Amaldagi o’quv dasturlarida ma’ruza mashg’ulotlarini muntazam qayta ko’rib chiqish va takomillashtirishga hissa qo’shish


Amaldagi o’quv dasturlarida ma’ruza mashg’ulotlarini qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish



Download 2,93 Mb.
bet5/10
Sana29.07.2021
Hajmi2,93 Mb.
#132151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gagakonferens

2.2 Amaldagi o’quv dasturlarida ma’ruza mashg’ulotlarini qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish

Informatsion texnologiyalar asrida o’quv mashg’ulotlarini muntazam takomillashtirish pedagogdan muntazam o’z ustida ishlashni talab qiladi,fanda yangiliklar,yangi kitoblar chiqishi pedagogdan albatta ularni bilishi,zamon bilan hamnafas fikrlashi zarur.Odatda umumta’lim maktablarida 1 o’quv yilida fizika fani 68 soat dars mashg’ulotlari olib boriladi,dars rejasi shunga qarab tuziladi,darsliklar har 4 yilda yangilanadi,biroq zamonaviy fan juda keng va respublikamizda 2020-yil holatiga ko’ra mutaxasislarimiz malakasi yetarli darajada emas,men jannatmakon yurtimizda kuchli fiziklar yo’q demoqchi emasman,balki yetarli darajada emas va ayrim pedagoglarning professionalizmiga shubha bilan qarayman.O’qituvchi o’rganishdan to’xtagan paytda u pedagogik jihatdan “inqiroz”ga uchray boshlaydi.Yurtimizga mutaxasislar emas kuchli mutaxasislar kerak.1997-yildan beri maktablarda dars soati o’zgarmagani mening fikrimcha hozirgi kundagi mutaxasislar tayyorlash tizimining ta’lablarga javob bermasligining bir necha sabablaridan biridir.Ya’ni o’qituvchi yetarli bilimlarni 34 haftada o’quvchiga o’rgatishga ulgurmasligi mumkin.Bunda 2 xil yechim bor dunyo tajribasida AQSHdagi KIPP maktablari yo’li-bunda bolalarga ta’til berilmaydi va darslar ertalab 8 dan kechki 17gacha davom etadi,darslar 1haftada darslar 5 kun davom etadi,maktabda 12:00dan13:00gacha tushlik beriladi,maktab xayriya fondlari tomonidan beg’araz homiylik qilinadi,bu maktab bitiruvchilari hammasi STEM testlari yo’nalishlarida yuqori darjalar qayd qilishadi, ayniqsa matematika fanidan o’zlashtirishi 90% natijani muntazam bir necha 10 yillardan beri qayd qilib keladi.Maktabga odatda 5-sinfdan qabul qilinadi va 12-sinfgacha davom etadi (manba:KIPP San Jose Collegiate; 1790 Educational Park Drive San Jose,CA USA) Bu maktablar tizimiga 255 ta AQSH maktablari kiradi.110000 dan ortiq talaba hozir KIPP maktablarida taxsil oladi.15000 dan ortiq hozirda kollejda tahsil olayotgan KIPP bitiruvchilari.KIPP maktablarining yondashuvi quyidagicha:”O’ylaymizki,kollejga tayyorgarlikning mukammal darajasi talabalarni har qanday hayot yo’lida muvaffaqiyat qozonishiga zamin yaratadi.Bizning talabalar kollejni o’rtacha, o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori va shu kabi iqtisodiy kelib chiqadigan talabalarga qaraganda 3 baravar yuqori darajada tamomlamoqda.Biz g’alaba va qo’llab quvvatlash madaniyatini yaratish va mustahkamlash uchun akademik mukammalllik va xulq-atvor uchun aniq belgilangan va o’lchanadigan yuqori talablarni qo’ydik.Biz bilamizki har bir o’quvchi har xil va biz o’quvchining ehtiyojlari,ko’nikmalari va qiziqishlariga qarab o’rganishni shahsiylashtiramiz. Imkoniyat berilganda barcha talabalar yuqori darajalarda o'rganadilar va yutuqlarga erishadilar. Talabalarni kollejda va ularning martabalarida muvaffaqiyatli bo'lishlari uchun zarur bo'lgan ko'nikma va mazmunli bilimlarga tayyorlash uchun KIPP o'qituvchilari yuqori sifatli, qat'iy o'quv dasturi va ko'rsatmalarini taqdim etadilar. KIPP o'qituvchilari akademik taraqqiyotni kuzatib borish orqali o'z o'quvchilariga nimalarga muhtoj ekanliklarini bilishadi va har bir bola tegishli qo'llab-quvvatlash va qiyinchiliklarga ega bo'lishlari uchun har bir o'quvchiga moslashtiradilar. A'lo darajadagi o'qitishni qo'llab-quvvatlash


KIPP bilan etakchilik sayohatingizni boshlash uchun ajoyib joy - bu KIPPning quvnoq madaniyatga va qat'iy ko'rsatmalarga yondashuvini o'zingiz bilib olgan sinf. Siz o'qituvchi rahbarining boshqa o'qituvchilarga murabbiylik qilish yoki darajadagi darajani boshqarish kabi imkoniyatlaridan foydalanish orqali sinfda bo'lganingizda etakchi sifatida rivojlanishni davom ettirishingiz mumkin.


Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish