Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

 Yerni bahoash 
turlari
 
Iqtisodiy 
Kadastr 
Hududiy 
Baholash 
ko’rsatkichlari 
Baholash 
ko’rsatkichlari 
Baholash 
ko’rsatkichlari 
Xo’jalik 
reserslarini 
baholash 
Tabiiy reserslarni 
baholash
Hududni to’liq 
baholash 
hosildorlik 
Solishtirma mehnat 
xarajatlari 
Solishtirma mablag’ 
sarfi 
Yerdan 
foydalanish 
daromadi 
Ob’ektning balans 
qiymati
 
Bank foizi 
Mineral o’g’itlar 
sarfi 
Bir birlik yer 
maydoniga mahsulot 
Yer xususiyatlari 
Tuproq bonitet 
balli 
Yer maydonlarini 
yaxshilash 
Boshqa 
ko’rsatkichlar 
Bir birlik yer 
maydoniga quvvatlar 
Yer uchastkasining 
joylashuvi 
 
 
Kadastr qiymati 
Yerning kadastr 
qiymati 
Xo’jalik yuritish 
hududuni baholash 


169 
o‘quvchi joyi soni, tibbiyot muassasalariga keladigan bemorlar soni, ob’ektlar 
joylashuvi va qurilishi zichligi (kishi/m
2
) kabi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishi 
mumkin. 
Yuqoridagi holatlarning barchasida yerni iqtisodiy baholash yer 
uchastkasining joylashuvi, yerning sifati, uni yaxshilash, yer uchastkasi joylashgan 
hudud infratuzilmalarining rivojlanish darajasi kabi ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq 
emas. 
Yerni kadastr baholashning 
maqsadi
 
biron sub’ektning mulki bo‘lgan yer 
maydonini ko‘chmas mulk ob’ekti sifatidagi qiymati yoki yer maydonini ijaraga 
olish huquqi qiymatini aniqlashdan iborat. Yerning kadastr qiymatini baholash, 
odatda, daromad usuli orqali amalga oshiriladi, bunda yer egasi yer maydonidan 
foydalanishdan ko‘radigan daromad miqdori (ne’matlar yoki xizmatlar) hisobga 
olinadi. Umumiy holatda, yer maydonining qiymati (Q
yer may.
) (Q
co‘m
) ga ekvivalent 
(teng) bo‘lib, uni bankka qo‘yib, tegishli yillik bank foiz stavkasi (S
%
) ga ko‘ra 
olinadigan daromadga (D
yer may
) ga teng bo‘ladi: 
Q
yer may 
= Q
co‘m
= (D
yer may.
: S
%
)*100
(10.1) 
Yerni kadastr baholash muammosi mamlakatda iqtisodiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirishni amalga oshirilishi, yerlardan foydalanganlik uchun 
to‘lovlarning joriy etilishi (yer solig‘i va yer ijarasi to‘lovi), ko‘chmas mulk 
bozorining, shuningdek yer bozorining va yer maydonlariga ijara huquqlari 
bozorining rivojlanishi, noqishloq xo‘jaligi yerlarining xususiylashtirilishi 
boshlanishi bilan yanada dolzarblik kasb etdi. Yerning kadastr bahosi yer 
maydonidan foydalanish samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, uning qiymatiga qator 
omillar ta’sir qiladi. Ushbu omillarning eng asosiylari yerning joylashuvi va 
yerning sifat darajasidir. Shu o‘rinda yerlarni kadastr baholash davlat tadbiri 
sifatida ikkita nisbatan mustaqil ish turiga ajraladi: 
1) yerlarning sifatini baholash (tuproq bonitirovkasi va yer bonitirovkasi) 
2) yerlarning kadastr qiymatini belgilash.


170 
Baholashning birinchi bosqichi tuproqning bonitirovkasi (qishloq xo‘jaligi 
va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishidagi yerlar uchun) yoki yer bonitirovkasi (qishloq 
xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan yerlar uchun) bo‘lib, ikkinchi bosqich – yerning 
kadastr qiymatini belgilash. 
Tuproq (yoki yerlar) bonitirovkasida yerning sifati uning bir qator 
xossalariga ko‘ra baholanadi, buning uchun maxsus uslubiyatlar, shuningdek 
yerning sifat holatini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqiladi va 
amaliyotda qo‘llaniladi. Yer sifatini ifodalovchi ko‘plab ko‘rsatkichlar asosida 
tuproqning bitta integrallashgan ko‘rsatkichi – tuproq boniteti bali (TBB) yoxud 
yer boniteti bali (EBB) belgilanadi. Tuproq (yer) bonitirovkasi kadastr baholash 
singari nisbiy, qiyosiy mohiyatga ega, chunki o‘rganilayotgan aniq yer maydonini 
baholash yerning belgilab qo‘yilgan eng yomon yoki eng yaxshi sifat ko‘rsatkichi 
(etalon)ga qiyoslab amalga oshiriladi. Modomiki, yerni kadastr qiymat baholash 
kadastr sifat bahosi asosida amalga oshirilar ekan, so‘ngi baholashga ishonchlilik 
va zamonga moslik nuqtai nazaridan ma’lum bir talablar qo‘yiladi. 
Qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan yoki noqishloq xo‘jaligi yerlarini kadastr 
baholash o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ushbu yerlardan foydalanish 
maqsadi, mazkur jarayonlarda yerning roliga bog‘liq bo‘ladi. Qishloq va o‘rmon 
xo‘jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi, ishlab chiqarishda samaradorlikka 
erishishning eng asosiy omili sifatida namoyon bo‘ladi. Sanoat ishlab chiqarishida 
yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi rolini o‘ynamaydi, uning samaradorligi, 
avvalo, ishlab chiqarishning boshqa vositalari, va bilvosita yer, orqali amalga 
oshadi. Ijtimoiy sohada yerdan faqat amaliyotlar bajariladigan makon sifatida 
foydalaniladi, bu faoliyat ijtimoiy samaradorlikka, shu jumladan yerdan 
foydalanish natijasida ham, ega. Yerdan ushbu va boshqa holatlarda turli 
maqsadlarda foydalanilishi ishlab chiqarish samaradorligining turi va xarakterini 
e’tiborga olgan holda yerni kadastr qiymat baholashning har xil uslubiyatlarini 
qo‘llashni talab etadi. 


171 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish