Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

is
o
d
iy
 n
a
ti
ja
la
ri
 


267 
“Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonuniga
70
muvofiq, ipoteka to‘g‘risidagi qoidalar: 
qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo 
etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga; 
yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros 
qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari garoviga; 
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
ijaraga oluvchining ko‘chmas mulk ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha 
huquqlari (ijara huquqi) garoviga; 
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan qo‘llaniladi. 
“Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonunning 54-moddasiga asosan yer uchastkasini, 
shu jumladan fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga olish 
huquqi, yakka tartibda uy-joy qurish yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros 
qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi va qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar garov narsasi bo‘lishi mumkin. SHuningdek 
mazkur qonunning 56-moddasiga muvofiq, undiruv yer uchastkasi ijarasiga doir 
huquqlarga qaratilgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq tanlov o‘tkaziladi, 
mazkur tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ushbu tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari 
hali ishlab chiqilmagan. Albatta bunda, bizningcha, undiruv qaroriga ko‘ra yer 
uchastkasi olib qo‘yilganda ushbu yer uchastkasining taqdiri qanday mexanizm 
asosida hal qilinishi lozim degan savol tug‘iladi. Bizningcha, bu yerda yondashuv 
davlat yoki bozor mexanizmi yoxud ikkalasining integratsiyasi bo‘lishi lozim. 
Ushbu 
prinsipial 
masala 
o‘z echimini topishi mamlakatimizda yer 
munosabatlarining yangi mazmun-mohiyati shakllanishiga katta hissa qo‘shadi deb 
o‘ylaymiz.
70
 
https://www.google.com/search?ei=t0mdWu2YH4i9swH-
8YSwBA&q=ipoteka+to%27g%27risidagi&oq=ipoteka+to%27g%27risidagi&gs_l=psy-ab.3...7435.19903.0.20305.21.21.0.0.0.0.1053.2588.4j6-
2j1.7.0....0...1.1.64.psy-ab..14.7.2586...0j0i67k1j0i131k1j0i22i30k1j0i22i10i30k1.0.a5jasmED4e4
 


268 
Yer kodeksining
71
24-moddasiga asosan yer uchastkasining ijarasi yer 
uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va 
foydalanishdan iboratdir. Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, garov, hadya, 
ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi 
kreditlar olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara 
shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan o‘zining 
ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqlidir. 
SHuningdek kodeksning 39-moddasiga muvofiq, yer egasi bo‘lgan fuqaro yer 
uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu 
jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xo‘jaligi 
yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga 
qo‘yishi mumkin.
Yer kodeksining 53-moddasiga ko‘ra, kreditlar olish uchun fermer xo‘ja-ligi 
o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini garovga 
qo‘yishga haqli. Fermer xo‘jaligi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijaraga 
beruvchining roziligisiz faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan 
hollarda garovga qo‘yishga haqli. Xuddi shuningdek “Fermer xo‘jaligi 
to‘g‘risida”gi qonunning
72
13-moddasiga binoan fermer xo‘jaligiga berilgan yer 
uchastkalaridan 
qat’iy 
belgilangan 
maqsadda 
foydalaniladi. 
Ular 
xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti 
bo‘lishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga 
olish huquqi kreditlar olishda fermer xo‘jaligi tomonidan garovga qo‘yilishi 
mumkin. 
Ayni ushbu me’yorlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respub-
likasi Adliya vazirligida 2004 yil 8 aprelda 1336-son bilan davlat ro‘yxatiga 
olingan “Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatini baholash tartibi 
to‘g‘risida”gi Nizomga
73
muvofiq yer uchastkasini ijaraga olish huquqining 
71
Ўзбекистон Республикаси Ер кодекси.Ўзбекистон Республикаси кодекслари: Тўплам//Ўзбекистон 
Республикаси Адлия вазирлиги.-Т.:Адолат,2006.-800б 
72
Қишлоқ хўжалигига оид қонун хужжатлари.//Т.:Адолат-1999-448б 
73
 
http://lex.uz/Pages/GetPage.aspx?lact_id=821965
 


269 
qiymati baholanadi hamda garov beruvchi va garov oluvchining kelishuvi bilan 
rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 
2004 yil 30 aprelda “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarining yer 
uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi 
to‘g‘risida”gi 1345-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan Nizom
74
tijorat banklari 
tomonidan fermer xo‘jaliklarining yer uchastkasi ijara huquqini garovga olgan 
holda kreditlash tartibini belgilaydi.
Biroq bugungi kunga qadar yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlarga undiruv 
qaratilgan taqdirda tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari ishlab chiqilmaganligi va 
yer 
uchastkasi 
ijarasiga 
doir 
huquqlarning 
joylarda 
bozor 
narxlari 
shakllanmaganligi, shuningdek yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlarni garovga 
qo‘yish mexanizmlarining ishlab chiqilmaganligi sababli tijorat banklari 
tomonidan yer uchastkasiga doir huquqlarni garovga olgan holda fermerlarni 
kreditlash amalga oshirilmayapti. Shuningdek bugungi kunga qadar aksariyat hovli 
uylarning mulkdorlari hovli joydagi yashash va yordamchi imorat binolariga 
(binoga) bo‘lgan kadastr hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazganligiga qaramasdan yerga bo‘lgan huquq turi davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilmay qolgan hollar mavjud. Bu holatlar esa notarial tartibda ipoteka 
shartnomasini rasmiylashtirishda muammolarga olib kelmoqda. 
YUqoridagilardan kelib chiqib, yerga bo‘lgan huquqning bozor va garov 
qiymatini baholash, uni notarial tasdiqlash va ro‘yxatga olish mexanizmini takror 
ko‘rib chiqqan holda yagona normativ hujjat ishlab chiqish, shuningdek garovga 
qo‘yilgan yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlarning realizatsiya bozorini 
shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim deb hisoblaymiz. 
Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan 
holda faqatgina paxta va g‘alla etishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga bevosita g‘alla 
va paxta xom ashyosi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar 
uchun kreditlar ajratiladi. 
74
 
http://lex.uz/Pages/GetPage.aspx?lact_id=821965
 


270 
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklariga paxta xom ashyosi va don etishtirish 
maqsadi uchun imtiyozli kreditlar kontraktatsiya shartnomasining 60% miqdorida 
berilmoqda. Foiz stavkasi imtiyozli hisoblanadi. Limit summalari paxta va g‘alla 
etishtirish xarajatlarini bemalol qoplayotganligi sababli, bu ta’minot asosida paxta 
va g‘alla etishtirish xarajatlari uchun buyurtmalar tushmagan. Ushbu ta’minot 
asosida buyurtmalar tushmasligining yana bir sababi boshqa turdagi mahsulotlar 
etishtirish 
yoki 
boshqa 
maqsadlarga 
kreditlar 
ajratilishining 
nazarda 
tutilmaganligidir. 
1.
Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini 
garovga olgan holda kreditlash tartibi asosida qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq 
bo‘lmagan maqsad yo‘nalishlariga, shuningdek investitsiya loyihalarini 
moliyalashtirish maqsadlariga kreditlar ajratilishini joriy qilish o‘ta muhim 
ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bu holatda kredit boshqa maqsadga beriladi, lekin 
uning yopilish ta’minoti yer ijarasi huquqi hisoblanadi, shu sababli o‘z 
ixtisoslashuvi bo‘yicha qonunda belgilangan eng kam yer maydoniga ega bo‘lgan, 
yer uchastkasining joylashgan yeri unumdorligi kredit buyurtmanomasi kuni 
holatiga baholangan va eng muhimi kreditni takrorra olish imkoniyati, ya’ni kredit 
layoqati mavjud fermer xo‘jaliklariga ushbu ta’minot asosida kredit buyurtmasiga 
asosan uzoq muddatli (7-10 yil) faqat yerlarning unumdorligini oshirishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida kredit berish amaliyotini 
joriy qilish lozim deb hisoblaymiz. 
2.
Mavjud 
ob’ektiv sabablar, jumladan, reja ko‘rsatkichining 
bajarilmasligi kabi holatlarda yerning olib qo‘yilishi kabi holatlar kreditning 
ta’minotsiz qolib ketish xavfini oshiradi. Kreditni rasmiylashtirish ancha 
murakkab, fermer xo‘jaliklari 3 yillik ko‘rsatkichlari talab etiladi. Yangi tashkil 
etilgan fermer xo‘jaliklari ta’minotning bu turidan foydalana olishmaydi. 3 yildan 
oshiq faoliyati mavjud fermer xo‘jaliklarida esa boshqa ta’minot mulki mavjud. 

Ta’kidlash lozimki, fermer xo‘jaligining yer ijarasi huquqini bank 
krediti uchun garov sifatida qo‘yishi yuzasidan qabul qilingan huquqiy 


271 
hujjatlarning amaliyotda ishlamayotganligi ularda ishlab chiqilgan mexa-nizmning 
iqtisodiy mazmuni tushunarsizligi, iqtisodiyotda vujudga kelgan realliklardan 
uzoqdaligi, eng muhimi jarayonda kechadigan munosabat-larning barcha 
manfaatlarni xolisona hisobga oladigan sikl sifatida yakunlanmaganligidan darak 
bermoqda. Bunday holat o‘z navbatida qishloqda yerlardan foydalanishning 
iqtisodiy mexanizmining mazmuni va doirasini kengaytirishning qo‘shimcha 
imkoniyat va rezervlarini safarbar qilishni taqozo qiladi, albatta. Bizningcha, ana 
shunday rezervlardan biri sifatida avloddan avlodga o‘tadigan tomorqa va dehqon 
xo‘jaligi yerlariga umrbod egalik qilish huquqini, ushbu yerlarni davlat yoki 
jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishni istisno qilgan holda, bank krediti uchun 
garovga qo‘yish mexanizmini amaliyotga joriy qilish lozim. Mazkur choraning 
zarurligi va ahamiyatini asoslash yoki isbotlashga bu yerda ehtiyoj yo‘q deb 
hisoblaymiz. Chunki bugungi kundagi qishloqda va umuman iqtisodiyotimizda 
vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy realliklarning mazmun-mohiyatidan kelib 
chiqqan holda shunday xulosaga kelmoqdamiz. 

Tomorqa va dehqon xo‘jaligi yerlaridan vaqtincha shaklida 
foydalanish mumkinligi nuqtai nazardan yuqoridagi taklifning iqtisodiy mazmuni 
va samarasini yanada boyitish va kengaytirish maqsadida bunday chorani qo‘llash 
lozimiz. Ushbu mexanizmning qonunlarimizda mustahkamlanishi va amaliyotga 
joriy qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy natijalari 14.3 – sxemada keltirilgan.
 
Umuman olganda, yerdan foydalanishning iqtisodiy-huquqiy asosla-rini 
erkinlashtirish avvalombor istiqbolda yer munosabatlarini zarur sur’atlarda tub 
isloh qilish, yerdagi xo‘jalikni boshqarishning turli tash- kiliy-huquqiy shakllarini 
yanada rivojlantirish, yerdan foydalanishning iqtisodiy-huquqiy mexanizmini 
yanada takomillashtirish uchun sharoitlarni ta’minlashi kerak deb hisoblaymiz. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish