Mavzu: Hayot sugurtasida tariflarni ishlab chiqish uslubiyoti takomillashtirish yonalishlari. Reja: Kirish - Baliq skeleti.
- Nilufar guli.
- Reproduktiv test.
- Ha – yo’q o’yini.
- Xulosa.
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Sug‘urtalanuvchining hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati bilan bog‘liq mulkiy manfaatlari shaxsiy sug‘urtaning obyekti hisoblanadi. Sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar hamda sug‘urtalangan shaxslar shaxsiy sug‘urta subyektlaridir. Shaxsiy sug‘urta, odatda, fuqarolarning quyidagi xavfxatarlardan himoyalanishini nazarda tutadi: — sug‘urtalanuvchining yoki sug‘urtalangan shaxsning vafot etishi; — mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotishi; — nafaqa yoshiga yetishi bilan fuqaroning faol mehnat faoliyatining tugashi. Shaxsiy sug‘urta turlari 123 Yuqorida qayd etilgan hamma holatlarda sug‘urta hodisasining ro‘y berishi sug‘urtalanuvchining yoki sug‘urtalangan shaxsning daromadi kamayishiga sabab bo‘ladi. Ilmiy-iqtisodiy adabiyotlarda shaxsiy sug‘urta turlicha tasniflanadi. Mutaxassislar o‘rtasida keng tarqalgan fikrlarga ko‘ra, shaxsiy sug‘urta 2 ta kichik tarmoqqa bo‘linadi: — hayot sug‘urtasi; —sog‘liqni sug‘urtalash. Sog‘liqni sug‘urtalash, o‘z navbatida, 2 ta guruhga bo‘linadi: — baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash; —tibbiy sug‘urta. Golovka: hayot sug’urtasida tariflarni ishlab chiqishda duch keladigan muammolarga atroflicha yechimlar. - Muammolar
- 1)Tariflarni o’zaro kelishgan holda sun’iy ravishda oshirish - qattiq nazoratga olish va qonunlar ishlab chiqish.
- 2) Fuqarolarning sug’urta va uning tariflari haqida tushunchasi kamligi – AOV orqali xalqqa ko’proq tushuncha berish.
- 3) Raqobatning kamligi- raqobatchilarni ko’paytirish kerak.
- 4) Aktuariylarning kamligi – mutaxasislarni tayyorlash va ularga yo’l ochish.
Xvostka:Hayot sugurtasida tariflari bilan bog’liq barcha yangiliklarni OAVlarda doimiy ravishda e’lon qilish.
Hayot
sug‘urtasi
Chet elga ketayotgan shaxslarni sug‘urtasi
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash
Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va kasal bo‘lish holatidan sug‘urta
Vafot etish holatidan uzoq muddatli sug‘urta
Tibbiy sug‘urta
Chet elga ketuvchilarni kasalliklardan sug‘urta
Hayot sug‘urtasi
Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash
Fuqarolarning sog‘lig‘ini va kasalliklardan sug‘urtalash
Fuqaroni ma’lum yoshgacha yetishish sug‘urtasi
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta turlariga quyidagilar kiradi:
Reproduktiv test - 1) Sug‘urta faoliyati ……ga ko’ra Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i (sohasi)da jami ….. mavjud.
- 2) Hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi sifatida har qanday …… va ……. shaxs bo‘lishi mumkin.
- 3) Shaxsiy sug‘urta …… kichik tarmoqqa bo‘linadi: ……... va ………….
- 4) Sog‘liqni sug‘urtalash, o‘z navbatida …..guruhga bo‘linadi: ……… va ……….
- 5) Hayot sug‘urtasi …….. bo‘lib, unda shartnoma bo‘yicha belgilangan sug‘urta summasi ……jamg‘arilib boradi.
- 6) Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashda sug‘urta summalari…….., muddati ……..dan oshmaydi.
- 7) ……… hamda ……. va …….. hodisalari ro‘y berishi oqibatida sug‘urtalangan shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga shikast yetkazilsa yoxud o‘limga olib kelsa sug‘urta summasi to‘lanmaydi.
- 8) Investitsion faoliyatdan olingan …….. sug‘urta kompaniyasining tarif siyosatiga ta’sir etuvchi ……..sanaladi.
- 9) ……….yordamida har bir sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta shartnomasi bo‘yicha ………sug‘urta mukofoti aniqlanadi.
- 10) Sug‘urta mukofotlarining stavkalari …….. uchun hisoblab chiqiladi, ya’ni tarif hisoblari asosida belgilangan davr uchun ………ta’minlanadi.
Tushurib qoldirilgan so’zlar. - klassifikatori, 4 ta klass.
- yuridik, jismoniy.
- 2 ta, hayot sug‘urtasi, sog‘liqni sug‘urtalash.
- 2 ta, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, tibbiy sug‘urta.
- Uzoq muddatli, har yili.
- jamg‘arilmaydi, 1 yil.
- Yadro portlashi, radiatsiya, nurlanish.
- foyda summasi, muhim omil .
- Тarif stavkasi, to‘lashi kerak bo‘lgan .
- tarif davri, ekvivalentlik.
Ha – Yo’q o’yini. 1. Sug‘urta faoliyati klassifikatoriga ko’ra Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i (sohasi)da Hayot va annuitetlar, Nikoh va tug‘ilish, Hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish , Sog‘liqni sug‘urta qilish kabi klasslar kiradi. (HA) 2. Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta turlariga hayot sug‘urtasi kiradi. (HA) 3. Hozirgi paytda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari, asosan, quyidagi sug‘urta turlarini amalga oshirishadi: baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash; ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va kasal bo‘lish holatidan sug‘urta; chet elga ketayotgan shaxslarni sug‘urtasi; hayot sug‘urtasi. (HA) 4. Shaxsiy sug‘urtaning ixtiyoriy turlari bo‘yicha tarif stavkalari sug‘urta tashkiloti tomonidan bozordagi talab va taklif, mijozning yoshini hisobga olgan holda aktuar hisob-kitoblar asosida ishlab chiqiladi. Shaxsiy sug‘urtaning majburiy turlari bo‘icha tarif stavkalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq hukumat tomonidan belgilanmaydi. (YO’Q) 5. Sug‘urtalangan shaxsning baxtsiz hodisa ro‘y berishi natijasida tishiga shikast yetganda, sug’urtalovchi sug’urta summasini to’lab beradi. (HA) 6. Sug‘urta tarifi stavkasi sug‘urta summasiga nisbatan ulushlarda belgilanadi. (YO’Q) 7. Har qanday sug‘urta turi bo‘yicha tarif stavkasi brutto-stavka sifatida qaraladi. (HA) 8. Hayot sug‘urtasi tarmog‘ida risk ehtimoli mijozlar jinsi va yoshiga ko‘p jihatdan aloqador. (HA) 9. Hayot sug’urtasi mukofoti risklilik darajasiga qarab belgilanadi. (HA) 10. Hayot sug’tasi O’zbekistonda qoloq sug’urta turidan biri hisoblanadi. (HA) Xulosa Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Hayot sug’urtasida tariflarni aniqlashda shaffoflik va aniqlikka katta e’tibor berish lozim. Zero,rRisk qoplamasi to‘lovining kattaligi sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Risk bo‘yicha sug‘urta mukofoti uning yuz berish ehtimolligining vaqt va kenglikdagi holatidan keltirib chiqariladi. Hayot sug‘urtasi tarmog‘ida risk ehtimoli mijozlar jinsi va yoshiga ko‘p jihatdan aloqador bo‘lsa, umumiy sug‘urta tarmog‘ida esa, nisbatan doimiy risk mavjuddir. Ammo ma’lum vaqt oralig‘ida risk kattaligi o‘zgarishi ham kuzatiladi. - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 1-avgistdagi PQ2569 sonli qarori.
- Sug’urta ishi. A.Uralov.
- www.Sug’urta.uz
- www.uzbekinvest.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |