorlarning to’liq ro’yxati bo’lgan 
bo’lim maketini yaratishni talab qildi. Asosiy faylning haqiqiy yozuviga yoki 
ma’lumotlar bazasiga maxsus kod bilan belgilangan yozuvlar kiritiladi, haqiqiy 
muomalalarga esa o’xshash (ya’ni, nazorat) ma’lumotlar kiritiladi. TO’NU uchun 
oldindan aniq bo’lgan natijalar haqiqiy qayta ishlash natijalarini nazorat qilish va 
ustama dasturlar nazorat elementlarining ishga layoqatligini aniqlash imkonini beradi. 
TO’NUni qo’llash alohida e’tiborni talab qiladi, chunki bu usul buxgalteriya 
hisobining haqiqiy tizimiga qalbaki yozuvlar, muomalalar va hisobotlarni kiritish 
bilan bog’liq. Qalbaki chiqish ma’lumotlarini moliyaviy hisobotdan chiqarib 
tashlashni kafolatlash zarurdir. Asosiy fayllardagi haqiqiy yozuvlar va hisob 
raqamlaridagi qoldiqlarning buzilishi yoki xato ko’rsatilishining oldini oluvchi chora-
tadbirlar qabul qilish lozim. 
Bu paragrafda biz kompyuter tizimi muhitida auditorlik nazorat usullarining 
avtomatlashtirilmagan buxgalteriyani oddiy auditorlik tekshirish usulidan asosiy 
farqini ko’rib chiqdik. Kompyuter qamrab olgan tizimni audit o’tkazish rejasini 
tuzdik va nazorat usullari hamda bevosita kompyuter tizimini testdan o’tkazishning 
usullarini ko’rsatib o’tdik.


536 


Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish