Amaldagi o’quv dasturlarida ma’ruza mashg’ulotlarini muntazam qayta ko’rib chiqish va takomillashtirishga hissa qo’shish



Download 2,93 Mb.
bet7/10
Sana29.07.2021
Hajmi2,93 Mb.
#132151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gagakonferens

O'quv dasturini amalga oshirish

KIPP Jamg'armasi tavsiya qilgan har bir o'quv rejasi uchun biz har tomonlama loyihani taqdim etamiz va amalga oshirishni qo'llab-quvvatlashni rejalashtirmoqdamiz. Biz maktablarimizni o'quv rejalarini muvaffaqiyatli bajarilishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan jadvallar, tuzilmalar va jarayonlar bilan qo'llab-quvvatlaymiz. Shuningdek, biz quyida batafsil tavsiflangan malaka oshirish va o'qitishni qo'llab-quvvatlash manbalarining mustahkam katalogini taklif etamiz.

KIPP ulushi


KIPP o'qituvchisi yangi kasb egasi bo'ladimi yoki tajribali faxriysi bo'ladimi, har doim sinfda o'quv ehtiyojlarini qondirishning eng yaxshi usuli to'g'risida savollar tug'iladi. Shuning uchun bizda 255 ta maktabdagi 6000 ta o'qituvchini birlashtirgan va bizning KIPPsterlarimizning kollejga kirishiga qanday yordam berishlari to'g'risida o'zlarining kollektiv bilimlarini birlashtiradigan bizning rivojlanib borayotgan onlayn hamjamiyatimiz KIPP Share mavjud. O'qituvchi sinf madaniyati, o'quv dasturlarimizning so'nggi versiyasi bo'yicha maslahatlarni qidiradimi yoki KIPP maktab sammitida uchrashgan hamkasbi bilan bog'lanishni xohlaydimi ... barchasi shu erda KIPP Share-da.” Kipp maktablari haqida yanada ko’proq ma’lumotlarni-WWW.KIPP.ORG saytidan olishingiz mumkin.

Ikkinchi yo’l esa nisbatan kam xarjroq yo’l bo’lib, bu haqida Vazirlar mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 48-son qarori asosida “aqlli ta’lim “ tizimini joriy etib,asosiy e’tiborni ta’lim onlain-platformalar va ommaviy ochiq onlayn kurslar tarzidagi texnologik yechimlar to’plamini,virtual real xolat bilan to’ldirilgan ilg’or vizualizatsiya va masofaviy kirish texnologiyalari va boshqalarni o’z ichiga olgan texnologik yechimlarni joriy etilishiga qaratish.Bunda albatta internet tili ingliz tili ekanligini hisobga olib,(internetdagi ma’lumotlarning 52.9 % ingliz,6.3 % nemis,6.1% rus,0.1% o’zbek {forbes statista ma’lumoti 2020-yil dekabr holatida} tilida)maktab bitiruvchilaridan IELTS 5.5 olish sharti bilan ularga o’rta ma’lumot to’g’risidagi attestatni berish qoidasini joriy etish kerak.Ingliz tilidan kamida IELTS 5.5 bor talaba yetakchi bilimlarni saytlar,you tube dan ko’rib o’rganishi hozirgi kunda xoxish bo’lsa murakkab ish emas.

2.3 Ma’ruzalarni tashkil etishda barcha vazifalar va majburiyatlarni bajarish uchun kerak bo’lganda pedagogik texnologiyalardan foydalanish va birlashtirish

Ma’ruza-lotincha “o’qish” degan ma’noni anglatib,qadimda talabalar tik turib bir ustozi gapirib ma’lumot uzatish usuli sifatida,faqatgina falsafa fanini o’qitishda paydo bo’la boshladi,agar sizdan biz eng birinchi ma’ruzalar qaysi fandan o’tilgan?, deb so’rasak hech ikkilanmasdan falsafa deya javob berishingiz kerak.Birinchi ming yillik o’rtalarida,ba’zi rivojlangan mamlakatlarda (Xitoy,Hindiston,Misr,Yevropa davlatlari) bir o’qituvchi tomonidan bir vaqtning o’zida ko’p odamlar o’rganishi uchun ma’ruzalar ishlatilgan.O’sha kunlarda kitoblar juda qimmat va kamyob narsa bo’lganligi uchun o’qituvchi vazifasi-olimlarning asarlarini o’qish va xotirasiga tayanib talabalarga ularni tushuntirib berish bo’lgan.

Bugungi kunda, deyarli harbir kishi biladiki,bunday tushuntirish ma’nosi va mazmuni o’zgargan emas,chunki uning afzalliklariga o’qituvchi zavq bilan bemalol,erkin talabalar bilan muloqot qilib va muntazam bilimlar qo’shib va yaxshilab borish imkoni mavjuddir.

O’quv dasturlarining asosiy qismi bu-ma’ruza.Uning maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

  • Berilgan mavzu bo’yicha eng muxim ma’lumotlarni taqdim etish

  • Albatta fundamental muammolarni yoritish

  • Ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayonini soddalshtirish

  • Zamonaviy ilmiy tafakkur so’nggi yutuqlarini ommalashtirish.

Ma’ruza vazifalarini uslubiy,tashkiliy va axborot berish vazifalariga ajratish mumkin.Yuqorida takidlangan maqsadlarni o’rtaga qo’ygandan so’ng ma’ruza uslubini tanlash lozim. Ba’zan o’qituvchida ta’lim berish uchun hech qanday darslik va o’quv qo’llanmalar bo’lmasa ma’ruza mashg’lotini o’tkazish eng qulay ta’lim berish yo’lidir,bunday holat tez-tez yangi o’quv dasturlarini ishlab chiqish vaqtida va talim tizimini isloh qilish vaqtida sodir bo’ladi.Bunday holda ma’ruza-O’qituvchining konseptual ilmiy bilimlarining to’g’ridan to’g’ri mahsuliga aylanadi.Ma’ruzalar odatda-seminarlar,laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar,kurs ishi loyihasi,test-sinovlari,ta’lim faoliyatining boshqa shakllari uchun poydevor ,asos bo’lib xizmat qiladi.Ma’ruza afzalliklarini ko’rib chiqaylik,keng qamrovli bilim va ob’yektiv o’rganish orqali o’qituvchi tinglovchilarga eng kerakli bilimlarni beradi.Har qanday ta’lim metodi kabi ijobiy va salbiy tomonlari bor albatta.Asosiy foyda tomonlariga:

1.O’qituvchiga har bir talabaga imkoniyat berish,masuliyatli dars jarayonini rejalashtirish va sinfdagi harakatni nazorat qilish imkoni beradi.Bu ta’lim jarayoni ochiq-oydin tizimiga ega va rejalashtirilgan rejasidan zarracha og’ish tez bartaraf qilinishi mumkin degani.

2.Tushuntirish-ko’p sonli odamlarga,ko’p sonli axborotni bir vaqtning o’zida yetkazish,ajoyibdir.shunday qilib juda katta auditoriya qamrovi bor.

3.Bunday tizim yordamida sezilarli darajada shogirt boshiga ta’lim muassasi xarajatlarini kamaytirish mumkin, bu tezlashtirish va jarayonni soddalashtirish tufaylidir.

Ma’ruza kamchiliklari.Talabalarga ma’ruza mashg’ulotlarini asosiy bilim berish usuli sifatida tanlagan ta’lim muassasi ma’muriyati ma’lum xususiyatlarga ega va xabardor bo’lishi lozim.Ta’lim jarayonida ma’ruzachi o’rgatish qobiliyati yuqori bo’lishi kerak,balki nutqi yaxshi rivojlangan aratorlik qobiliyati har bir odamda uchrayvermaydi.zerikarli ma’ruzalar haqida talabalar hikoyalarini ko’p eshitgan bo’lsangiz kerak,shuni aytishim mumkinki bir xil ovoz tonidagi va bir-birini takrorlaydigan so’z va ma’lumotlardan iborat ma’ruzalar asosiy sababi o’qituvchining quruq bilimi,mahoratining yo’qligi aynan.



Ya’na bir kamchiligi ma’ruza tushunchasidir.Aslida u monolog hisoblanadi.Dotsent va talaba o’rtasidagi maksimal aloqa,talabalar savollariga javob berish hisoblanadi.Biroq kamdan-kam holda tashabbuskor,o’qituvchiga savol bera oladigan jasur talabalar keladi.Natijada kam talabalar mu’loqotga jalb etilishi va axborot assimiliyatsiyasining past darajasi kuzatish mumkin.


Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish