Amaliy audit



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

Ko’rsatkich 
Hisobot ma’lumotlari 
Optimal 
ahamiyat 
Og’is
hi, % 
Keyingi davr 
uchun taklif 
qilingan 
ahamiyat 
Avvalgi 
davr 
Hisobot 
davri 
Qarz vositalari 
600 
500 
750 
66 
900 
Yuqorida ko’rib chiqilgan ikkala modul ham o’z faoliyati jarayonida operativ 
ma’lumotlardan tashqari, soliq stavkalari, moliyaviy va boshqa koeffitsientlarning 
chegaraviy ahamiyatlari, kredit uchun o’rtacha stavka va shu kabi ma’lumotlarni o’z 
ichiga olgan fayllardan foydalanadi.


518 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
17- MAVZU. KOMPYUTER TIZIMI MUHITIDA AUDIT O’TKAZISH 
 


519 
REJA: 
17.1 
Kompyuter tizimi muhitida audit o’tkazish va auditning kompyuterli metodi. 
17.2. Ma’lumotlarni elektron tahlil qilish sharotida audit. 
17.3. Kompyuter tizimini audit aspektlariga ta’siri (rejalashtirish, ichki nazorat 
tizimini o’rganish, xo’jalik muammolari). 
 
 
17.1 
Kompyuter tizimi muhitida audit o’tkazish va auditning kompyuterli 
metodi. 
Hozirgi kunda ko’pchilik iqtisodiy sub’ektlar buxgalteriya va TMB hisobini 
yuritishda turli xildagi kompyuter tizimini qo’llashmoqda. Buxgalteriya hisobida 
kompyuterlarning qo’llanilishi, o’z navbatida: 
a) hisob-kitoblarning vaqtida o’tkazilishini ta’minlaydi; 
b) operativ boshqaruv ma’lumotlarini olishni tezlashtiradi; 
v) moliyaviy tahlil imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Tashqi mustaqil va ichki audit ma’lumotlarini kompyuterni qo’llash orqali 
tahlil qilganda o’zining maqsadi va vazifalarini o’zgartirishsiz saqlaydi.
Oddiy hamda kompyuterlashtirilgan buxgalteriyani tekshirish metodikasi 
o’rtasidagi farqni aniqlash, korxonalardagi kompyuter tizimidagi hisobini audit qilish 
metodi va aniq usulini topish, rejalashtirish metodikasini ishlab chiqish zarur. 
Ushbu mavzuning dolzarbligi, kompyuter tizimlari auditining ishlab 
chiqilmaganligidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobi uchun yaratilayotgan 
dasturlarning shiddat bilan rivojlanishiga qaramay, oxirgi paytda chop etilgan 
adabiyotlarda yuqoridagi mavzu umuman ko’tarilmagan. 
Bu bo’limda biz kompyuter tizimida ishlashning ichki tekshirishini tashkil 
qilish bo’yicha nazariy ko’rsatmalar berishga harakat qilamiz. 
Kompyuter tizimini audit qilish metodikasi, uning kompyuter tizimi ishlarining 
samaradorligini baholash uchun qo’llanilishi, ichki nazoratni takomillashtirish uchun 
aniq ko’rsatmalar ishlab chiqish tadqiqot predmeti uchun asos qilib olindi. 
Olingan natijalarni davlat va nodavlat korxonalardagi kompyuterlashtirilgan 
hisobni audit qilishni rejalashtirishda qo’llash mumkin. 
Bugungi kunga kelib auditorlik standartlari bo’yicha xalqaro qo’mita 
tomonidan 33 ta standart ishlab chiqilgan. Bu standartlarni auditorlar faoliyatini 
nazorat qilishning milliy andozalari uchun qo’llash taklif qilinadi. Ulardan 3 tasi 
aynan kompyuter tizimida tekshirish o’tkazishga tegishli: 
2.12. Auditning kompyuterli metodi. 
2.11. Ma’lumotlarni elektron tahlil qilish sharoitida audit o’tkazish. 
2.16. Ma’lumotlarni elektron tahlil qilishning hisob tizimini baholash va ichki 
nazoratga ta’siri. 
Asosan yirik korxonalarda majburiy auditorlik tekshirishi o’tkaziladi. Ish 
yuritishning hozirgi sharoitida buxgalteriya hisobining kompyuter tizimini qo’llamay 
olib borishning iloji yo’q. Turli firma va xo’jalik sub’ektlarida hisob yuritish tizimida 
avtomatlashtirishni qo’llash o’ziga xos ko’rinishga ega bo’ladi. Masalan, 
kompyuterni oddiy kalkulyator sifatida qo’llashdan, to hisobni butunlay 
avtomatlashtirish uchun yuqori darajadagi kompyuter tizimini yaratishgacha. 


520 
Bugungi kunga kelib bir-biridan farq qiluvchi juda ko’plab buxgalteriya dasturlari 
paketlari mavjud. 
Kompyuterlar qo’llanilgan buxgalteriya hisobi «qo’lda» yuritilgan buxgalteriya 
hisobidan farq qilgani kabi, kompyuter tizimi muhitidagi audit ham «qog’ozli» 
buxgalteriyadan farq qiladi. 
Korxonalarda hisobning kompyuter tizimi mavjudligi audit qilish usuliga o’z 
ta’sirini o’tkazadi. Auditorlik andozalarning 2.5. «Auditorlik isbotlari» loyihasiga 
ko’ra, auditorlar tekshirish o’tkazish jarayonida oddiy buxgalteriya hisobi yuritishda 
bo’lgani kabi kompyuterli buxgalteriya hisobi yuritishda ham bir xil bo’lgan quyidagi 
muolajalarini qo’llashlari lozim: 
- mijozning turli aktivlarini inventarizatsiya qilishda ishtirok etish yoki 
kuzatish; 
- uchinchi tomondan mijoz hisob raqamlaridagi qoldiqlarining, hisobotning 
ma’lum bir bo’limlari buyicha haqqoniyligini va xo’jalik operatsiyalarining 
to’g’riligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni yozma ravishda olish; 
- mijozning uchinchi shaxslardan olgan hujjatlarini tekshirish. 
Tekshirish o’tkazish uslubida asosiy farqlar quyidagi muolajalarda kuzatiladi: 
- korxona rahbari va ishchilarni og’zaki so’rovdan o’tkazish. So’rov 
natijalariga tayanib, auditorlik tekshirishi rejalashtiriladi. 
- mijozning arifmetik hisoblarini tekshirish. 
- ba’zi-bir xo’jalik va buxgalterlik operatsiyalarining bajarilishini kuzatish. 
Kompyuter tizimi auditning asosiy maqsadi - bu kompyuter tizimini 
buxgalteriya hisobining bir bo’g’ini sifatida qarab, shu asosida ma’lumotlar yig’ish 
va ularga ob’ektiv baho berishdir. 
Hozirgi zamon auditorlariga asosan kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi 
bilan ish yuritishga to’g’ri keladi. Ma’lumotlarni tahlil qilishning xarajat talab qilishi, 
kompyuter xizmatlari ko’rsatish markazlarining rivojlanishi, va nihoyat, qimmat 
bo’lmagan mikrokompyuterlarning paydo bo’lishi, hatto kichik ish yurituvchilar 
tomonidan ham ma’lumotlarni olib keladi. 
Kompyuter tizimining keng tarqalishi auditda «Kompyuter muhitida audit» 
hamda «Kompyuterli audit» degan sohalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Quyida 
biz kompyuter tizimi muhitida auditorlik nazorati uslubiyotini ishlab chiqish ustida 
to’xtalamiz. Bu mavzu audit sohasida AQShda taniqli bo’lgan, Texas shtatidagi Ostin 
universiteti professori Dj.Robertsonning «Audit» nomli monografiyasida to’la 
yoritilgan. 
Dj.Robertsonning tasdiqlashicha, kompyuter tizimi auditning 3 ta aspektiga o’z 
ta’sirini ko’rsatadi: 
- Rejalashtirish; 
- Ichki nazorat tizimini o’rganish; 
- Nazorat tizimi, xo’jalik operatsiyalarining bo’laklari, hisob schetlaridagi 
qoldiqlar to’g’risidagi haqqoniy ma’lumotlarni yig’ish. 
Mana shu tartibda biz auditorlik tekshirish o’tkazishning xususiyatlarini ko’rib 
chiqamiz. 


521 
Uslubiyotni ishlab chiqish jarayonida biz quyidagi savollarni aniqlab olishimiz 
zarur: 
- buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan tizimida 
yuritish orqali; 
- kompyuterlashtirilgan muhitda audit tekshirish o’tkazishni rejalashtirishda 
hisobga olinadigan qo’shimcha omillarning mavjudligi; 
- nazoratning umumiy va ustama uslublari o’rtasidagi farq; 
- nazoratning nosamaradorligini baholash fazasida ma’lumotlarni elektron 
tahlil qilishning ta’siri; 
- funktsional majburiyatlarni taqsimlash, dasturli faylar va ma’lumotli fayllarga 
kirishni nazorat qilish, apparat mablag’larini nazorat qilish tizimlarni tushuntirish va 
aynan o’xshatish. 
- nazoratning ustama uslublarining ro’yxati va ularning izohlanishi. 
- minikompyuterlarga asoslangan tizimlar nazoratining o’ziga xosligini 
muhokama qilish. 
Kompyuter tizimi muhitida auditorlik tekshirish o’tkazishning asosiy maqsadi - 
shu muhitda tayyorlangan ma’lumot tavakkalchiligini eng kam darajaga 
yaqinlashtirishdan iborat. 
Dj.Robertson kompyuter tizimi muhitida auditorlik tekshirishi o’tkazishning 
quyidagi uslubiyotini taklif qiladi. 
Auditorlik tekshirishini rejalashtirish. Maqsad - ma’lumotlarni avtomatik 
ravishda tahlil qilishning moliyaviy hisobot auditga ta’sirini baholashdir: 
- Avtomatlashtirish darajasini baholash; 
- Avtomatik operatsiyalar darajasini baholash; 
- Ma’lumotlarni kompyuterlarda tahlil qilishning tashkil qilinganligini 
baholash; 
- Ma’lumotlarning hammabopligini baholash; 
- Auditning avtomatlashgan uslublarini qo’llash imkoniyatini baholash; 
- Maxsus tayyorgarlik zarurligini baholash. 
Kompyuter tizimini o’rganish. 
Birinchi bosqichning maqsadi - audit tekshirishi muolajalarining mazmunini va 
chuqurligini rejalashtirishga asos sifatida ichki nazorat bo’g’inlaridan foydalanish 
imkoniyatlarini topish uchun nazorat muhiti, buxgalteriya hisobi tizimi va nazorat 
muolajalari to’g’risidagi zarur ma’lumotlarni yig’ishdan iborat: 
Nazorat muhiti: Tashkiliy tuzilma; 
Nazorat muhiti: majburiyat va vakolatlarni topshirish tizimi; 
Nazorat muhiti: tizimni nazorat qilish uchun ma’muriyat tomonidan 
qo’llaniladigan uslublar; 
Buxgalteriya hisobi tizimini o’rganish. 
Nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash. 
Maqsad - audit tekshirishning umumiy va ustama muolajalaridan foydalanish 
zarurligini aniqlash uchun ichki nazorat nosamaradorlik tavakkalchiligini 
baholashdan iborat. 
Kompyuter tizimi: nazorat yondoshish va uning tavsifi. 


522 
Nazoratning umumiy muolajalari tavsifi. 
Nazoratning ustama muolajalari. 
Oddiy kompyuterlashgan tizimda nazorat nosamaradorlik tavakkalchiligini 
baholash. 
Ma’lumotlar umumiy tahlil qilinadigan oddiy tizimlarda kompyuterli nazorat 
muolajalarini testdan o’tkazish. 
Maqsad - kompyuter tizimi muhiti haqida aniq ma’lumotlarni yig’ish. 
Nazorat muolajalarini testdan o’tkazish uchun qo’llaniladigan kompyuter 
texnikalariga umumiy yondoshish. 
Nazorat ma’lumotlarining uslubi. 
Parallel modellashtirish uslubi. 
Aniq ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan nazorat uslubi. 
Operatsiyalarni belgilash. 
Auditorlik fayllari. 
Darhol tayyor bo’ladigan fotosurat. 
Tizim ish yuritishining doimiy nazorati. 
Kengaytirilgan yozuvlar. 
Korxonalarning soliq idoralariga hisobot topshiruvchi va ma’lumotlarni tahlil 
qilish uchun javob beruvchi bo’g’inlari nazoratning ob’ekti hisoblanadi. 
Kompyuter tizimining mohiyatini to’g’ri tushunish uchun tashkil etuvchi 
barcha bo’g’inlarni ko’rib chiqish zarur. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish