Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

xususiy mulkchilik 
bu – qonun 
hujjatlarida belgilangan reglamentga ko‘ra, o‘zlariga tegishli mulk ob’ektlariga 
nisbatan ularni tasarruf qilish, ularga egalik qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha 
o‘z hoxish-istagiga binoan har qanday harakatni amalga oshirish huquqiga ega 
fuqarolar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zlashtirish shaklidir. Ishlab 
chiqarishning nomi keltirilgan moddiy omillariga 
davlat mulkchiligi 
bu – 
o‘zlashtirishning shunday shakliki, unda ushbu omillarni tasarruf qilish, ularga 
egalik qilish va ulardan foydalanish sub’ekti bo‘lib davlat hisoblanadi. Bunda, agar 
ko‘pchilik resurslarni tasarruf qilish va ularga egalik qilish huquqi davlatga tegishli 
bo‘lsa, unda davlat qonun darajasida tovar-moddiy qimmatliklarni iqtisodiy 
aylanma doirasidan tashqariga chiqaradi va, xususan yerni muddatsiz yoki bepul 
foydalanishga berishi natijasida davlat mulkchiligi rejali iqtisodiyotning asosini 
tashkil qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning moddiy omillariga davlat 
mulkchiligi har qanday yuridik shaxsning xususiy mulkchiligidan prinsipial 
jihatidan farq qilmaydi, chunki davlat ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish, 
egalik qilish va ularni tasarruf qilishda bozor qoidalariga bo‘ysunadi. Shuning 
uchun xulosa qilish mumkinki, ishlab chiqarishning moddiy omillariga xususiy va 
davlat mulkchiligining bir-biridan farqi faqat ularning qaysi iqtisodiy tizimga 
(rejali, bozor, aralash va boshqalar) taalluqliligidadir. Ushbu farq esa faqat 
mulkchilik shakllari bilan tovar-moddiy qimmatliklarning iqtisodiy aylanishi 
xarakterida ko‘rinadi. Masalan, davlat mulkchiligi sharoitida ishlab chiqarishning 
moddiy omillari bilan davlatning boshqarish funksiyalari amalda qo‘shilib, 
birlashib ketadi. Muayyan davrga kelib iqtisodiy o‘sish yo‘llarining (masalan, 
ekstensiv) imkoniyatlari, ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi ushbu 
mulkchilikni o‘zgartirishni taqozo qilganda, bozor iqtisodiyotining zarur 


202 
boshlang‘ich talabi – davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish orqali ushbu mulk shaklini bartaraf qilish va uni davlat 
boshqaruvidan ajratish hisoblanadi. Xususan, O‘zbekistonda mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining 
eng asosiy muammosi sifatida qaraldi va ayrim holatlarda ushbu jarayonni sinxron, 
ya’ni barcha ishlab chiqarish omillarini xususiylashtirishga bir xil yondashuvlar 
amalga oshirilganligi sababli iqtisodiyotdagi xo‘jalik aloqalari buzilishlariga yo‘l 
qo‘yildi yoki iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan asoslangan 
qarorlarni qabul qilish imkonini bermadi. 
Shu nuqtai nazardan, hatto bozor iqtisodiyoti sharoitida ham davlat 
mulkchiligining yuqori ulushining saqlanishi ijtimoiy mahsulotni takror ishlab 
chiqarish tezligini ancha sekinlashtirishi mumkin. Chunki davlat bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ham unga tegishli mulk ob’ektlarini fuqarolarga, jismoniy va yuridik 
shaxslarga tasarruf qilish huquqini saqlagan holda berishi bilan (ijara, garov, 
ishonchli boshqaruv va boshqalar) bozor iqtisodiyoti dinamikasiga, uning 
raqobatlashganligiga va boshqalarga u yoki bu ta’sirini ko‘rsatadi (davlat 
mulkining umumiy mulk hajmidagi ulushiga bog‘liq holda). O‘zbekistonning 
hozirgi iqtisodiyotida davlat mulkining, avvalo, unda yer va boshqa tabiiy 
resurslarning, ulushi yuqoriligi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yangilash 
imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda. O‘zbekistonning juda katta yer va boshqa 
tabiiy 
resurlari 
salohiyati, 
ushbu 
salohiyatdan 
foydalanish 
jarayonida 
shakllanadigan iqtisodiy munosabat va shakllarni o‘zgartirish haqida gap ketganda, 
o‘ta murakkab ob’ektdir. Modomiki, tabiiy resurslar salohiyati moddiy ishlab 
chiqarishning tabiiy asosini tashkil qiladi desak, unda ushbu salohiyat doirasida 
shakllanadigan iqtisodiy munosabatlar va umuman iqtisodiy munosabatlar 
tizimining ahvoli ham shunday bo‘ladi. 
Shuning uchun ham davlat mulkining natural-moddiy tuzilishi juda muhim 
hisoblanadi. Uning iqtisodiyotga ta’sir qilish me’yori nafaqat davlat mulkining 
ulushi, balki moddiy ishlab chiqarishda foydalaniladigan ushbu mulkning moddiy 


203 
omillar hajmidagi nisbiy ulushi bilan belgilanadi. Bu holatda iqtisodiy o‘sish 
tipining ahamiyati muhimdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida va ijtimoiy ishlab 
chiqarishning intensiv xarakterida davlat mulki asosan ijtimoiy soha, ekologiya, 
xavfsizlik yo‘nalishlariga xizmat qiladi. Masalan, AQSHda mamlakat yer 
fondining 30%ga yaqini davlatga tegishli bo‘lib, ular asosan tabiatni muhofaza 
qilish, tabiiy-qo‘riqxona, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy 
maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardir. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar esa, 
fermer xo‘jaliklarining xususiy mulki hisoblanadi. Jismoniy shaxs yoki 
korporatsiya egalik qilishi mumkin bo‘lgan yer mulkchiligining xarakteri va hajmi 
na fedyeral qonunlar, na shtatlar qonunlari bilan cheklanmagan. Cheklovlar asosan 
u yoki bu yer kategoriyalaridan foydalanishning maqsadliligi bilan bog‘liqdir. 
Yerning narxi talab va taklifdan kelib chiqqan holda tartibga solinadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat mulkining ulushi davlat tomonidan 
tartibga solish uslublarini ham belgilaydi. U asosan davlat byudjeti, ya’ni soliqlar, 
foiz stavkasi, davlat mulki ulushi va tuzilishidagi o‘zgarishlar orqali amalga 
oshiriladi. Misol uchun, iqtisodiyotning tang holati, ayniqsa, inqiroz sharoitida 
davlat unga tegishli mulk ulushini, avvalambor, moddiy ishlab chiqarish sohasida, 
qisqartiradi. 
Misol 
sifatida 
Angliyada 
1970-80 
yillarda 
o‘tkazilgan 
xususiylashtirishni aytish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti shakllanishi asnosida mulk munosabatlarini, shu jumladan 
yer mulkchiligini transformatsiya qilish jarayoni xususiylashtirish va davlat 
tasarrufidan chiqarish shakllarida amalga oshirilishi mumkin. Bular, o‘z navbatida, 
davlat mulkini fuqarolar, jismoniy va yuridik shaxslarning xususiy mulki sifatida 
o‘zgartirish 
yaxlit 
jarayonining 
o‘zaro 
bog‘liq 
tarkibiy 
qismlaridir. 
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish pirovard natijalarining yagona 
mohiyati bu – xususiy mulkni iqtisodiy reallikka aylantirish maqsadida ishlab 
chiqarishning barcha omillarini ayirboshlash jarayoniga tegishli bozor mohiyatini 
shakllantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishdir.


204 
Mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirishning yaxlit jarayoni doirasida 
xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning bir-biridan farqi mulkchilik 
shakli bilan uni realizatsiya qilish shaklining (ayirboshlash fazasi sifatida bozor 
shaklining tor ma’nodagi tushunchasi) o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadi va ishlab 
chiqarish resurslarini begonalashtirish usuli bilan belgilanadi. Xususiylashtirish bu 
– odatda, sotish-sotib olish akti yo‘li bilan, ya’ni davlatga tegishli mulkni 
fuqarolar, jismoniy va yuridik shaxslarga u yoki bu shaklda (xususiylashtirish 
cheklari, sotish, tekinga berish va b.) realizatsiya qilish yo‘li bilan resurs 
mulkdorini almashtirishdir, ya’ni xususiy mulkni yaratishdir. 
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish yo‘li bilan o‘zgartirish shundan 
iboratki, bunda davlat mulki ob’ekti fuqarolarga, jismoniy va yuridik shaxslarga 
ijaraga, garovga, ishonchli boshqaruvga beriladi. Ya’ni, xususiylashtirish bilan 
davlat tasarrufidan chiqarish bir-biridan mulkdor huquqlarining hajmiga ko‘ra 
farqlanadi. Birinchi holatda mulkdor mulk ob’ektidan foydalanish natijalaridan va 
mulk ob’ektidan foydalanish, ularga egalik qilish va ularni tasarruf qilish huquqiga 
ega, ikkinchi holatda esa, faqat mulk ob’ektini tasarruf qilish huquqiga ega. 
Demak, ushbu farq mulkchilik munosabatlari mulk ob’ektidan foydalanish, unga 
egalik qilish va uni tasarruf qilish huquqlarining yaxlitligini ifodalashga va, o‘z 
navbatida, mulk ob’ekti bir vaqtning o‘zida bir necha fuqarolar, jismoniy va 
yuridik shaxslarga tegishli bo‘lishi mumkinligiga asoslangan.
Bozor iqtisodiyotining shakli sifatida xususiylashtirish va davlat tasarrufidan 
chiqarish mazmunining o‘xshashligi shundaki, masalan ijaraga yoki garovga 
berilgan mulk ob’ekti u yoki bu yo‘l bilan ijarachi yoki garovga oluvchining 
mulkiga aylanishi mumkin. Boshqacha aytganda, to‘g‘ri amal qilayotgan bozor 
iqtisodiyoti mulkni begonalashtirishning har xil shakllari, ya’ni sotib olish-sotish, 
garov, ijara va boshqalar o‘rtasida muayyan nisbatlar bo‘lishini taqozo qiladi. 
Ushbu nisbatlar mulkchilik munosabatlari harakatining, o‘z navbatida, umuman 
iqtisodiy tizimning ham intensivligini belgilaydi. Bu nisbatlar bozor tuzilishiga, 
xususan, undagi yer va boshqa ko‘chmas mulk elementlariga bog‘liq bo‘ladi. 


205 
Kichik elastiklik, masalan, yerga talab va yer narxining yer taklifiga nisbatan yer 
bozorida ayirboshlash jarayonining past intensivligini keltirib chiqaradi. 
Boshqacha aytganda kapital bozori o‘zining katta harakatchanligi va tez 
moslanuvchanligi 
bilan, 
demak, 
tegishli 
iqtisodiy 
shakllar 
miqdor 
ko‘rsatkichlarining o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. To‘g‘ri amal qilayotgan 
bozor iqtisodiyotida uning intensivligi ishlab chiqarishning turli moddiy omillari 
bozorlarining o‘rtacha intensivligi bilan belgilanadi. Ushbu iqtisodiy mexanizm 
ta’sirida bozor iqtisodiyotining balansliligi ta’minlanadi. 
Shunday ekan, mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishidagi muammolarning 
mavjudligini, avvalambor, mulkchilik munosabatlari holati va turli ishlab chiqarish 
resurslari, birinchi navbatda ishlab chiqarish vositalari va yer aylanishi 
xarakterining har xilliligi bilan tushuntirish mumkin. Ushbu yo‘nalishda davlat 
mulkiga tegishli bo‘lgan asosiy tabiiy resurslar turlarining monopol holati ham o‘z 
ta’sirini ko‘rsatadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, bu yerda asosiy mezon, 
ko‘plab olimlar, ekspyertlarning fikriga ko‘ra, faqat xususiy mulk doirasida ishlab 
chiqilgan mahsulot hajmi 60-65%dan kam bo‘lmasligi ko‘p ukladli iqtisodiyotning 
shakllanganligini anglatadi. Lekin, bizningcha, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
mohiyati mono ukladli iqtisodiyotning bir tipidan ikkinchi tipiga o‘tish bilan, ya’ni 
ushbu holatda davlat mulkidan xususiy mulkka o‘tish yoki aksincha bo‘lishi bilan 
ifodalanadi, xolos. Masalan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga mulkchilik 
shakli nuqtai nazardan qaraganda mono ukladlilikning bir tipi, ya’ni faqat davlat 
mulki mavjud bo‘lganda bo‘lishi mumkin. Agar fermer, dehqon xo‘jaliklari yerlari, 
tomorqa yerlari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq yerlarning aksariyat qismi (60-65%) xususiy mulk bo‘lganida, mono 
ukladlilikning ikkinchi tipi shakllanadi.
Yerga nisbatan ko‘p ukladlilik tarafdorlari bu borada rivojlangan 
mamlakatlar tajribasiga (qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan dotatsiyalash kabi) 
iqtibos qilishadi. Lekin amaliyotda bozor iqtisodiyoti to‘g‘ri rivojlanayotgan ushbu 
mamlakatlarda ko‘p ukladlilik, ayniqsa qishloq xo‘jaligi jamoa xo‘jaliklari mavjud 


206 
emas. Masalan, AQSHda bir yilda 100 ming dollardan ortiq mahsulot sotgan 300 
ming fermer xo‘jaliklari (barcha fermerlarning 14%i) jami tovar mahsulotining 
70%ini ishlab chiqadi. Ularda taqriban 80% qishloq xo‘jaligi yollanma ishchilari 
band. Boshqa tarafdan bir yilda 20 ming dollardan kam summaga qishloq xo‘jaligi 
mahsuloti ishlab chiqaradigan fermer xo‘jaliklari 1 mln. 400 mingga yaqinni 
(barcha fermerlarning 63%i) tashkil qiladi, ular 9%ga yaqin qishloq xo‘jaligi 
mahsulotini ishlab chiqadi. Ularning aksariyati zarar ko‘rib ishlaydi. Bir fermer 
xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining maydoni o‘rtacha 100-
200 gektarni, qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar 2,2%ni tashkil qiladi. Davlat 
dotatsiyalari agrar sektor iqtisodiyotini belgilamaydigan zarar ko‘rib ishlaydigan 
fermer xo‘jaliklariga beriladi. 
Iqtisodiy mazmun va yuridik shakl jihatidan yaxlit hisoblanadigan ishlab 
chiqarish vositalariga va yerga xususiy va davlat mulkchiligini, ya’ni mulk 
ob’ektidan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf qilish huquqlarini 
realizatsiya qilishning muayyan shaklidan kelib chiqib, tushunish mulkchilik 
munosabatlarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish sifatida 
o‘zgartirish jarayonlarini tasavvur qilish imkonini beradi. 
Umuman olib qaraganimizda, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va 
hududlarida 
mazmun-mohiyati 
jihatidan 
yaxlit 
bo‘lmagan 
iqtisodiy 
munosabatlarning mavjud bo‘lishi sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarishni amalga 
oshirishga urinishlar pirovard natijada nomutanosiblik va deformatsiyalanishlarga 
olib keladi. Mamlakatimizda bozor munosabatlariga o‘tish amaliyotini tahlil qilish 
ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyotning umumiy bozor holatidagiga qaramasdan 
(xususiylashtirish, narxlarni erkinlashtirish va hokozo) yer va boshqa tabiiy 
resurslarga nisbatan iqtisodiy munosabatlarning bozor xarakterda emasligi ushbu 
munosabatlar ko‘proq bozorga xos bo‘lgan iqtisodiyot sohalariga yukning 
(ijtimoiy, soliq, moliyaviy, investitsiyaviy, kredit resurlarining etmasligi va 
hokozo) o‘sishiga olib kelmoqda. Ajablanadigan holat yuzaga kelmoqdaki, bozor 
iqtisodiyotini shakllantirish choralari bir vaqtning o‘zida unga to‘siq sifatida ham 


207 
namoyon bo‘lmoqda. Iqtisodiy munosabatlar tizimida ishlab chiqarishning asosiy 
moddiy omillari – asosiy ishlab chiqarish vositalari va yerga nisbatan 
nomutanosibliklarni bartaraf qilmasdan turib yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 
ta’minlash o‘ta murakkab masala hisoblanadi. Mohiyat e’tiboriga ko‘ra, aynan 
shunday yondashuv iqtisodiyotni yanada rivojlantirish keyingi bosqichlarining 
asosiy mazmunini tashkil qilishi mumkin va lozim.
Ushbu holat shundan darak bermoqdaki, ishlab chiqarishning moddiy 
omillariga mulkchilikning mazmun jihatidan o‘xshash iqtisodiy munosabatlari 
shakllangan iqtisodiyotgina to‘g‘ri va samarali faoliyat qilishi mumkin. Bozor va 
rejali iqtisodiy tizimlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, faqat monoukladli 
iqtisodiyot, ya’ni jami ijtimoiy mahsulotni qaysi ustun turuvchi mulkchilik 
shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqilayotgan bo‘lsa, 
o‘sha iqtisodiyot va mulkchilik shakli yashay oladi. Boshqacha aytganimizda bir 
xil iqtisodiy munosabatlar va uni huquqiy ifodalovchi shakllar ustun mulkchilik 
munosabatlari doirasida o‘sha mulkchilik munosabatlariga adekvat (mos va xos) 
bo‘ladi, boshqasi rudimentar, ya’ni bu tizimga yot hisoblanadi. Bunga misol 
sifatida yer ijarasi munosabatlari va doimiy (muddatsiz) yerdan foydalanishni 
keltirish mumkin. Yer ijarasi bozor iqtisodiyotida yer bozorining bir qismi 
hisoblansa, rejali iqtisodiyotda tasodifiy hisoblanadi, ikkinchisi rejali iqtisodiyotda 
yerga davlat mulkchiligini realizatsiya qilish shakli hisoblansa, bozor sharoitida 
yer mulkchiligining rudimentar qismi hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yer munosabatlarini bozor iqtisodiyoti 
shartlari va talablariga mos tarzda isloh qilish zaruratining paydo bo‘lishi bilan bu 
borada o‘ziga xos tizimli muammolarga duch kelinmoqda. Mamlakatimizning yer 
fondi asosan davlat mulki hisoblanishi, yerdan foydalanuvchilarga muddatli va 
muddatsiz tarzda “berib” qo‘yilganligi, so‘nggi yillarda yer resurslaridan 
foydalanishni boshqarishdagi kamchiliklar va ularni takror ishlab chiqarish 
siklining yakunlanmaganligi, bu boradagi iqtisodiy mexanizmning to‘liq 
shakllanmaganligi, yer ijarasi huquqining iqtisodiy mazmuni aniq emasligi, 


208 
yerning bozor qiymati bahosi yo‘qligi, yer solig‘i yerdan foydalanishda 
rag‘batlantiruvchi rolni bajarmayotganligi, iqtisodiy rag‘batlantirish tamoyili to‘liq 
amal qilmayotganligi va boshqa holatlar mamlakatimizda yer munosabatlarini 
tubdan modernizatsiya qilish va yangilashni taqozo qilmoqda. Bunda qishloq 
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga mulkchilik munosabatlarini tranformatsiya 
qilish, ya’ni o‘zgartirish muammosi asosiy bo‘lib qolmoqda. Agar bu yerda bozor 
iqtisodiyoti qoidalaridan kelib chiqadigan bo‘lsa, bunda yoki yerni mulk va 
xo‘jalik ob’ekti sifatida bitta jismoniy yoki yuridik shaxs, masalan, fermer xo‘jaligi 
qo‘lida birlashtirish, yoxud ularni ajratish, ya’ni yerni ijaraga berish lozim. Bozor 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda yer munosabatlarining ushbu shakllari 
ustun hisoblanadi. Qolaversa, ushbu mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishining yuqori samaradorligi ham yer munosabatlarining mazkur shakllari 
bozor iqtisodiyoti agrar sektorida ishlab chiqaruvchi kuchlar xarakteri va 
rivojlanish darajasiga mos kelishidan darak beradi.
Yer va boshqa tabiiy resurslarga mulkchilik munosabatlari haraktyerining va 
bozor sharoitida ularni transformatsiya qilish shakllarining o‘zgarishi tabiiy 
resurslar kadastri kabi ulardan foydalanishni boshqarish muhim instrumentining 
mazmun-mohiyati va yuritish tartibi bilan bog‘liq bo‘lmasdan qolmaydi. Tabiiy 
resurslar kadastri tizimi haqidagi masala XX-asrning ikkinchi yarmida yaratilgan 
ilmiy asarlarda ko‘tarila boshlandi va u tabiiy resurslarga bo‘lgan yukning ortishi 
va atrof muhitning yomonlashishi va ushbu sharoitlarda tabiatdan foydalanish 
samaradorligini oshirish zaruratidan kelib chiqdi. Bu esa, o‘z navbatida, tabiiy 
resurslarning miqdori va sifati, ularning iqtisodiy (xalq xo‘jaligi) qimmati va 
hokozolar haqidagi sistematik ma’lumotlar (axborotlar) mavjudligini talab qilardi. 
Oqibatda tabiiy resurslar kadastrlarini tuzish bo‘yicha ishlar boshlangan. Lekin 
dastlab kadastrni tabiiy resurslardan foydalanishning tekinligidan kelib chiqib, 
iqtisodiyot (xalq xo‘jaligi) hisobining shakli sifatida shakllantirishga kirishilishi 
natijasida o‘rmon, suv, mineral xom-ashyo resurslarining miqdori va sifati 
haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish bilan kifoyalangan. Strukturaviy nuqtai nazardan 


209 
faqat yer kadastri talab darajasida yo‘lga qo‘yila boshladi. Lekin u ham rejali 
iqtisodiyot munosabatlarini aks ettirar edi.
Bozor munosabatlariga o‘tish esa, unga mos va xos yer kadastri tizimini 
yaratish vazifasini juda ham dolzarb qilib qo‘yadi, chunki yerlarni 
xususiylashtirish, yer uchun haq to‘lash, yer bozorini shakllantirish va eng muhimi 
yer resurslarini investitsiya (kapital) resursiga aylantirish va boshqa bozor 
iqtisodiyoti bilan bog‘liq institutlarni barpo qilish zarur va yetarli yer kadastri 
axborotlarining yo‘qligi sharoitida o‘ta murakkab vazifa hisoblanadi.
Yerdan foydalanishning hozirgi zamon bosqichida yer resurslari 
kadastrining muammolari, birinchi navbatda, uni bozor iqtisodiyoti qonunlari 
talablaridan kelib chiqadigan tarzda shakllantirish tamoyillarini amalga oshirish 
bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Yer resurslari kadastri mulkchilikning bozorga xos 
shakllarini aks ettirishi lozim, bu esa, uni avvalambor davlatning fiskal siyosati 
instrumentiga aylantiradi.
Bunda tegishli qonun hujjatlarini qabul qilish, yer resurslarining iqtisodiy 
(xalq xo‘jaligi) qimmatini aniqlash uslubini ishlab chiqish, statistik hisobotni 
takomillashtirish talab qilinadi. Boshqacha aytganda, bu yerda gap yer 
resurslarining yagona kadastrini shakllantirish metodologiyasini ishlab chiqish 
to‘g‘risida bormoqda. Uning zarurligi yer resurslari kadastri boshqa tabiiy resurslar 
kadastrlari tizimining konstruksiyasini (“suyagini”) tashkil qilishi, ya’ni yer 
resurslarining ijtimoiy ishlab chiqarishdagi roli, ularning qishloq va o‘rmon 
xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hamda iqtisodiyotning turli ob’ektlarini 
joylashtirish uchun kenglik bazisi ekanligi, tabiiy resurslar barcha turlarining 
ma’lum ma’noda yer bilan bog‘liqligi bilan izohlanadi. 
Yagona yer kadastri tushunchasi, uni tuzish va yuritish tamoyillari tabiiy 
resurslar kadastrlari nazariyasi va amaliyoti haqidagi asarlarda to‘liq 
ifodalanmagan va talqin qilinmagan. Mantiq nuqtai nazaridan yagona yer 
kadastrining mazmun-mohiyatini “kadastr” tushunchasidan kelib chiqib aniqlash 
kerak. Yer kadastri nima degani? “Kadastr” so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, muayyan 


210 
predmetlarning ro‘yxati yoki maydoni, tuproq sifati, yer solig‘i miqdori 
ko‘rsatilgan holda soliqqa tortiladigan yerlar ro‘yxatini ifodalaydigan kitob degan 
ma’noni anglatadi. Yer kadastri tushunchasining ushbu ta’rifi yer uchastkasining 
huquqiy holatini, uning miqdor va sifat jihatidan ahvolini, davlat tomonidan yer 
mulkdoridan undiriladigan yer solig‘i miqdorini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar 
tizimi sifatida uning mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Yer kadastrining bunday 
ta’rifidan ko‘rinadiki, u asosan fiskal funksiyani bajaradi.
Demak yer kadastri dastlabki bosqichdayoq axborotlarning taxminiy 
yig‘indisi tarzida emas, balki har qaysisi muayyan axborot yukiga ega bo‘lgan 
qismlardan iborat o‘zaro bog‘liq maqsadga yo‘naltirilgan ko‘rsatkichlar tizimini 
ifoda qilib keldi. Bundan yer kadastrining qat’iy belgilangan mantig‘i – u 
mulkchilik munosabatlari ob’ekti sifatidagi yer uchastkasining xarakteristikasidan 
boshlanadi. Bu esa, pirovard natijada muayyan axborotlar hajmini shakllantirishni 
taqozo qiladi. 
Yer kadastrining mazmun-mohiyati tabiiy atrof muhit va iqtisodiy 
munosabatlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Agar bozor iqtisodiyoti sharoitida yer 
kadastri asosan yerdan foydalanish sohasida yer solig‘iga tortish instrumenti rolini 
bajarsa, rejali iqtisodiyotda esa, yerlarning hisobini yuritishga qaratilgan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, avvalambor, yer kadastrining fiskal vazifasini 
tiklaydi. Shu bilan bir vaqtda yer resurslarining cheklanganligi va ular ekologik 
holati yomonlashishining tobora oshib borishi yer kadastrining nafaqat yer 
resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni boshqarish 
instrumenti rolini bajarishini, balki mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy 
o‘zgartirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish jarayonlarini axborot 
bilan ta’minlash rolini ham bajarishini taqozo qilmoqda. Bu esa, hozirgi zamon yer 
kadastri yerlarning barcha kategoriyalarini qamrab olishni nazarda tutishi lozim. 
Demak yagona yer kadastrini yaratish zarurati paydo bo‘lmoqda. 


211 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish