Ma’muriyat tomonidan nazoratni kuchaytirish imkoniyatlari
. Kompyuter
tizimida ko’plab tahliliy dasturlarning borligi ma’muriyatga korxona yoki firmaning
faoliyatini nazorat qilish va baholash imkonini beradi.
Kompyuterda bajarilgan operatsiyalarning qayd etilishi
. Ba’zi bir bajarilgan
muomalalar kompyuter tizimida avtomatik ravishda hujjatlarsiz bajarilishi mumkin,
lekin muomalalar avtomatlashmagan buxgalteriya hisobida majburiy ravishda
hujjatlarda qayd etiladi.
Auditorlik tekshirishni amalga oshirishda auditorlik xulosasini berish uchun
tizimning kuchli va zaif tomonlarni ko’rsatib, to’la ma’lumot olishga imkon
beradigan aniq uslubiyotga amal qilish zarur.
524
Auditorlik tekshirishni rejalashtirish.
Rejalashtirish tekshirish o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanadi.
Korxona va firmalar tomonidan turli xildagi kompyuter tizimlarining qo’llanilishi
buxgalteriya hisobini yuritishning tuzilishiga va ichki nazorat uslubining xarakteriga
katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilganlik
darajasi, o’z navbatida, auditorlik mulojalarning mohiyatiga hamda ularning vaqt
ichida taqsimlanishiga, qamrab olish darajasiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.
Moliyaviy hisobot auditida ma’lumotlarni elektron qayta ishlashning ta’sirini
baholashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
Avtomatlashtirish darajasi
. Tekshirishni rejalashtirishda moliyaviy hisobotga
ta’sir qiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan har bir vazifani
bajarish uchun qo’llaniladigan kompyuterli texnologiyalardan foydalanish darajasini
hisobga olish darkor.
Mashinaviy muomalalarning murakkabligi
. Mashinaviy muomalalarning
murakkabligini baholab, auditor o’zining tayyorgarligini firmaning ma’lumotlarini
qayta ishlash uchun qo’llaydigan uslublari bo’yicha malakasini solishtirishi kerak.
Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlashni tashkil qilish.
Tekshirishni
rejalashtirishda ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash jarayonining tashkil
qilinganligi muhim ahamiyatga ega. Turli firmalarda bu narsa markazlashtirish
darajasi bo’yicha katta farq qilishi mumkin.
Markazlashtirish darajasining yuqoriligi markazlashgan boshqarish va muhim
ma’lumotlar bo’yicha bajariladigan barcha muomalalar ustidan amalga oshiriladigan
nazorat bilan xarakterlanadi. Nazoratning holati, apparat va dasturli vositalar
firmaning barcha bo’g’inlari uchun bir turda bo’lishi mumkin. Aksincha,
ma’lumotlarni markazlashgan tarzda qayta ishlanishi hududiy jihatdan yiroq bo’lgan
bo’limlarni boshqarish va nazoratni mustaqil ravishda amalga oshirishlariga imkon
beradi. Bu sharoitda apparat va dasturiy vositalar turli xilda bo’lishi mumkin va
nazorat paytida kerakli ma’lumotlarni olish uchun ko’p miqdordagi kompyuterlarni
ko’rib chiqishga to’g’ri keladi. Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash bilan
bog’liq bo’lgan mutaxassislarning miqdorini va ularning kompyuter texnologiyasidan
xabardorlik darajasini ham baholash zarur.
Ma’lumot olishning qulayligi
. Tekshirishni rejalashtirishda birlamchi
hujjatlarning taqdim etilishini ta’minlash haqida kelishib olinishi lozim. Chunki ba’zi
firmalarda ma’lumotlar to’g’ridan-to’g’ri, yozma nusxasiz kiritilishi yoki ma’lumot
qisqa vaqt ichida saqlanishi mumkin.
Nazorat jarayonida ma’muriyat tomonidan ichki nazorat uchun tayyorlangan
ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
Avtomatlashtirilgan audit uslublarining qo’llanilishi
. Avtomatlashtirilgan audit
uslublarining qo’llanilishi audit muolajalalarning samaradorligini oshiradi hamda
barcha umumiy bo’lgan hisob operatsiyalarini tekshirish uchun alohida audit
muolajalarining tadbiq qilinishini ta’minlaydi. Bu uslublarning qo’llanilishini
perspektiv rejalashtirishni hamda shu soha mutaxassislarining bo’lishini talab qiladi.
Maxsus tayyorgarlikning zarurligi
. Tekshirish jarayonida ma’lumotlarni
kompyuterlarda qayta ishlashning auditga ta’sirini baholash uchun, buxgalteriya
525
hisobi opreratsiyalarining bajarilish yo’lini aniqlash hamda auditorlik muolajalarni
ishlab chiqish va bajarish uchun mutaxassislarni jalb qilish mumkin. Ma’lumotlarni
qayta ishlash bo’yicha, dasturlar tillari bo’yicha, dasturlar paketi bo’yicha
mutaxassislar talab qilinishi mumkin.
1-bosqich. Kompyuter tizimini o’rganish.
Bu bosqichning maqsadi - audit muolajalarini rejalashtirishga asos sifatida
ichki nazorat elementlaridan foydalanish imkoniyatlarini topish uchun nazoratning
muhiti, buxgalteriya hisobi tizimi va nazorat muolajalari to’g’risidagi zarur
ma’lumotlarni to’plashdir.
Nazorat muhiti: tashkiliy tuzilma.
Firmaning tashkiliy tuzilmasini tushunishi deganda unda kompyuter tizimining
o’rnini qay darajada ekanligini aniqlash tushuniladi. Tashkiliy tuzilmani tushunish -
umuman nazorat nosamaradorlik tavakkalchiligini baholashning ajralmas qismidir.
Kompyuter tizimi tuzilishini tahlil qilganda auditorlar ma’lum bir maqsadni
ko’zlashadi:
- firmaning kompyuter resurslari, apparat vositalari, turli markazlar tomonidan
ko’rsatiladigan xizmatlar hamda kompyuter tizimiga kirish imkoni bo’lgan
qismlarining ro’yxati va ularning izohlanishi.
- hisoblash bo’limi xodimlarining ish faoliyatining kompyuterlashtirilishi qay
darajada tashkil qilinganligini izohlash.
Yuqoridagilar kompyuter tizimining faoliyatini tahlil qilish, kompyuter
tizimiga kirish imkoniga ega bo’lgan qismlarni aniqlash, firmaning kompyuter
tizimiga kirishini nazorat qilish bo’yicha olib borayotgan siyosatini ochib berish
imkonini beradi.
Tizimlar bo’yicha mutaxassislar, dasturchilar va operatorlar o’rtasida
majburiyatlarning taqsimlanishini o’rganib chiqish zarur.
Nazorat muhiti: majburiyat va vakolatlarni topshirish tizimi.
Auditor majburiyat va vakolatlarni topshirishning firma tomonidan qabul
qilingan tizimini tahlil qilganda;
- buxgalteriya hisobini yuritish va kompyuter tizimini ekspluatatsiya qilish
bo’yicha qo’llanmalar;
- hisoblash markazi xodimlari uchun vazifalarning izohi mavjudligi haqidagi
ma’lumotni olishi zarur.
Nazorat muhiti: tizim nazorati uchun ma’muriyat qo’llaydigan uslublar.
Ichki nazorat uslublarini o’rganishda quyidagi masalalar yuzasidan tasavvurga
ega bo’lish kerak:
- tizimlar va hujjatlarni ishlab chiqish andozalari va ulardan foydalanish
darajasi;
- muolajalarning mavjudligi va sifati, dasturlar va tizimning turli shakldaligi,
ma’lumot kiritishning har xil ko’rinishlari;
- miqdoriy ma’lumotlar, xususan, miqdoriy tijorat ma’lumotlariga kirishni
cheklovchi muolajalar;
- moliyaviy va boshqa hisobotlarga kirishning qulayligi, masalan,
ma’muriyatga taqdim etiladigan «xarajatlar-samaradorlik» tahlillari.
526
Ichki auditning va nazorat muolajalarining mavjudligi va uning kompyuterda
qayta ishlangan buxgalteriya ma’lumotlarini tahlil qilish jarayonida ishtirok etishi.
Amaliy natija beradigan auditorlik muolajalarini ishlab chiqish uchun
buxgalteriya hisobi tizimida amalga oshiriladigan muomalalarning ketma-ketligini
o’rganish zarur. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlar bilan bog’liq bo’lgan, har bir
vazifasi uchun muomalalar ketma-ketligi zanjirini aniqlash shu vazifalarning firma
tomonidan taqdim qilingan yozma izohini ko’rib chiqishdan boshlanadi.
Ma’lumotlarni qayta ishlashning kompyuter tizimidan foydalanilganda yozma izoh
o’z ichiga foydalanuvchilar uchun qo’llanma va ko’rsatmalarni, fayllar tuzilmasini,
sxemalar blokini va sharhlarni olishi kerak. Ichki audit uchun javobgar shaxslardan
buxgalteriya hisobi tizimini tushunish uchun foydali bo’lgan, muomalalar
bajarilishining ketma-ketligiga taalluqli bo’lgan tayyor hujjatlarga ega bo’lish
mumkin. Shu sababli, tekshirishni rejalashtirishning avvalida shunday hujjatlar
mavjudligini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Birinchi va ikkinchi bosqichlarning chegaralanishi auditning mazmunini
tushunish nuqtai nazaridan foydalidir. Auditni rejalashtirish uchun zamin yaratish
hamda auditorlik muolajalarining turi, o’tkazilish vaqti va miqdorini aniqlash ichki
nazorat tizimini baholashning asosiy maqsadidir.
Kompyuter tizimida tavakkalchilikni baholash quyidagi harakatlarni o’z ichiga
oladi:
- amaldagi buxgalteriya ma’lumotlarida uchraydigan turli xildagi xatolarning
tahlili asosida nazoratning aniq maqsadlarini moslashtirish;
- muomalalar ketma-ketligi zanjirida ma’lum bir turdagi xatolarning paydo
bo’lish ehtimoli bor joylarni moslashtirish;
- nazoratning aniq maqsadini amalga oshirilishini ta’minlaydigan, maxsus
muolajalarni moslashtirish;
- nazorat asosiy muolajalarining bajarilish samaradorligini ta’minlash uchun
zarur bo’lgan yordamchi muolajalarni moslashtirish;
- nazorat muolajalari ta’minlaydigan nosamaradorlik tavakkalchiligi darajasini
aniqlash maqsadida nazorat muolajalari tuzilmasini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |