Amaliy audit



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

Operatorlar va fayllar nazorati
. Dasturli vositalar operatorlar tomonidan 
kiritiladigan 
komandalarning, 
ustama 
dasturlardan 
foydalanish 
vaqti 
va 
statistikasining «hisob jurnali»ni tashkil qilishi lozim. Bu jurnaldagi ma’lumotlarni 
nazoratchilar tahlil qilishlari shart. 
Ahamiyatining kengligi va natijaning oqilligi bo’yicha nazorat testlari 
mantiqan noto’g’ri bo’lgan holatlarning oldini oladi. Masalan, qiymatidan yuqori 
bo’lgan amortizatsiya ajratmalari summasini olish. 
Chiqish ma’lumotlarning nazorat muolajalari. 
Chiqish ma’lumotlarining nazorati - kompyuterda qayta ishlash natijalari 
to’g’riligini tekshirishning so’nggi, yakunlovchi bosqichidir. Bu bosqichdagi nazorat 
muolajalari hisobot haqidagi tasavvurni va fayllarga faqat vakolatli shaxslarning 
kirishini ta’minlaydi. 
Nazorat yig’indisi
. Chiqish ma’lumotlarning nazorat yig’indisi ishlash 
jarayonining barcha yig’indisi ketma-ketligi natijalari bilan taqqoslanadi. Nazorat 
guruhining majburiyatiga nazorat summalari va chiqish ma’lumotlarining tahlili 
hamda ularning farq qilish holatlarini tergov qilish kiradi. 
Asosiy fayllarga tuzatish kiritish xatolar tarqalib ketishining oldini olish 
maqsadida qaysi bo’limning tashabbusi bilan dastur asosiga tuzatishlar kiritilgan 
bo’lsa, shu bo’limga barcha kiritilgan tuzatishlar bo’yicha to’liq hisobot taqdim 
qilinishi kerak.
Chiqish ma’lumotlarining taqsimlanishi
. Tizimda yuzaga keladigan chiqish 
ma’lumotlari faqat vakolatli shaxslargagina taalluqli bo’lishi lozim. Hisobotlar 
nusxasini oluvchi abonentlar ro’yxatini kiritish kerak va hisobotlarning tirajini 
qat’iyan cheklash zarur. 
Oddiy kompyuter tizimida nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligini 
baholash. 
Nazorat muolajalarining - ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, chiqarish 
sohalaridan birining zaif tomonlari auditor tomonidan alohida e’tibor predmeti bo’lib 
qoladi. Shu bilan birga, ma’lumotlarni kiritish bosqichida nazorat yo’qligi keyingi 
bosqichlardagi nazorat muolajalari bilan to’ldirilishi mumkin.
Nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash natijalari bo’yicha 
auditor ishlab chiqadigan xulosaning tashkiliy qismiga nazorat muolajalarining 
muhim kamchiliklarini tahlil qilish kiradi. 
Ichki nazoratni tahlil qilishdan maqsad - xo’jalik muomalalarining qayta 
ishlash jarayoni mazmunini tushunish, nazorat muolajalarini rejalashtirishda hisobga 


531 
olinadigan nazoratning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan iboratdir. Dasturlarda 
nazoratning ustama muolajalari mavjud bo’lganda, faqat ichki nazoratning 
nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash zarur bo’ladi. Nazoratning umumiy
ustama muolajalari ularning samaradorligini aniqlash maqsadida auditorlik testlaridan 
o’tkaziladi.
Ichki nazorat tizimini tekshirishda axborot bilan ta’minlashni tashkil qilish. 
Ish yuritishning kompyuter yordamida olib borilishi ikki yangi tushunchaning 
paydo bo’lishiga olib keldi. Ulardan biri - «kompyuter qamrab olgan» muhitda 
auditorlik tekshirishi, auditorlik kompyuterni o’zaro bog’lamasdan, ya’ni uni bir 
buyum sifatida qarab va chiqish ma’lumotlarini boshlang’ich hujjatlar bilan 
bog’lashga harakat qilgan hamda boshlang’ich hujjatlarning hisobotlargacha bo’lgan 
harakatini tuzatish hollarida qo’llaniladi. Kompyuter tezkor kalkulyator sifatida
qo’llanilganda, bu usul moslik ko’rinishi mumkin. Agar tizim hisoblash va axborotni 
bosib chiqarish uchun ishlatilsa ham yaxshi natijalar beradi. Shu bilan birga, 
kompyuter qamrab bo’lgan tizimda auditorlik tekshirish usulini kompyuterda 
ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini ekspert baholash o’rniga qo’llashga yo’l 
qo’yib bo’lmaydi.
Ikkinchi tushuncha - «xususan kompyuter tizimini» auditorlik tekshirishi - 
muomalalar bajarilish jarayonining ishonchililigini aniqlash maqsadida apparat va 
dasturiy vositalarni baholashda qo’llanilanadi. Xususan, kompyuter tizimini 
tekshirish audit amaliyotida kengroq tarqalgan, chunki ko’pgina kompyuter tizimlari 
nafaqat hisoblash, balki muhim nazorat muolajalarini ham bajaradi. Bu sharoitda 
kompyuterni bir buyum sifatida tasavvur qilish, ichki nazoratning muhim bo’g’inini 
ajratib qo’yishga olib keladi.
Kompyuter auditi amaliyotiga nisbatan yaqin kunlarda ikki yangi tushuncha 
kirib keldi: «kompyuter texnikasi qo’llanilmagan audit tekshirish» va «kompyuterdan 
foydalanilgan audit tekshirish». 
Birinchi tushunchaga muvofiq auditorlik yondashish birlamchi ma’lumotlar, 
xatolar to’g’risida hisobotlarni bosib chiqarish, nazorat bosqichlari to’g’risida 
ma’lumotlar va chiqish ma’lumotlarining to’liq bosib chiqarilishi kabi materiallarni 
qabul qilishga asoslanadi. Ikkinchi tushuncha esa tekshirilayotgan firma tomonidan 
muomalalarni bajarish uchun qo’llanilayotgan apparat va dasturiy vositalarni 
auditorlik tekshirish hamda tekshirish maqsadiga erishish uchun maxsus auditorlik 
dasturlaridan foydalanish bilan bog’liq. 
Ma’lumotlarni paketli qayta ishlashdagi oddiy tizimlarda kompyuter nazorati 
muolajalarini testdan o’tkazish. 
Ma’lumotlarni paketli qayta ishlashdagi oddiy tizimlarida zarur bo’lgan 
ma’lumotlar ko’p hollarda hisob jurnali va bosib chiqarilgan chiqish ma’lumotlari 
ko’rinishida mavjud bo’ladi. Bu esa «kompyuter qamrab olgan» muhitda auditorlik 
tekshirish o’tkazishga imkon yaratadi. 
Shu bilan birga, ba’zi hollarda tashqi auditorlar oddiy tizimdagi ustama 
dasturlarda nazorat muolajalarini testdan o’tkazish vositasi sifatida kompyuterlarni 
qo’llashlari lozim.
Auditorlar foydalanishi mumkin bo’lgan, kompyuterda testdan o’tkazishning 


532 
uch yo’nalishi bor: 
1. Kompyuter yordamida ba’zi muomalalarni keyinchalik qo’lda tekshirish 
uchun ajratib olish; 
2. Ichki nazorat tizimini o’xshash ma’lumotlar yordamida tekshirish; 
3. Ichki nazorat tizimini auditorlarning dasturiy vositalari qayta ishlagan, 
haqqoniy ma’lumotlar yordamida tekshirish. 
Kompyuter ma’lumotlarni ularning oxirgi tasdiqlanishi va qo’lda nazorat 
qilinishi uchun ajratib olishi mumkin. 
O’xshash ma’lumotlar yordamida nazoratning avtomatlashgan muolajalarini 
auditorlik testidan o’tkazish - nazorat ma’lumotlar usuli deyiladi, bu muolajalarni 
testdan o’tkazish uchun haqiqiy ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonidan foydalanish 
esa - parallel modellashtirish usuli deyiladi. 
Nazorat ma’lumotlar usuli. 
Bu usul kompyuterning ma’lum bir muomalalarni bajarish uchun 
dasturlashtirilganligi sababli, har safar ularni hech bir o’zgarishsiz bajarishi va 
shundan kelib chiqib, xatolar bilan o’xshash muomalalarni bajarish cheklanganligi 
nazorat muolajalarining kompyuter tizimidagi hujjatlashtirish izohiga mosligini 
aniqlash uchun etarlidir. 
Haqiqiy tizimda qayta ishlanadigan ma’lumotlar qatorining mumkin bo’lgan 
kombinatsiyalarni ajratish - nazorat paketi deyiladi. Nazorat ma’lumotlarini 
kiritishdan maqsad - nazorat muolajalarining hujjatlashtirish izohlariga mosligini 
aniqlashdir. Nazorat muomalalari o’z ichiga mavhum ma’lumotlarni olishi mumkin. 
Eng avvalo, dasturiy vositalar bo’yicha hujjatlarga asosan aniqlangan chiqish 
ma’lumotlarining ro’yxati ko’rsatilgan jadval tayyorlab olinishi kerak. Shundan 
so’ng, muomalalar bo’yicha ma’lumotlar mashina o’qiydigan shaklga keltirilib, uni 
haqiqiy yuritilayotgan dasturda qayta ishlash uchun kiritiladi. Auditor, 
ma’lumotlarning barcha mumkin bo’lgan kombinatsiyalarni ko’ra bilishi uchun 
dasturlarni mantiqan fikrlashi, xo’jalik faoliyatining xarakterini yaxshi tasavvur eta 
olishi kerak. Bundan tashqari, nazorat ma’lumotlarning haqiqiylari bilan qo’shilib 
ketishi hamda fayllarning o’zgarishiga yo’l qo’ymaydigan ehtiyot choralari ham 
zarur. 
Nazorat tizimini auditorlik testidan o’tkazishda kompyuter usullaridan 
foydalanishning yakuniy maqsadi - kompyuter tizimida nazorat muolajalarning 
haqiqatda ishga qodirligi to’g’risidagi xulosani chiqarishdir. Bunday xulosa auditorga 
nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash va schyotlar bo’yicha 
qoldiqlarni tekshirish uchun audit muolajalarining vaqtida taqsimlanishi va qamrab 
olish kengligini hamda auditning mazmunini aniqlashga yordam beradi. Magnit 
tashuvchi fayllardan foydalanib, auditorlik tekshirishni amalga oshirishning 
imkoniyatini aniqlagani sababli nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligini 
baholash kompyuter tizimi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Parallel modellashtirish usuli. 
Auditorlar tomonidan parallel modellashtirish uchun maxsus dastur 
tayyorlanib, bu dastur tekshirilayotgan firma dasturining nazorat muolajalari va 
mantiqi bilan o’xshash bo’ladi. Auditorlik dasturi yordamida haqiqiy ma’lumotlarni 


533 
qayta ishlash natijalari shu ma’lumotlarni haqiqiy ustama tizimda qayta ishlash 
natijalari bilan taqqoslanadi. Bu usulning printsipial tuzilishi 17.1- rasmda keltirilgan. 
Kompyuter dasturlarida o’rnatilgan nazorat tizimini testdan o’tkazish 
muolajalarining uchta stsenariysi mavjud: 
1. Tekshirilayotgan firmaning real dasturlaridan foydalangan holda testdan 
o’tkazish; 
2. Firmaning xodimi tomonidan tayyorlangan maxsus auditorlik dasturlaridan 
foydalanib, testdan o’tkazish; 
3. Auditor tomonidan tayyorlangan maxsus dasturdan foydalangan holda 
testdan o’tkazish. 
Nazorat ma’lumotlari usuliga xos ravishda bajariladigan testdan o’tkazishning 
birinchi stsenariysi yuqorida izohlab o’tildi. Ikkinchi stsenariy bo’yicha testdan 
o’tkazish tekshirilayotgan firma xodimi tomonidan ishlab chiqilgan auditorlik 
dasturlarining to’g’riligini tekshirishni talab qiladi. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish