Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

 
Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
1. Yer bozorining mazmun-mohiyati, uning vazifalari va mexanizmi nimadan 
iborat? 
2. Yer bozorining bozor tizimidagi o‘rni, uning boshqa bozorlardan farqi 
nimadan iborat? 
3. 
Yer 
bozorining 
ishtirokchilari 
kimlar 
hisoblanadi, 
ular 
o‘zaro 
munosabatlarining xususiyatlari nimadan iborat? 
4. Yer bozorining shakllanishi yuzasidan xorijiy davlatlar tajribalarini 
tushuntiring. 
5. YAponiya va Rossiya Fedyeratsiyasi davlatlarining yer bozorini tartibga 
solish sohasidagi tajribalarining qaysi jihatlarini O‘zbekistonda qo‘llash mumkin 
deb hisoblaysiz? 
6. Yer bozori infrastrukturasi deganda nimani tushunasiz, uning elemenlariga 
nimalar kiradi? 
7. O‘zbekistonda yer bozorini shakllantirishni davlat tomonidan tartibga 
solishning asosiy yo‘nalishlariga nimalar kiradi? 
8. Yer bozorini axborot bilan ta’minlash yo‘nalishlari nimadan iborat? 
9. O‘zbekistonda yer bozorining shakllanish jarayonida o‘zining amaliy 
echimini kutayotgan muammolarning mazmuni, sabablari va ularni echish 
yo‘nalishlari nimalardan iborat?
 


250 
 
14. YER IJARASI MUNOSABATLARI, ULARNING IQTISODIY 
MAZMUNI VA TURLARI 
Yer munosabatlarini tartibga solish mulk, egalik, foydalanish kabi iqtisodiy 
va huquqiy tushunchalar bilan bog‘liq. Biroq, mulkchilik munosabatlarining 
umumiy tizimida ularning mazmuni va roli haqida ilmiy adabiyotlarda munozaralar 
davom etib kelmoqda. 
Yerdan foydalanish deganda, “... to‘liq mulkchilik asosida alohida shaxslar, 
guruhlar yoki davlat tomonidan yer maydoniga egalik qilish. Yer egasi o‘z yerini 
sotish, hadya etish, ijaraga berish huquqiga ega”
57
. Bu o‘rinda “yerga egalik” 
deyilganida, yerga mulkdorlik tushuniladi. “Yerga egalik qilish” atamasi “yerga 
egalik qilish” va “mulkdorlik” huquqi ma’nolarini berib, barcha vaziyatlarni qamrab 
oladi. Lekin, ”yerga egalik qilish” va “mulkdorlik” boshqa-boshqa atama sifatida 
qo‘llanilsa, ulardan biriga bo‘lgan zarurat o‘z kuchini yo‘qotadi. Chunki, “yerga 
egalik qilish” va “yer mulkdorligi” huquqidan ajratilishi aniq bo‘lmay, unga 
oydinlik kiritilishi talab etiladi. “Egalik huquqi”ni boshqa shaxsga berish yoki uni 
to‘xtatish yo‘li bilan “mulkdorlik” huquqidan ajratilsa, ya’ni yerga egalik to‘xtatilsa, 
mulkdorlik huquqi ham to‘xtatiladi. Bundan tashqari, agar egalik huquqi boshqa 
shaxsga berilgan bo‘lsa, u holda “egalik”dan hech qanday mazmun qolmaydi. 
“Egalik – uzoq muddatli foydalanish bo‘lib, undan olinadigan moddiy ne’matlarni 
o‘zlashtirish, ob’ektga haqiqiy egalikni namoyon qilib, foydalanish, boshqaga 
berish, hadya etish, meros qoldirish huquqini beradi”
58
. Mazkur holatda “yerga 
egalik qilish” va ”mulkdorlik” atamalari mazmun jihatdan bir xil. Shu sababli, 
“mulkdor-tasarruf etuvchi” va ”mulkdor-egalik qiluvchi” atamalarini farqlash 
tavsiya etiladi, bunda “...tasarruf etish huquqi” mulkdor ega bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan mustaqillikning eng yuqori darajasi” hisoblanadi
59
.
57
Хлыстун В.Н., Пальчиков Ф.И. Земельные отношения и землеустройство. – М.: Колос, 1984. с.14. 
58
Караматов О.О. Государственное регулирование рынка земли на современном этапе: 
Автореф.Дис….докт.экон.наук.- Бишкек.2005.с.15. 
59
Хлыстун В.Н., Пальчиков Ф.И. Земельные отношения и землеустройство. – М.: Колос, 1984. с.15. 


251 
Tasarruf etish, egalik va foydalanish iqtisodiy munosabatlar yagona tizimida 
mustaqillikning turli iyerarxik darajalarida mulkdorlik munosabatlarining turli 
qirralarini ochib beradi. Qonunchilik aktlari yordamida foydalanish, egalik qilish, 
tasarruf etishning huquqiy rasmiylashtirilishi jamiyatda hukmron bo‘lgan 
mulkchilik munosabatlarining qayd etilishi, holos. 
“Egalik huquqi” tasarruf qilish va foydalanish huquqlaridan farqli ravishda, 
ko‘p ma’noli, chunki u turli ma’noda ishlatilishi mumkin”, degan fikrlar ham 
mavjud
60
. Umumiy ma’noda, “egalik” nimagadir egalik qilish deb ta’riflanadi, lekin 
bu atama bir ma’noli emas: ba’zan u “hisobida bor”, ba’zan ”mulkka ega” 
ma’nolarida keladi. Bundan kelib chiqadiki, vaziyatga qarab, egalikni u yoki bu 
ma’noda talqin etish mumkin. Keltirilgan tahlillardan quyidagicha xulosa qilish 
mumkin: 
-
ko‘pincha,“yerga egalik qilish” “mulkdorlik” bilan tenglashtiriladi; 
-
“yerga egalik qilish” va “mulkka bo‘lgan huquq” ajratilgan emas; 
- “yerga egalik qilish” atamasi to‘liq bo‘lmagan iqtisodiy amalga oshiriluvchi 
moddiy ne’matlarni o‘zlashtirish sifatida talqin etiladi; 
-
mulkni tasarruf etish, mulkka egalik qilish va mulkdan foydalanish 
iqtisodiy munosabatlar yagona tizimining turli darajalarida mulkchilikning turli 
tomonlari sifatida qaraladi; 
-
yerdan foydalanish jarayonida tasarruf etishning huquqlari yetarli darajada 
o‘rganilgan emas. 
Yuqorida keltirilgan mulohazalar yerga egalik qilish borasida yagona fikrning 
mavjud emasligi, bu muammoni tadqiq etish dolzarbligidan dalolat beradi. Yerga 
egalik qilish mohiyatini uning barcha shakllarida, foydalanish va tasarruf qilishda, 
mulkchilik munosabatlarida ularning roli, moddiy ne’matlarni o‘zlashtirish shakllari 
va usullari kabi masalalarni ko‘rib chiqish kerak. Shu maqsadda mulkchilik 
tushunchasini ko‘rib chiqamiz. 
60


252 
“Mulk“ 
(propyerty) 
– 
alohida 
individlar, 
kishilar 
guruhi 
va 
assotsiatsiyalarning buyumlarga nisbatan o‘zlariniki kabi munosabatlari va kishilar 
o‘rtasida buyumlarga egalik qilish bo‘yicha munosabatlar yig‘indisidir. Mulk 
quyidagi jarayonlarda faoliyat ko‘rsatadi: a) mulk sub’ektlariga egalik, yoki egalik 
huquqi; b) mulk ob’ektlari taqdirini belgilash yoki tasarruf qilish. Mulkdor o‘ziga 
qarashli mulkka nisbatan, (qonunga zid bo‘lmagan va boshqa shaxslarning qonun va 
boshqa huquqiy aktlar bilan himoya qilinadigan manfaatlariga xilof bo‘lmagan) 
istagan harakatlarni amalga oshirishi mumkin, masalan, boshqa shaxslar foydasiga 
o‘z mulkidan voz kechishi, mulkka egaligini saqlagan holda boshqalarga mulkdan 
foydalanish huquqini berishi, mulkni garovga qo‘yishi va boshqa usullarda mulkini 
tasarruf etishi mumkin
61
. “Mulk – kishilar o‘rtasidagi munosabat bo‘lib, ne’matlarni 
ma’lum bir shaklda o‘zlashtirishdir. Mulkning iqtisodiy mazmuni: 
1) foydalanish; 
2) tasarruf qilish” 
“Mulk” atamasining yuqorida keltirilgan ta’riflaridan ma’lum bo‘ladiki, mulk 
tushunchasi uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: 
1) buyumlarning tegishliligi, ya’ni ma’lum bir shaxsda mulkning mavjudligi, 
ushbu mulkning unga tegishli ekanligi va mulkka egalik qilishi;
2) shaxsning mulkka egalik qilishining yuridik huquqi;
3) mulkka egalik qilish borasida kishilar o‘rtasida munosabatlarning
vujudga kelishi. Ayni paytda mulkdorga ham ta’rif berish o‘rinlidir.
“Mulkdor – mulk sub’ekti bo‘lib, mulkka egalik huquqiga ega jismoniy yoki 
yuridik shaxs bo‘lib, mulk ob’ektining tasarruf etuvchisi, egasi, foydalanuvchisi 
sifatida namoyon bo‘ladi”
62
. SHu tariqa, mulkdor uch taraflama: mulkni tasarruf 
etuvchi, mulk egasi, va mulkdan foydalanuvchi rolida namoyon bo‘ladi. Demak, 
mulk huquqini mulk ob’ektini tasarruf etish, egalik qilish, foydalanish huquqlarini 
o‘z ichiga olgan ma’lum bir tizim sifatida qarash kerak. Yuzaki qaraganda, 
“buyumlarning tegishliligi” tushunchasi mulkdorlikning asosiy turi taassurotini 
61
Румянцева Е.Е. Новая экономическая энциклопедия. 3-е изд. – М.: ИНФРА-М, 2008.-YI, С.567. 
62
Райзберг Б.А., Лозовский Л.Ш., Стародубцева Е.Б. Современнқй экономический словарь. – М.:ИНФРА-М, 
1998. с.321. 


253 
qoldiradi, chunki, unga nisbatan huquqiy va iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. 
Biroq, mulkdorlikning boshqa ikki turi ham ob’ekt tegishliligi (jamiyat tan olgan) 
huquqini va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ta’minlaydi, shu sababli, ob’ektga 
egalik huquqini belgilashni ustuvor hisoblab, qolgan ikki shaklini “yordamchi” deb 
tan olinishi mumkin emas. Mulkka egalikning har uchala ko‘rinishi ham nisbatan 
mustaqil bo‘lib, ularning har birining o‘ziga yarasha vazifasi bo‘lib, ulardan birining 
tizimdan “tushib qolishi” uning faoliyati to‘liq bo‘lmasligi yoki umuman to‘xtab 
qolishini bildiradi. Ularning har biri konkret vazifa bajarib, butun bir yaxlitlikni 
tashkil etadi va yangi – mulkka bo‘lgan huquq tushunchasini tashkil etadi. Har 
qanday tizimning asosiy tamoyili uning yaxlitligi bo‘lib, mazkur yaxlitlik tarkibiy 
qismlarning o‘zaro bog‘liqligi bilan vujudga keladi. Bundan kelib chiqadiki, mulk 
munosabatlari tizimi ham uning tarkibiy qismlari: mulkka egalik, mulkni tasarruf 
etish, mulkdan foydalanish uzviy bog‘liq bo‘lgandagina, tizim sifatida mavjud bo‘la 
oladi. 
Shu bilan birga, mulkning o‘ziga xos xususiyati uning sub’ekti tomonidan o‘z 
huquqlarini boshqa shaxsga berish imkonini yaratadi. Mulkning mazkur xususiyati 
ob’ektlarga egalik qilish, uni taqsimlash borasidagi muammolarni yanada 
murakkablashtiradi. Yer tabiiy resurs sifatida bir vaqtning o‘zida ham mulk ob’ekti, 
ham xo‘jalik yuritish ob’ekti sanaladi, yerga bo‘lgan huquq uning uch 
funksiyasining yig‘indisidan iborat: yerga egalik qilish (EE), yerni tasarruf etish 
(TE), yerdan foydalanish (EF). Mazkur tushunchalarning mazmunini ko‘rib 
chiqamiz. 
Yuridik adabiyotlarda “mulkka egalik qilish” “buyumning to‘laligicha 
tegishli bo‘lishi”, deb ta’riflanadi. Bunda mulkdor-ega va mulkdor bo‘lmagan-ega 
tushunchalari farqlanadi. Ularning birinchisi mulkdan foydalanish va mulkni 
tasarruf etish kabi huquqlari qonuniy bo‘lib, doimo qonun himoya qiladi. Mulkdor 
bo‘lmagan-ega qonuniy va noqonuniy bo‘lishi mumkin. Mulkdor ega uning 
mavjudligini tasdiqlovchi huquqiy asoslar (qonun, shartnoma, ma’muriy akt)ga 
tayanadi va qonun tomonidan himoya qilinadi, shaxs mazkur buyumning mulkdori 


254 
bo‘lmaydi, mazkur shaxsga mulkdor tomonidan ixtiyoriy ravishda beriladi. 
Mulkning noqonuniy egasi tomonidan mulk sotilishi (takror sotilishi) holatida 
mulkning yangi egasi faqat mulkdan noqonuniy foydalanish va unga egalik qilishni 
qo‘lga kiritadi. 
Yerga egalik qilish yer maydonining ma’lum bir shaxsga tegishliligini 
belgilaydi va mulkni tasarruf etish va mulkdan foydalanishdan farqli ravishda, 
moddiylik mohiyatiga ega. U yer maydonining sub’ektga tegishli ekanligini 
belgilab, yerga egalik qilish huquqi qonuniy yo‘l bilan amalga oshirilganligini 
tasdiqlaydi. Yer yangi egasiga tegishlilik yuridik huquqining berilishi yoki bunday 
huquqning berilmasligi bilan berilishi mumkin. Birinchi holatda tegishlilik huquqi 
yerni sotib olish, hadya etish, meros qoldirish orqali amalga oshiriladi, bunda 
yuridik tegishlilik rasmiylashtirilib, yerni tasarruf etish huquqini ta’minlaydi. 
Ikkinchi holatda esa, egalik qilish huquqi beriladi. Masalan, yerga davlat 
mulkchiligida individual turar joy qurilishi, dala-hovlilar, jamoaviy bog‘dorchilik 
uchun yer maydonlariga egalik qilish huquqi berilar edi. Lekin, bunda mulkdor 
(davlat) mulkni tasarruf etish huquqini o‘zida saqlab qolar edi, mulkning yangi 
egasiga yerning unga tegishliligini tasdiqlovchi yuridik huquq bermas edi. SHu 
sababli ham, mulkdor-ega va mulkdor bo‘lmagan-ega tushunchalarini farqlash 
kerak. 
Mulkdor-ega barcha turdagi: yerga egalik, yerdan foydalanish, yerni tasarruf 
etish huquqlariga ega. Qonuniy mulkdor bo‘lmagan-ega mulkdordan yerni ma’lum 
shartlar asosida oladi, egalik kerakli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, ammo unga 
yerning tegishlilik yuridik huquqi berilmaydi. Noqonuniy mulkdor bo‘lmagan-ega 
shaxslar barcha tarixiy davrlarda bo‘lgan. Ko‘rinadiki, yerga egalik qilish 
deyilganda, avvalboshdanoq “yer maydonlarini har qanday vosita, ko‘pincha, kuch 
ishlatib tortib olish, mazkur yer maydonlarining umumjamoa yerlaridan ajratib 
olish” tushunilgan. Davlat mulkchiligida ham yerga egalik qilishning noqonuniy 
holatlari uchrab turadi, lekin ularga yuridik huquq berilmaydi. Qonuniy yer egasi 
o‘z mulkini o‘zi himoya qiladi yoki bu vakolatni davlat zimmasiga yuklaydi. Shu 


255 
tariqa, “yerga egalik qilish” tushunchasi yerga jismoniy egalik qilish va uni tashqi 
zo‘ravonliklardan himoya qilish jihatlarini ham o‘zida aks ettiradi. 
Mulkdan foydalanish – buyum ishlab chiqarish yoki shaxsiy ehtiyojlarni 
qondirish uchun iste’mol etishdir. Mulkdan foydalanish chegaralari qonun, 
shartnomalar, huquqiy asoslar yordamida belgilanadi. Mulkdan foydalanish ham, 
boshqa turdagi huquqlar singari, qonun bilan himoyalanadi, bu huquqlar boshqa 
foydalanuvchilar zarar keltirmasdan amalga oshirilishi kerak. Mulkdan foydalanish 
huquqi foydalanuvchi yer egasidan yoki yerni tasarruf etuvchidan ma’lum shartlar 
asosida yerdan foydalanishga olganini bildiradi
63
.
Yerdan foydalanish – yerga mulkchilik funksiyasi bo‘lib, yerdan tabiiy resurs 
sifatida xo‘jalik maqsadlarida foydalanish bilan bog‘liq. Yerdan foydalanish huquqi 
egalik huquqidan kelib chiqadi, yerga egalik qilmay, undan foydalanib bo‘lmaydi. 
SHu bilan bir vaqtda, faqat yerdan foydalanishgina moddiy va boshqa turdagi 
ne’matlarni yarata oladi. Yer mulkdorlari va mulkdor bo‘lmagan yer egalari 
yaratilayotgan mahsulotning bir qismini olsalar-da, bevosita yerdan foydalanish 
jarayonida mahsulot yaraladi. Demak, mulkchilik funksiyalarining yig‘indisida 
yerdan foydalanish iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lib, mulkning iqtisodiy mazmunini 
amalga oshiradi. Olinadigan iqtisodiy mahsulot mulkdor-yer egasi, mulkdor 
bo‘lmagan yer egasi (jarayonda qatnashsa) va yerdan foydalanuvchi (jarayonda 
qatnashsa) o‘rtasida taqsimlanadigan barcha turdagi yer rentalarini hosil qiladi. 
Mulkni tasarruf etish mulkchilikning funksiyasi sifatida mulkdorning irodasi 
(yer maydonlarini o‘zi istagan ko‘rinish va o‘zi istagan maqsadda foydalanishi) ni 
ifodalaydi. Yerni tasarruf etish funksiyasi yerdan foydalanishning iqtisodiy 
xususiyatiga bevosita ta’sir etmaydi, u faqat yerdan foydalanishni tartibga soladi va 
huquqiy asosga ega bo‘ladi. 
Mulkni tasarruf etish funksiyasi mulkchilik munosabatlarida o‘ziga xos rol 
o‘ynaydi va barcha turdagi huquqlar: oldi-sotdi, hadya, meros, ayirboshlash, garov, 
ijarani o‘z ichiga oladi. Mulkdor bo‘lgan yer egasi yerni tasarruf etish huquqiga ega. 
63
Райзберг Б.А., Лозовский Л.Ш., Стародубцева Е.Б. Современнқй экономический словарь. – М.:ИНФРА-М, 
1998. с.255. 


256 
Mulkdor bo‘lmagan yer egasi va yerdan foydalanuvchi mulkdor yer egasidan olgan 
huquqlarga, masalan, yerni ijaraga berish, garov, ba’zi yer maydonlarini 
ayirboshlash, istisno holatlarda, yer maydonlarini ko‘paytirish yoki kamaytirish 
maqsadida oldi-sotdi huquqlariga ega bo‘ladilar. Davlat mulkchiligida mulkdor 
bo‘lmagan yer egasi individual turar joy qurilishi, dala-hovli yer maydoniga umrbod 
meros huquqini, ijarachi esa – ijarani garovga qo‘yish huquqini oldi. Mulkdor 
bo‘lgan yer egasi doimo sotish, hadya, meros huquqiga ega bo‘ladi. 
Yerdan foydalanish, yerga egalik qilish, yerni tasarruf etish funksiyalari 
mulkchilik tizimida qanday uzviylikka ega? Mazkur funksiyalaridan qaysi birini 
ustuvor deya olamiz? Adabiyotlarda ko‘pincha, “tasarruf etish huquqi” ta’kidlanadi, 
chunki ushbu huquq mulkdorga yerdan foydalanishda nisbatan ko‘proq erkinliklar 
beradi. Mulkdor yer sotib olayotganida yerga bo‘lgan uchala huquqqa, avvalo, yerni 
tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi. Faqat yerga egalik qilish va yerni tasarruf etish 
huquqlarining o‘ziga ham egalik qilish mumkin, faqat bunda yerning mulk 
sifatidagi shakllariga o‘zgartirishlar kiritish erkinligidan mahrum bo‘ladi. Faqat 
yerdan foydalanish huquqini olgan foydalanuvchi boshqa huquqlarga ega 
bo‘lolmaydi. Yerni tasarruf etish huquqining har bir turi yerning ma’lum bir qadr-
qiymatiga egalik qilishni bildiradi. Yerni tasarruf etishning barcha turdagi 
huquqlariga ega bo‘lish esa, mulkdorga harakat erkinligini ta’minlaydi. Yer bozori 
mavjud bo‘lmagan vaziyatda ham, tasarruf etish huquqining bir yoki bir necha 
turining mavjudligi yer maydonlariga egalik qilish, va undan foydalanish qadrini 
sezilarli darajada oshiradi. Yerni tasarruf etish huquqiga kapital sifatida qaralishi 
mumkin, unga likvidlik, inflatsiya sharoitida saqlashning qulay usuli, resurslar 
kamayganida qadrining ortishi xosdir. Boshqa tarafdan, yerni tasarruf etish huquqi 
yerga egalik qilish va foydalanish huquqlari bo‘lmaganida, hech qanday amaliy 
ahamiyat kasb etmaydi: yerga egalik qilmasdan turib, uni tasarruf etib bo‘lmaydi. 
Yerga egalik qilish huquqi ob’ektga jismoniy egalik qilishni bildiradi, bunday 
egalik mavjud emas ekan, yerdan foydalanish va uni tasarruf etish haqida gap 
bo‘lishi mumkin emas. Shunday qilib, yerga egalik qilish huquqi mulkchilik 


257 
munosabatlari tizimida bog‘lovchi xalqa vazifasini o‘taydi. Bir tarafdan, yerga 
egalik qilish yerni tasarruf etish huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lsa, 
ikkinchi tarafdan, yerdan foydalanish huquqini amalga oshirish uchun kerak. 
Mulkdor bo‘lgan yer egasi yer mulkining uchala funksiyasini ham o‘zida 
mujassam etishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda, u boshqa shaxsga yerdan 
foydalanish huquqi yoki bir vaqtning o‘zida ham yerga egalik qilish va undan 
foydalanish huquqini ma’lum shartlar asosida berishi mumkin. Birinchi holatda, u 
o‘zida egalik va tasarruf etish huquqini mujassamlashtiradi, yerning tegishlilik 
yuridik huquqini cheklab qo‘ymaydi, shu bilan barobarida, iqtisodiy mahsulot 
bo‘linishiga to‘g‘ri keladi. Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqi boshqa 
shaxsga berilganida, u o‘zida faqat yer maydonini tasarruf etish huquqini saqlab 
qoladi, bu holat mulkdorning yerga bo‘lgan mulkchilik huquqini saqlab qolishi 
uchun yetarli bo‘ladi. Yer mulkdori mulkdor bo‘lmagan yer egasiga faqat moddiy 
buyum - yerni, ya’ni jismoniy egalik qilish huquqini beradi, yerning o‘ziga 
tegishlilik huquqini o‘z tasarrufida qoldiradi. Agar mulkdor bo‘lmagan yer egasi 
yerdan xo‘jalik foydalanishni shaxsan o‘zi amalga oshirsa, u holda iqtisodiy 
mahsulotni ikkita sub’ekt o‘rtasida taqsimlaydi. Mulkdor bo‘lmagan yer egasi 
yerdan foydalanish huquqini boshqaga (uchinchi shaxsga) berishi mumkin. Bunday 
holatda huquqning uchala turi, shuningdek ishlab chiqarilayotgan iqtisodiy 
mahsulot ham huquqning uchala sub’ekti o‘rtasida taqsimlanadi. Iqtisodiy nuqtai 
nazardan qaraganda, “yer mulkdori – mulkdor bo‘lmagan yer egasi – 
foydalanuvchi” zanjirida yerdan foydalanish funksiyasi kamroq ahamiyatga ega 
bo‘ladi. 
Yerdan foydalanish huquqlari yerdan qanday maqsadda, qanday sharoitlarda 
foydalanish xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Yerdan foydalanish moddiy va boshqa 
turdagi ne’matlarni olishni ta’minlaydi, yerga bo‘lgan mulkdorlikning asosiy 
maqsadini amalga oshiradi. Demak, yerdan foydalanish yerga mulkchilik 
munosabatlarining iqtisodiy funksiyasini ifoda etadi. 


258 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan vaziyatlarda yerdan qay tarzda foydalanilmoqda, 
kimlar tomonidan va qancha miqdorda qo‘shimcha mahsulot o‘zlashtirilmoqda?, 
yerdan foydalanishning samaradorligi va qo‘shimcha mahsulotni adolatli taqsimlash 
bo‘yicha qaysi biri yaxshiroq? 
1.
Agar mulkdor xo‘jalik faoliyati bilan o‘zi shug‘ullansa, qo‘shimcha 
mahsulotni o‘zlashtirish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi. U qo‘shimcha 
mahsulotni yakka o‘zi o‘zlashtiradi, davlatga esa faqat yer uchun soliq to‘laydi. 
Mulkdor yerning unumdorligi ortishidan manfaatdor bo‘ladi va zarur 
investitsiyalarni amalga oshiradi. 
2.
Mulkdor o‘ziga tegishli yer maydonini ijaraga beradi, absolyut renta, 
monopol renta, I differensial renta oladi. U shuningdek ijara muddati tugaganidan 
so‘ng, II differensial rentaning bir qismini o‘zlashtiradi. Davlatga yer uchun soliq 
to‘laydi. Mulkdorning funksiyasiga yerni tasarruf etish, foydalanishni nazorat etish, 
ijarachining funksiyasi esa, xo‘jalik faoliyatidan iborat bo‘ladi. Ijarachi-tadbirkor 
ijara muddati davomida o‘rtacha tarmoq daromadi va II differensial renta 
(investitsiyalar mavjud bo‘lganida)ni o‘zlashtiradi. Har bir sub’ekt yuqori daromad 
olishdan manfaatdor, lekin mulkdor yerning sifatini yaxshilash uchun investitsiya 
kiritmaydi, ijarachi esa yerdan yetarli darajada hosil olish uchun kifoya qiladigan 
darajada yer unumdorligiga investitsiya kiritadi. Bunday vaziyatda yerning barqaror 
yaxshilanishi ro‘y bermaydi, daromadlar mulkdor tomonidan to‘liq o‘zlashtirilib, 
yerni takror ishlab chiqarish uchun yo‘qotilgan bo‘ladi. 
3.
Mulkdor o‘ziga tegishli yer maydonini mulkdor bo‘lmagan yer egasiga 
foydalanish uchun beradi. Mulkdor absolyut renta, monopol renta (mavjud bo‘lsa) 
va I differensial rentani o‘zlashtiradi. Mulkdor bo‘lmagan yer egasi esa absolyut va 
I differensial rentani istisno qilgan holda, faqat qo‘shimcha mahsulotni oladi. 
Mulkdor bo‘lmagan yer egasi tashkiliy-boshqaruv faoliyatidan tashqari, xo‘jalik 
faoliyati Bilan shug‘ullanadi, shu sababli, yerga investitsiya kiritishdan manfaatdor 
bo‘ladi, chunki yerga egalik muddati cheklanmagan. Davlat mulkdordan yer uchun 
soliq oladi. Agar mulkdor bo‘lmagan yer egasi yerdan foydalanish huquqini 


259 
boshqaga bersa, II differensial rentaning bir qismini o‘zlashtiradi, ehtimol monopol 
rentaning ham bir qismini olishi mumkin (mulkdor bilan kelishilgan holda), ba’zan 
ijarachi daromadining bir qismini oladi. Hech bir sub’ekt yer sifatining muntazam 
yaxshilanib borishidan to‘liq manfaatdor emas. 
Bayon etilganlar aniq ko‘rsatadiki, “mulkchilik – yerdan foydalanish” 
tizimini murakkablashtirilganda, tashkiliy-boshqaruv va xo‘jalik funksiyalarining 
takror taqsimlanishi natijasida sub’ektlar tomonidan o‘zlashtirilgan qo‘shimcha 
mahsulot miqdorining ham takror taqsimlanishi yuz beradi. Shu tariqa, avvalo, 
yerga mulkdorlik iqtisodiy kategoriya bo‘lib, iqtisodiy sub’ektlarning yer 
resurslaridan foydalanib ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirishi oqibatida vujudga 
keladigan munosabatlarni ifodalaydi
64
.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi guvohlik berishicha, qishloq xo‘jaligiga 
yo‘naltirilgan yerga xususiy mulkchilikning mavjud bo‘lmasligi qishloq 
xo‘jaligining rivojlanishi uchun to‘siq bo‘lolmaydi. Bu mamlakatlarda yerni ijaraga 
olish keng rivojlangan. 
Ijaraga olish deyilganida, mulk (yoki yer) egasi tomonidan boshqa shaxslarga 
shartnoma asosida haq to‘lash evaziga vaqtinchalik foydalanishga berilishi 
tushuniladi. Ijara – mulkiy yollash bo‘lib, mulkdor (ijaraga beruvchi) ijarachiga 
shartnoma asosida mutanosib (ijara) haqi evaziga mustaqil xo‘jalik faoliyati 
yuritishi uchun mulkka egalik va mulkdan foydalanish (ijaraga olinayotgan aktivlar) 
huquqini beradi
65
. Foyda olish maqsadida o‘ziga tegishli bo‘lmagan ishlab chiqarish 
vositasini vaqtinchalik foydalanishga olgan jismoniy yoki yuridik shaxs ijarachi 
sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Ijaraga beruvchi o‘ziga tegishli bo‘lgan mulkni 
vaqtinchalik, haq to‘lash evaziga boshqa shaxslarga beruvchi jismoniy yoki yuridik 
shaxs bo‘lishi mumkin. 
64
Временная инструкция определения нормативной стоимости сельскохозяйственных угодий 
сельскохозяйственных товаропроизводителей Республики Узбекистан. Государственный комитет по 
земельным ресурсам, геодезии, картографии и государственному кадастру от 16.02.2006 г. за №19. 
Зарегистрировано Министерством юстиции Республики Узбекистан от 19.04.2006 г. за №1563.- Ташкент, 
2006. - с. 604 
65
Большая экономическая энциклопедия. – М.: Эксмо, 2008.– с.31. 


260 
Ijara munosabatlari, avvalo mulkiy munosabatlardir, chunki u begona mulkni 
haq to‘lash evaziga foydalanish bilan bog‘liq. Ikkinchidan, ijara munosabatlari 
ijaraga olingan mulkdan foydalanib xo‘jalik yuritish orqali daromad olish bilan 
bog‘liq. Uchinchidan, olingan qo‘shimcha daromadning bir qismi, qoidaga ko‘ra, 
xo‘jalikning keyingi taraqqiyoti uchun yo‘naltiriladi. Shu bilan bog‘liq ravishda, 
ijara munosabatlari mohiyatan iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, mulk (yoki yer)ni 
ijaraga olish iqtisodiy kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi. Yer ijarasi 
munosabatlarini rivojlantirish qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining sifatini 
yaxshilash uchun investitsiyalar yo‘naltirilishiga ko‘maklashadi, qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishini intensifikatsiyalash uchun sharoit yaratadi. 
Yer maydonlarini ijaraga beruvchilar, odatda, davlat yoki davlat shaklidagi 
yer mulkdorlari, jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda deyarli barcha fermer xo‘jaliklari asosiy 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari sifatida yer ijarasi asosida 
faoliyat yuritadilar. Biroq, respublikada yer islohotining tugallanmaganligi va 
davom etayotganligi tufayli, yer ijarasi munosabatlari yanada takomillashtirilishi 
talab etiladi. Yer ijarasi huquqi bozorini yaratish muammosi, yerni ijaraga olish 
huquqini iqtisodiy mazmun bilan boyitish, ijarachilarga mahsulotlarni ishlab 
chiqarish bo‘yicha davlat buyurtmasiga rioya etgan holda ekin maydonlari tarkibini 
mustaqil belgilash, yer maydonlarini takror ijaraga berish huquqlarini berish 
muammolari ham o‘z echimini kutmoqda. Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklarini 
sezilarli darajada yiriklashtirish ketmoqda, bu esa yer, suv, mehnat resurslaridan 
foydalanish samaradorligini, shuningdek ishlab chiqarish rentabelligini oshirish 
imkonini beradi. 
Mamlakatda yer munosabatlarini bosqichma-bosqich isloh qilish, qishloq 
xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish asnosida ijara 
munosabatlaridagi yuqorida qayd etilgan muammolar hal etib boriladi. 
Bugungi kunda yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotining asosiy qismi (60% 
ko‘prog‘i) tomorqa va dehqon xo‘jaliklariga va 35% dan ko‘prog‘i esa fermer 


261 
xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelmoqda. Shu nuqtai nazardan fermer xo‘jaliklarini nisbatan 
istiqbolli xo‘jalik shakliga aylantirish imkoniyatlari hali to‘liq amalga 
oshirilmayotganligini ta’kidlash o‘rinlidir. SHu boisdan ham, agrar sektorda 
islohotlarni amalga oshirishni yanada chuqurlashtirishni, eng avvalo, bir tomondan 
suv resurslarining cheklanganligi, yerlarning meliorativ holatining yomonligi 
kabilarning, ikkinchi tomondan esa fermer xo‘jaligi faoliyatida zamonaviy 
boshqaruv tizimini joriy qilish zaruratining mavjudligi, ularning bozor 
munosabatlariga moslashishlari, narxlarning nomutanosibligi kabilarni o‘z ichiga 
olgan iqtisodiy – institutsional omillarning salbiy ta’sirlarini qisqartirishni taqozo 
qilmoqda.
Shu bilan birga dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining imkoniyatlarini yanada 
oshirish choralarini ko‘rishni ham to‘xtatmaslik lozim. Ayniqsa, bugungi kunda 
ichki va tashqi bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlariga talabning ortib borishi, bu 
borada raqobatning tobora keskinlashayotganligi sharoitida “tomorqa xo‘jaliklarini 
rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsiz-ligini ta’minlashda ularning ulushini 
ko‘paytirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning yetarligi emasligi”
66
sezilayotganligi shunday yondashuvni taqozo qilmoqda. Bugungi kunda tomorqa 
xo‘jaliklariga 520 ming gektardan ortiq unumdor, eskidan sug‘orilayotgan, yaxshi 
sug‘orish sharoitlariga ega yerlar umrbod avloddan avlodga o‘tadigan egalik qilish 
huquqi asosida berilgan. Mustaqillik yillari boshlarida tomorqa yerlariga aholining 
faqat oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlarini qondirish va qishloqda 
uy-joy muammosini yumshatish vositasi sifatida qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda 
ular nafaqat aholi bandligini ta’minlashda asosiy ishlab chiqarish vositasi, 
farovonligini ta’minlashning samarali manbai, oziq-ovqat bozorini to‘ldirish va 
barqarorligini ta’minlashning ta’sirchan omili hisoblanadi, balki jamiyatda ijtimoiy 
adolat va barqa-rorlikni o‘rnatish va, Qolaversa, mamlakat obro‘sini ko‘rsatadigan 
66
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг 2017 йи 11 апрелдаги “Ўзбекистон 
Республикаси Президентининг ҳужжатлари ва топшириқлари самарали ва натижали ижро этилиши, 
шунингдек ижро интизоми мустаҳкамланиши учун Ўзбекистон Республикаси Президенти Давлат 
маслаҳатчиларининг, Вазирлар Маҳкамаси ва унинг комплекслари, давлат ва хўжалик бошқаруви органлари 
ҳамда барча даражалардаги ҳокимликлар раҳбарларининг шахсий жавобгарлиги тўғрисида”ги ПҚ-2881 – 
сонли Қароридан 


262 
rolga va ahamiyatga ham ega bo‘lmoqda. Shu sababdan ham tomorqa va dehqon 
xo‘jaliklarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida muayyan ishlar amalga 
oshirildi. Xususan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining 
faoliyatlarini klasterlash shakl va munosabatlari asosida rivojlantirish masalarini 
tadqiq qilish lozim. Bu boradagi mulohazalarimiz 14.1 – sxemada ifodalangan. 
Lekin, bu ishlarning kompleksliligi va tizimliligini lozim dara-jada 
ta’minlash uchun yana bir qator choralarni ko‘rish zarur deb hisoblaymiz. Masalan, 
sohaga ko‘proq natural ishlab chiqarish emas, balki tovar ishlab chiqarish sifatida 
qarash kerak va shunga mos ravishda uni institutsional isloh qilish lozim. Shu nuqtai 
nazardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer, 
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5199-sonli Farmonida va 
2017 yil 10 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari 
faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
3318-sonli Qarorida belgilangan g‘oya va yo‘nalishlarning ilmiy asoslarini yanada 
rivojlantirish, ularning amaliy ahamiyati va samarasini ta’minlash o‘z dolzarbligiga 
ko‘ra ustuvor vazifa hisoblanadi. 
Albatta, bugungi kunda ushbu sohani rivojlantirish yana boshqa choralarni ham 
ko‘rishni talab qilmoqda. Muhim masalalardan biri bu – yer ijarasi 
munosabatlarining, ayniqsa uning iqtisodiy mazmunining eskichaligicha qolib 
ketayotganligidir. 
Bizningcha, fermer xo‘jaliklari yerlarini subijaraga, dehqon va tomorqa 
xo‘jaliklari yerlariga avloddan avlodga o‘tadigan umrbod egalik qilish huquqini 
saqlab qolgan holda ushbu yerlarni vaqtincha foydalanishga berish amaliyotini joriy 
qilish lozim. Chunki qishloqda tomorqa yeridan umuman foydalanish imkoniyatiga 
ega bo‘lmagan (10 %gacha), qisman foydalanuvchi (20-30%), bir marta to‘liq 
foydalanuvchi (40-50%), yil davomida to‘liq foydalanuvchi (10-30%)larga 
tabaqalashgan. Savol tug‘iladi. Nima uchun birinchi va ikkinchi toifadagi tomorqa 


263 
yeridan foydalanuvchi egalik qilayotgan yerini o‘sha qishloqdagi imkoniyati bo‘la 
turib 
yer 
qidirib 


264 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish