Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

Ijti
m
o
iy

iqt
is
o
d
iy
 n
a
ti
ja
la
ri
 


274 
15. YERDAN FOYDALANGANLIK UCHUN HAQ TO‘LASH. YER 
SOLIG‘I VA YER IJARASI HAQI, ULARNING IQTISODIY ASOSLARI 
VA METODOLOGIYASI 
 
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligidagi yer resurslari va ulardan foyda-lanish tizimi 
bir qator xususiyatlari bilan boshqa resurslar va ulardan foydalanishdan farq qiladi. 
Bu esa, qishloq xo‘jaligida yer resurslarini tasarruf qilish, ularga egalik qilish va 
ulardan foydalanish munosabat-lari bilan bog‘liq ilmiy-uslubiy masalalarning 
o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va ularning amaliy qo‘llanishiga tegishli 
o‘zgartishlar kiritishni taqozo qiladi. Ayni paytda qishloq xo‘jaligida yer 
resurlaridan foyda-lanish va uning natijalari bevosita boshqa resurslardan 
foydalanish bilan ham funksional tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir, u absolyut 
xarak-tyerga ega. Bundan tashqari ushbu jarayon kapital aylanishi, narx-navo, 
bank foizi, valyuta kurslarining kon’yunktura darajasiga bog‘liq tarzda kechadi. 
Bunday holat ob’ektiv qonuniyat hisoblanadi va u yer solig‘i tizimi, ayniqsa 
“yagona soliq-” ning nazariy va metodologik asosini tashkil etadi va amaliy 
jihatdan u soliq solish mexanizmi asosida tatbiq etilishi lozim. 
Shu nuqtai nazardan, bizningcha, ushbu ob’ektiv qonuniyat qishloq xo‘-
jaligida yer resurslariga asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida yondash-gan holda 
soliq solish mexanizmini belgilashni taqozo qiladi. Albatta ushbu mexanizmni 
qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va roli va ijtimoiy 
ahamiyatini, ushbu tarmoqda yer resurslarining, ayniqsa sug‘oriladigan yerlarning 
cheklanganligini, e’tiborga olib, shuning-dek davlat va soliq to‘lovchi-yerdan 
foydalanuvchilarning manfaatlarini uyg‘unlashtirish iqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlashga xizmat qilishini nazarda tutgan holda shakllantirish zarur. Bunday 
mexanizmning moddiy asosini qishloq xo‘jaligida shakllanadigan renta 
daromadlari tashkil qiladi va eng muhimi bu yerda yer solig‘i, yer ijarasi va yer 
rentasining o‘zaro bog‘liqligi ta’minlanishi orqali yerdan foydalanishning 
to‘lovliligini amalga oshirishning adolatli va samarali tizimi joriy qilinadi. Bunda, 
birinchidan, yer solig‘ini va yer ijarasi haqini yer rentasi miqdori ko‘rsatkichidan 
kelib chiqqan holda o‘rnatish lozim va, ikkinchidan, o‘rta va nisbatan yaxshi 


275 
sharoitlardagi yerdan foydalanuvchilar uchun belgilangan to‘lovlar differensial 
rentaga bog‘liq holda hisoblanishi lozim
76
. Bizning fikrimizcha, ushbu mexanizm 
qishloq xo‘jaligida yer rentasi va uning turlari bilan uning hosilalari bo‘lmish yer 
ijarasi haqi va yer solig‘i o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik va mutanosiblikni 
ta’minlabgina qolmasdan yerdan foydalanish tizimi iqtisodiy mexanizmining tub 
masalalaridan birini ham ifodalaydi. Ushbu mexanizmning amaliy mazmun-
mohiyati shundaki, yerga xususiy mulkchilik sharoitida yer ijarasi haqi yer rentasi 
bilan teng bo‘lishi, yer solig‘i esa ijara haqidan oshmasligini taqozo etsa, yerning 
xususiy mulkdori yerdan o‘zi foydalangan taqdirda esa, yer solig‘i yer rentasidan 
katta bo‘lmasligi yerga xususiy mulkchilikni amalga oshirishning iqtisodiy maqbul 
va adolatli mexanizmi shakllanishiga zamin yaratadi. Yerga davlat mulkchiligi 
amal qilganda ushbu mexanizmning o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat bo‘ladi 
degan savol tug‘iladi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida yerga davlat mulkchiligi 
mavjudligi nuqtai nazaridan qaraganimizda yer rentasi munosabatlarining moddiy 
asosini ilmiy jihatdan tavsiflash taqozo qilinadi. Demak, bunda yer rentasi bilan 
yer ijarasi haqi va yer solig‘i bir-biriga o‘zaro teng bo‘lishi lozim. Bunday ilmiy 
yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida (28-modda) ham kuzatiladi. 
Lekin ushbu Kodeksda “yer ijarasi haqi bilan yer solig‘i tenglashtiriladi” deyilgan 
bo‘lsada, ularning yer rentasiga tengligini ifodalaydigan norma qayd etilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ”Soliq stavkasini qo‘llashning 
o‘ziga xos xususiyatlari” deb nomlangan 283-moddasida esa “SHaharlar va 
shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga 
molik yerlar uchun yer solig‘i qishloq xo‘jaligi yerlari uchun belgilangan 
stavkalarning ikki baravari miqdorida to‘lanadi” deyilgan. 
Bunday holat, birinchidan, Yer va Soliq kodekslari me’yorlarini har xil 
talqin qilish va qo‘llashga olib keladi, ikkinchidan, ushbu me’yorlarni ilmiy
asosini ishlab chiqishni taqozo qiladi va, uchinchidan, nafaqat yerdan 
foydalanuvchiga, Qolaversa yerning mulkdoriga ham yer resursi hisobidan 
76
Сагайдак А. Земельная собственность и рента (Рыночная экономика для всех). - М.: «Агропромиздат», 
1991. – 80 с. 


276 
olinadigan daromad va qilinadigan xarajatlarning maqbul va adolatli nisbati 
shakllanishini ta’minlamaydi, balki ularning o‘z jamg‘arishini amalga oshirishni 
ham gumon ostiga olishiga asos bo‘ladi. Bu esa, tegishincha davlat yer 
munosabatlari va, ayniqsa, yer mulkchiligi iqtisodiy mexanizmi-ning aniq va 
shaffof xarakterini ta’minlashga imkon bermaydi. 
Qishloq xo‘jaligida yer uchun haqning ushbu xarakterini ta’minlash 
tarmoqda yerdan foydalanish tizimini erkinlashtirish yuzasidan tegishli 
meyorlarning ishlab chiqilishi, qo‘llanilishi uchun shart-sharoitlar yaratib-gina 
qolmasdan, balki yerdan xo‘jalik faoliyatida foydalanishning iqtiso-diy 
barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalarni ham belgilab olishga 
xizmat qiladi. Albatta, bu boradagi axborot bazasi vazifasini yer kadastri 
malumotlari bajaradi. 
Amaliyotda ushbu ma’lumotlardan yer rentasining qishloq xo‘jaligi yalpi 
mahsulotidagi ulushini aniqlash, qishloq xo‘jaligini ixtisoslash-tirish va 
rejalashtirishni amalga oshirish, yerlarning qiymat bahosini hisoblash, yer 
resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish, tak-ror ishlab chiqarishni 
amalga oshirish va iqtisodiy nomaqbul tabaqalashish-ning oldini olish maqsadida 
yerdan foydalanuvchilarga bir xil boshlang‘ich xo‘jalik-iqtisodiy sharoitlarni 
yaratish, holati buzilgan yerlarni tiklash va boshqa jarayonlarning asosnomalarini 
yaratishda foydalanish mumkin. 
Masalan, qishloq xo‘jaligida o‘ta yaxshi yerlarda, shuningdek alohida 
monopol darajada qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqaruvchi yerdan 
foydalanuvchilar yer uchun haqni monopol renta miqdoridan kelib chiqib amalga 
oshirish, nisbatan yomon yerlardan ham foydalanilishini nazarda tutgan holda 
ushbu yerlarda faoliyat qilayotgan yerdan foydalanuvchilar yer uchun haqni 
absolyut yer rentasi talablariga ko‘ra qat’iy belgilangan miq-dorda hisoblab 
chiqarish, nisbatan yaxshi yerlarda faoliyat qilayotganlar esa, differensial renta 
xususiyatlarini e’tiborga olib hisoblash lozim. Lekin masalaning ikkinchi tarafi 
shundaki, “...differensial rentaning qaysi qismini soliq yoki yer ijarasi haqi sifatida 


277 
olish lozimligi haqidagi masala ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘lganligi bois u 
muhim ahamiyatga ega. Iqtisodchi tahlilchi va olimlarda bu xususda yagona fikr 
yo‘q. Ularning ayrimlari differensial renta-I ni davlatga soliq yoki yer ijarasi haqi 
sifatida berish lozim, differensial renta-II ni esa xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirish 
uchun yerdan foydalanuvchilar ixtiyorida qoldirish iqtiso-diy samara beradi 
desalar, ayrimlari esa, aksincha tartib ma’qulligini isbotlashishadi. Uchinchilari 
esa, differensial rentani to‘liqligicha soliq yoki yer ijarasi haqi sifatida davlatga 
to‘lash lozimligini ma’qulla-shadilar”
77

Bizning fikrimizcha, ushbu fikrlarning barchasida ham iqtisodiy mantiq va 
asoslar mavjud, gap faqat masalaga qanday yondashishga bog‘liq, ya’ni bunda, 
birinchidan, qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini, 
ikkinchidan 
yer 
mulkchiligining 
xarakterini, 
uchinchi-dan, 
yerdan 
foydalanuvchining tashkiliy-xo‘jalik daromadini differensial renta va differensial 
daromaddan farqlash muhimligini va, to‘rtinchidan, mazkur fikrlarni amalda 
miqdor jihatidan hisob-kitob qilishning murakkabligini e’tiborga olish lozim.
Masalan, prinsip jihatidan shu muhimki, yerga xususiy mulkchilik sharoitida 
yerdan foydalanuvchi differensial renta-I ni yer mulkdoriga yer ijarasi haqi 
sifatida, agar yerning xususiy mulkdori yerdan o‘zi foyda-lansa, davlatga 
differensial renta-I ni yer solig‘i sifatida to‘laydi. Yerga davlat mulkchiligi 
sharoitida esa, yerdan foydalanuvchi differensial renta-I ni va ham differensial-II ni 
yer ijarasi haqi sifatida davlatga to‘laydi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi yerlariga 
faqat davlat mulkchiligi mavjudligi nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, bu yerda 
yer solig‘i munosabatlari mavjud emas, chunki soliq munosabatlari yerga xususiy 
mulkchilik mavjud bo‘lsagina shakllanadi. Shuning uchun bugungi kunda 
mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida yerdan foyda-lanish sohasida davlat bilan 
bo‘ladigan munosabatlar uzoq muddatli yer ijarasi shaklida, davlat byudjeti 
oldidagi majburiyatlari esa, yer ijarasi haqi ko‘rinishida bo‘lishi kerak deb 
77
А.Алтиев, А.Тошқулов. Ер солиғи: назария ва услубиёт. Монография.Т.:”IQTISOD-MOLIYA”, 2007, 108 б.


278 
hisoblaymiz. 
Boshqacha 
aytganimizda 
qishloq 
xo‘jaligida 
yerdan 
foydalanuvchilarning davlat oldidagi majbu-riyatlari yuzasidan bo‘ladigan 
tushunchalarni yerlarning huquqiy ahvolini e’tiborga olgan holda ilmiy asoslangan 
tarzda shakllantirish lozim. Ya’ni, bugungi kundagi tushunchalar bilan 
fikrlaydigan bo‘lsak, qishloq xo‘ja-ligida davlat o‘zidan o‘zi soliq olayotgan 
hisoblanadi. 
Shu o‘rinda qishloq xo‘jaligida yagona yer solig‘i tizimini tahlil qiladigan 
bo‘lsak, uning miqdori qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydala-nayotgan korxona 
yerining “me’yoriy qiymati”ga nisbatan hisoblanmoqda. Albatta ushbu “me’yoriy 
qiymat” tushunchasiga, uning ilmiy asoslariga e’tibor va ahamiyat qaratishimiz 
lozim. Masalaga tanqidiy qaraydigan bo‘lsak, birinchidan, ushbu tushunchaning 
qanday iqtisodiy nazariyaga asosan ishlab chiqilganini aniqlash lozim, ikkinchidan, 
ushbu tushunchani ifoda-laydigan ko‘rsatkichlar qanday iqtisodiy-moliyaviy 
mazmunga egaligi va qo‘llanish doirasini aniqlash lozim, ya’ni “me’yoriy qiymat” 
faqat soliq solish maqsadida hisoblanadimi yoki undan boshqa maqsadlarda ham 
foy-dalansa bo‘ladimi, uchinchidan, ushbu “me’yoriy qiymat” haqiqiy iqtisodiy 
holat, vaziyatga, ya’ni bozor kon’yunkturasi va raqobat talablariga qanchalik 
moslasha olishi mumkin, to‘rtinchidan, yagona yer solig‘i stavkasining o‘zgar-
masdan turganida ushbu “me’yoriy qiymat”ning qishloq xo‘jaligi yerlaridan 
foydalanadigan korxonaning faoliyatini rag‘batlantirish xarakteri nima-larda 
namoyon bo‘ladi va, beshinchidan, “me’yoriy qiymat”ni hisoblashda qishloq 
xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
natijalari hisobga olinadimi yoki yo‘qmi kabi savollar paydo bo‘ladi.
Bunday savollarga to‘g‘ri va xolisona javob berish asosan yerning 
“me’yoriy qiymati”ni aniqlash uslubini tanlash, uning ob’ektivligiga va 
ishonchligiga bog‘liqdir. Bunday uslubni tanlashda, bizningcha, renta naza-riyasi 
qoidalari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining absolyut xususiyat-lari, ayniqsa 
uning tabiiy omillar (noqulay ob-havo)ga bog‘liqligi, korxo-nani ixtisoslashtirish 
darajasi, bozor kon’yunkturasi holati (investitsiya-lar sig‘imi va qaytimi, foiz 


279 
stavkasi va boshqalar), raqobatning talab va shartlari kabi muhim omil va 
sharoitlar e’tiborga olinishi lozim.
Masalan, ayrim omillarni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi yer-larini 
baholashning bosqichlari ifodalangan 15.1- rasmda baholash jara- 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish