Hazm jarayoni boshqarilishining umumiy tarzi. Hazm tizimi jarayonlari (shira ajralishi, motorikasi va so’rilishi) murakkab nerv va gumoral mexanizmlar yordamida boshqarilib turiladi. Hazm tizimi boshkarilishi markaziy reflektor, gumoral va mahalliy mexanizmlardan iborat. Hazm tizimining yuqori qismi asosan markaziy reflektor mexanizmlari yordamida boshqariladi. Og’iz bo’shlig’idan uzoqlashgan sari bu mexanizmning ta’siri kamayib gumoral mexanizmlar salmog’i ortib boradi. Me’da, me’da osti bezi, o’t hosil bo’lish va chiqarilish faoliyatlariga gumoral boshqarilish mexanizmlarinng ta’siri kuchli bo’ladi. Ingichka va yo’gon ichaklar faoliyatini boshkarilishida mahalliy (mexanik va kimyoviy ta’sirlar) mexanizmlarning ahamiyati kattadir.
Oziqli modda turgan sohasiga va undan quyi qismiga hazmning sekretor va motor faoliyatini kuchaytiradi. Oral sohaga (yuqoriga yo’nalishda) esa u tormozlovchi ta’sir qiladi.
Og’iz bo’shlig’idagi hazm. Hazm og’iz bo’shlig’idan boshlanadi, bu erda oziqli moddalar mexanik va kimyoviy ishlovdan o’tadi. Mexanik ishlov-oziq moddalarning maydalanishi, ularning so’lak bilan namlanishi va ovqat luqmasining hosil qilishidan iborat. Kimyoviy ishlov-so’lak tarkibidagi fermentlar ta’sirida oziq moddalarning gidrolizga uchrashidir. Og’iz bo’shlig’iga uch juft katta so’lak bezlarining: qulok oldi, jag’ osti, til osti va tilning yuzasida, tanglay va lunj shilliq qavatida joylashgan ko’p mayda so’lak bezlarining chiqaruv yo’llari ochilgan. Quloq oldi va tilning yon yuzasida joylashgan bezlar shirasi-seroz (oqsil)-ya’ni suv, oqsil va tuzlardan iborat. Tilning o’zagida, qattiq va yumshoq tanglayda joylashgan so’lak shilimshiq bo’lib juda ko’p mustin saqlaydi. Jag’ osti va til osti bezlar aralash harakterga ega. So’lakning tarkibi va xossalari. Og’iz bo’shlig’idagi so’lak aralash harakterga ega. Uning rN 6,8-7,4 ga teng. Odamlarda bir sutkada 0,5-2l so’lak ajraladi. So’lak 99% suv va 1%
quruq moddalardan iborat. Quruq kismi organik va anorganik moddalardan iborat. Anorganik moddalar-xlorid bikarbonatlar, sulfatlar, fosfatlar anionlardan va natriy, kaliy, kalstiy, magniy kationlaridan, hamda temir, mis, nikel va boshqa mikroelementlardan tashkil topgan. So’lak tarkibidagi organik moddalar asosan oqsillardan iborat. Oqsil shilimshiq modda mustin oziq moddalarni biriktirib luqma hosil qilishda ishtirok etadi. So’lak tarkibidagi asosiy fermentlar kuchsiz ishqoriy muhitda faoliyat ko’rsatuvchi amilaza va maltazalardir. Amilaza polisaxaridlarni (kraxmal, glikogen) disaxarid maltozagacha parchalaydi. Maltaza maltozani glyukozagacha parchalaydi.
So’lakning tarkibida oz miqdorda uchraydigan boshqa fermentlar ham bor: gidrolazalar, oksireduktazalar, transferezalar, proteazalar, kislotali va ishqoriy fosfatazalar. So’lak tarkibida bakteriostid ta’sirga ega bo’lgan oqsil tabiatli modda lizostim (muromidaza)mavjud.
Oziq moddalar og’iz bo’shlig’ida oz, o’rtacha 15 sekund vaqt davomida turadilar, shuning uchun ham bu erda kraxmal to’la parchalanib ulgurmaydi. Lekin og’iz bo’shlig’idagi hazm ishga tushiruvchi ta’sir qilishi orqali oziq moddalarni oshqozon-ichak yo’lining keyingi qismlarida parchalanishida katta ahamiyat kasb etadi.
So’lakning vazifalari. So’lak bir necha vazifalarni bajaradi.
Hazmga oid vazifalari-oziq moddalarni namlaydi, shilimshiq (mustin) moddalar qismlarini biriktirib ovqat luqmasini hosil qiladi, yutilishini osonlashtiradi, tarkibidagi fermentlar ta’sirida oziq moddalar gidrolizi boshlanadi.
Ekskretor vazifasi-modda almashinuvida hosil bo’lgan ba’zi metabolitlar so’lak tarkibida chiqariladi, bularga siydik kislotasi, mochevinalar kiradi. Shuningdek, ayrim dorivor moddalar (xinin, strixnin) va organizmga tashqaridan tushgan moddalarning ayrimlari (simob tuzlari, alkogol ) so’lak tarkibida ajraladi.
Himoya vazifasi-so’lak tarkibida lizostim saqlanganligi tufayli bakteriostid xossasiga ega. Mustin kislota va ishqorlarni neytrallash xossasiga ega. So’lak tarkibida ko’p miqdorda immunoglobulinlar bo’lib, ular patogen mikroorganizmlardan himoya qiladi. So’lak tarkibida qon ivishi tizimiga oid moddalar aniqlangan, bularga maxalliy gemostazni ta’minlovchi qon ivish faktorlari: qon ivishiga qarshi faktorlar va fibrinolitik va fibrin stabillovchi faollikka ega moddalarning borligi.
Trofik vazifasi- so’lak tarkibidagi kaliy, fosfor, ruxlar tish emalini shakllanishi uchun sarflanadi.
So’lak ajralishining boshqarilishi. Oziq moddalar og’iz bo’shlig’i shilliq qavatidagi mexano-, termo- va xemoresteptorlarga ta’sir qiladi. Bu resteptorlardan qo’zg’alish til (uch shoxli nerv tolasi) va til xalqum nervlari, nog’ora tolasi (yuz nervi tolasi) va xiqildoqning yuqoridagi nervlari (adashgan nerv tolasi) orqali uzunchok miyadagi so’lak ajratish markaziga boradi. U erdan efferent tolalar orqali qo’zg’alish so’lak bezlariga boradi va so’lak ajralishi boshlanadi. Efferent yo’l simpatik va parasimpatik tolalardan iborat. So’lak bezlari parsimpatik innerastiyasi-til-xalqum nervi va nogora tolalari, simpatik innervastiyasi yuqori bo’yin simpatik tugunlar tolalari orqali amalga oshiriladi. Parasimpatik tolalari oxiridan ajraluvchi mediator asteptilxolin ta’sirida so’lak bezlari tuzlarga boy va organik moddalarni oz saqlovchi ko’p miqdorda suyuq so’lak ajratadi. Simpatik tolalar mediatori noradrenalin ta’sirida so’lak bezlari oz miqdorda quyuk, yopishqoq, oz miqdorda mineral tuzlar saqlovchi va organik moddalarga boy so’lak ajratadi. Adrenalin ham xuddi shunday ta’sir qiladi. R-substanistiyasi so’lak ajralishini kuchaytiradi. SO2 so’lak hosil bo’lishini kuchaytiradi. Og’riq, salbiy xis tuyg’ular, aqliy zo’riqish so’lak ajralishini tormozlaydi.
So’lak ajralishi shuningdek shartli reflekslar yordamida ham boshqarilib turadi. Ovqatning tashqi ko’rinishi, hidi, taom tayyorlashda hosil bo’ladigan tovushlarga shartli refleks hosil bo’lish mumkin.
Chaynash. Oziq moddalar og’iz bo’shlig’iga qattiq bo’lakchalar yoki har xil darajadagi suyuqlik holatida tushishi mumkin. Oziq modda holatiga qarab og’iz bo’shlig’ida mexanik va kimyoviy ishlovdan o’tkaziladi yoki darhol yutib yuboriladi. Yuqorigi va pastki qator tishlar yordamida oziq moddani mexanik parchalanishi chaynash deb ataladi. Chaynash chaynov, shilliq va til muskullari qisqarishi orqali amalga oshiriladi.
Og’iz bo’shlig’idagi resteptorlardan impulslar uch shoxli nerv orqali uzunchoq miyaga, u erdan ko’ruv dumbog’iga va bosh miya po’stlog’iga boradi. Chaynashni boshqarishda uzunchok miyaning harakatlantiruvchi yadrolari, qizil yadro, qora modda, po’stloq osti va pustloq tuzulmalari ishtirok etadilar. Chaynashni boshqarishda ishtirok etadigan neyronlar to’plami chaynash markazi deb ataladi.U erdan uch shoxli nerv orqali chaynash muskullariga impulslar boradi va ular yordamida jag’ yuqoriga, –pastga, oldinga, -orkaga va yon tomonlarga harakatlanadi. Til, lunj va lab muskullari yordamida ovqat luqmasi harakatlantiriladi va chaynash yuzasida ushlab turiladi. Chaynashni boshqarishda chaynov muskullari va tishlar resteptorlaridan borgan impulslar ham katta ahamiyat kasb etadi.
Chaynash quyidagi davrlardan iborat: tinch davri, ovqat luqmasini og’izga kiritish, tusmollash (chamalash), asosiy davr, ovqat luqmasini yutishga tayerlash davri.
Yutish. Oziq moddani og’iz bo’shlig’idan me’daga o’tkazilishi yutish jarayoniorqali amalga oshiriladi. Yutish reflektor harakat bo’lib og’iz, halqum va kizilo’ngach davrlaridan iborat.
Og’iz davri (ixtiyoriy)-ovqat luqmasi til bilan qattik tanglayga bosiladi va tilning o’rta qismidagi muskullar harakati natijasida sekin asta luqma til o’zagiga siljitiladi. Bu erda ovqat luqmasi yumshoq tanglay, til o’zagi va xalqum orqa devori mexanoresteptorlarini qitiqlaydi. Bu resteptorlardan qo’zgalish uch shoxli, til halkum va hikkildoqning yuqori nervlarining afferent tolalari orqali yutish markazi uzunchoq miyaga boradi. U erdan uch shoxli, til osti, til xalqum va adashgan nervlar efferent tolalari orqali kelgan impulslar yutishda ishtirok etadigan muskullarga keladi.
Halqum davrida (tez ixtiyorsiz)yumshoq tanglayni va xiqildoqni ko’taruvchi muskullar qisqarishi hisobiga burun va nafas yo’llari berkiladi.
Nafas markazi uzunchoq miyada nafas markazi yonida joylashgan va u bilan payvasta (restiprok) munosabatda bo’ladi. Shuning uchun ham yutinayotgan paytda nafas to’xtaydi. Tilning harakati bilan ovqat luqmasi halqumga surib tushiriladi. Bu erda luqmani halqumga tushishiga ta’sir qiluvchi asosiy omil og’iz bo’shlig’i va xalqumdagi bosimlar bilan farqlanadi. Luqma xalqumga tushishi bilan uning kirish sohasidagi muskullar qiskaradi. Luqmani qizilo’ngachga surib yuboradi. Bu erda ham xalqum va qizilungach o’rtasidagi bosimlar farqi asosiy harakatlantiruvchi omil bo’lib hizmat qiladi.
Yutishdan oldin xalqum-qizilo’ngach sfinkteri yopiq bo’ladi, yutish davrida xalqumda bosim 45 mm simob ustunigacha ko’tariladi, sfinkter ochiladi va luqma qizilo’ngachning boshlang’ich sohasiga tushadi, bu erdagi bosim 30mm simob ustunidan ortmaydi.
Qizilo’ngach (sekin ixtiyorsiz) davrida qizilo’ngachning peristaltik harakati tufayli ovqat luqmasi me’da tomon siljiydi. Yutinish harakati ta’sirida qizilo’ngachda hosil bo’lgan peristaltik harakatning birlamchi to’lqini me’dagacha boradi. Qizilo’ngachning aorta ravog’i bilan kesishgan sohasida birlamchi to’lqin ta’sirida ikkilamchi to’lqin hosil bo’ladi. Bu to’lqin ham me’daning kardial sohasigacha boradi. Me’daning kardial sfinkteri luqma yaqinlashganda ochiladi va ovqat me’daga tushadi.
. Analitik qism
Do'stlaringiz bilan baham: |