Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019


Yer uchastkasi narxining tuzilishi (10.7) formulaga asosan grafik tarzda  10.3 – rasmda ifodalanadi.  Ne



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

 
Yer uchastkasi narxining tuzilishi (10.7) formulaga asosan grafik tarzda 
10.3 – rasmda ifodalanadi. 
Ne 
Nrk
p
 
Nrk
1
 
Nr
10.3 – rasm. Yer uchastkasi narxining tuzilishi 


176 
Iqtisodiy nuqtai nazardan yer uchastkasining narxiga har bir omilning ta’sir 
etish darajasini barcha omillarni ranjirovka qilish yo‘li bilan aniqlash mumkin. 
Texnik jihatdan har bir omil yoki uning yer uchastkasining umumiy narxidagi 
solishtirma ulushi bilan yaratiladigan yer uchastkasining qo‘shimcha iste’mol 
qiymatini aniqlash omillar ta’sirining fazoviy modelini tuzish yo‘li bilan amalga 
oshirish mumkin. Yer uchastkasi narxining tuzilishini aniqlash nuqtai nazaridan N
r
va N
sh 
lar miqdorining dinamikasi va ular nisbati qonuniyatlarini o‘rganish muhim 
hisoblanadi (10.2 – rasm). Yerni baholash aniq iste’mol xossalariga ega qaysidir 
yer uchastkasi-etalonga nisbatan amalga oshiriladi. Aholi punktlarida boshqa yer 
uchastkasiga nisbatan baholanadigan har qanday yer uchastkasi bo‘lishi mumkin, 
lekin eng ma’quli sifatida hali qandaydir yaxshilash ishlari bajarilmagan va 
noqulay joylashuv va ekologik holatga ega yer uchastkasi hisoblanadi. Iste’mol 
qiymatiga u yoki bu omilning ta’siridan holi bo‘lgan bunday yer uchastkasining 
narxi yer resursi narxiga maksimal darajada yaqin bo‘ladi, ya’ni (10.2) formulani 
quyidagicha ifodalash mumkin
N

= N
r
 
(10.9) 
Ushbu holatda boshqa yer uchastkalarining qo‘shimcha iste’mol xossalarini 
belgilash bo‘yicha hisob-kitob qilish uncha murakkab bo‘lmaydi. Iqtisodiy 
jarayonlar riojlangani va ko‘chmas mulkka va aholi punktlarini (shaharlarni) 
obodonlashtirishga investitsiyalarning jalb qilinishi (kuchayishi) sayin omillarning 
yer uchastkasi iste’mol xossalariga ta’siri kuchayadi va (N
sh
) yer uchastkasi narxi 
(N
e
) absolyut miqdorini tobora katta darajada oshiradi va uning strukturaviy 
nisbatini (N
r
) ga nisbatan) o‘ziga tomon o‘zgartiradi. Bunda aholi punktida yer 
uchastkalaridan foydalanish samaradorligi oshib borishi bilan yer resursi sifatidagi 
etalon yer uchastkasining narxi (N
r
) iqtisodiy munosabatlarining sifat jihatidan 
yangi darajasi va (N
sh
) va (N
r
) o‘rtasidagi miqdor nisbatning oxirgisi foydasiga 
o‘zgarishi natijasida oshib boradi. Iqtisodiy o‘sish sharoitida (N
r
) dinamikasining 


177 
bunday qonuniyati isbotga muhtoj emas. Lekin bu yerda muammo yer resursi narxi 
(N
r
) o‘sishining sur’ati va miqdoriy me’yorini belgilashning qonuniyatini aniqlash 
va mexanizmini ishlab chiqish hisoblanadi. Yer uchastkasida va umuman aholi 
punktida amalga oshiriladigan yanada investitsiyalash va yaxshilash ishlari yer 
uchastkasi qo‘shimcha narxining (N
sh
) o‘sishiga ta’sir qiladi, bu esa vaqt o‘tishi 
bilan iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining sifat jihatidan yangi davrida yer 
resursi narxining (N
r
) navbatdagi marta oshishiga olib keladi va hokazo. Demak, 
yer uchastkasining narxining (N
e
) oshishi ikkala tashkil qiluvchining ham bir 
paytdagi oshishi bilan yuz beradi, lekin ko‘proq faol va natijadorrog‘i ikkinchisi, 
ya’ni (Nsh) hisoblanadi (10.1 va 10.2 rasmlar).
(10.2) formuladagi birinchi komponent (N
r
) irratsional tushuncha 
hisoblanadi, uning miqdori jamiyat rivojlanishing iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik 
sharoitlariga mos tarzda faqat shartli ravishda qabul qilinishi mumkin. SHu bilan 
birga ikkinchi komponent (N
sh
) ning miqdori metodologik jihatdan faqat birinchi 
komponentning miqdori asosida o‘rnatilishi mumkin. SHu munosabat bilan (10.3) 
formulada ifodalangan korrelyasiyaviy bog‘liqlik asosida hisoblanadigan (N
sh

ham qat’iy ma’noda nisbatan iqtisodiy mohiyatga ega. Demak, aholi punkti yer 
uchastkalarining narxini belgilash uchun quyidagi masalalarni echish zarur: 
- etalon yer uchastkasini tanlash; 
- baholanadigan yer uchastkasining iste’mol xossalariga ta’sir qiladigan 
omillar kompleksini belgilash; 
- barcha omillarni ta’sir darajasiga qarab ranjirovka qilish; 
- etalon yer uchastkasining narxini belgilash; 
- aholi punkti yerlarini bonitirovka qilish; 
- har bir omil ta’siri darajasining qiymatini baholash; 
- yer uchastkasi narxini tashkil qiluvchilarning (N
r
, N
sh
va N
k
) solishtirma 
ulushlarini belgilash; 
- etalon yer uchastkasi narxi dinamikasi qonuniyalarini va uning o‘zgarish 
darajasini hisobga olish mexanizmini belgilash; 


178 
- yer uchastkasi narxiga bozor kon’yunkturasi ta’siri darajasini hisobga olish 
va (N
k
)ni tashkil qiluvchilarni belgilash mexanizmini ishlab chiqish.
Dastlabki uchta masala, ko‘plab statistik ma’lumotlarni yig‘ish va ularni 
qayta ishlashdagi katta hajmdagi ishlar nuqtai nazardan murakkab bo‘lishiga 
qaramasdan, ularni echish mumkin. Qolgan masalalar muayyan aniq sharoitlar, 
xususan, yerlarni qiymat baholashning aniq maqsadi ko‘rsatilganda echilishi 
mumkin.
Tabiiy omillarga joyning relefi, tuproqlarning tipi, mexanik tarkibi va 
boshqa fizik tavsifi, yer osti suvlarining darajasi, hududning seysmikligi kiradi. 
Funksional ahamiyatiga ko‘ra aholi punktlari yerlari maqsadligiga qarab aholi 
yashash zonasi, sanoat zonasi, ijtimoiy-madaniy markazi zonasi, umumiy 
foydalanish yerlari zonasi, yashil zonasiga bo‘linadi. SHaharni tashkil 
qiluvchi omillarga quyidagilar kiradi:
- u yoki bu hududning (yer uchastkasining) tranport aloqasi vositalari bilan 
ta’minlanganligi; 
- sanoat, madaniy-maishiy (shu jumladan tarixiy yodgorliklar) va ijtimoiy, 
savdo ob’ektlarining, shuningdek aholi yashash massivlarining aholi punkti 
hududida mutanosib joylashtirilganligi;
- yer uchastkasining va aholi punkti u yoki bu qismining, muhandislik 
kommunikatsiyalari, aylanishlar, ko‘kalamzorlashganligi, yoritilganligi bilan birga 
obodonlashtirilganlik darajasi. 
Ekologik omillarga aholi punktining u yoki bu qismida atmosferaning 
ifloslanganligi, yerlarning sanoat va maishiy chiqindilar, oqava suvlar bilan 
ifloslanganligi kiradi.
Yer uchastkasining sifat holatiga ta’sir qiluvchi omillar kompleksi 
belgilangandan keyin ular har qaysisining yer uchastkasining iste’mol qimmatiga 
miqdor jihatdan ta’siri darajasi ranjirovka qilinadi. Ushbu maqsadda bunday 
ta’sirning miqdor me’yorini hisobga olish mexanizmini ishlab chiqish va har bir 
omilni sifat jihatidan baholash zarur. Bunday sifat jihatidan baholash natijasida 


179 
aholi punkti yerlarining bonitirovkasini amalga oshirish lozim, bu esa kelajakda 
aholi punkti yerlari qiymatini baholash asosiga qo‘yiladi.
Yerlar kadastr qiymatini baholashning muhim tarkibiy qismi bo‘lib yerlar 
bonitirovkasi matyeriallarini doimiy tarzda yangilab borish va etalon yer 
uchastkasining qiymatini tuzatib borish hisoblanadi. Aholi punktlari yerlari 
bonitirovkasi matyeriallarini tuzatib borish zarurligi yer uchastkalari sifatiga ta’sir 
qiladigan omillarning to‘xtovsiz tarzda o‘zgarib turishi va yer uchastkasi qiymat 
bahosiga ushbu ta’sir darajasi dinamikasi bilan tushuntiriladi. Ushbu maqsadda 
yerlar bonitirovkasi matyeriallarini yangilash mexanizmini ishlab chiqish lozim. 
Etalon yer uchastkasining tabiiy resurs sifatidagi dastlabki qiymatini tuzatib borish 
zarurligi aholi punktlari doimiy ravishda obodonlashtirilishi munosabati bilan 
shaharni tashkil etuvchi omillarning yer uchastkasi iste’mol xossasiga ta’siri 
kuchayishi natijasida yer uchastkasi qiymati “o‘sishining” bir qismi etalon yer 
uchastkasi qiymatiga transformatsiya bo‘lishidadir. SHuning uchun har bir 
navbatdagi yer uchastkasi qiymatini baholaganda etalon yer uchastkasining 
“dastlabki” qiymati ma’lum ma’noda yuqori bo‘ladi. Bunda etalon yer uchastkasi 
dastlabki qiymat bahosi “o‘sgan” qismining miqdorini aniqlash (hisoblash) 
mexanizmini ishlab chiqish muhim vazifa hisoblanadi.
Yer bozori shakllanishi va rivojlanishi sharoitida uning kon’yunkturasi omili 
yer uchastkasi kadastr qiymatiga qo‘shimcha ta’sir qiladi va uning yakuniy narxini 
belgilaydi.
Demak, yerlar kadastr qiymatini baholash unga yer xossalari, shaharni 
tashkil etuvchi va yer uchastkasining iste’mol xossalarining ta’sirini hisobga olgan 
holda bo‘lishi mumkin.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish